45.Tuzlangan karam

45.Tuzlangan karam

Sovuq tushib, tuzlamalar yeyiladigan vaqt ham keldi. Bu karom tuzlash usulini oyijonimladan o’rganganman. Juda ham tez va oson. Alohida bir usul, ortiqcha har hil qo’shimchalar kerak emas. Kerakli masalliqlar:  1 ta katta karom                                            3-4 ta o’rtacha kattalikdagi qizil sabzi                                        …

Batafsil Batafsil

44.Qozon somsa

44.Qozon somsa

Internetda pazandalar orasida urfga aylangan o’sha qozon sosmsadan man ham qilib ko’rdim. Mazasi sal tandir somsaga o’xshab ketdi. Somsani hamiri qanday qilinishidan tortib qanday masalliqlar ishlatilishi shu yerda http://pazanda.com/uz/2015/07/27/bahoriy-kok-somsa/.  Somsalarni tugib oldim. Tayyor tugilgan somsalarni ustiga tuhumni sarig’ini surib, ustiga kunjut sepdim. Tayyor bo’lgan somsalarni tagiga tuhumni oqini surib, qizib turgan qozonni chetlariga yopishtirdim. Qozonni qopqog’ini yopib, baland olovda 15 daqiqaga qo’ydim, keyin pasaytirib 40 minutga qo’ydim. REtseptida shunday yozilgan edi. Lekin mani pechkam gazli emas, tokli bo’lganiga yani olovli emas…

Batafsil Batafsil

43.Cho’pli shashlik

43.Cho’pli shashlik

Bu taomni oyijonimladan o’rganganman. Bizning uyda shunday nomlanadi. Ba’zilar qozon kabob ham deb nomlashadi. Go’shtni tayyorlashga biroz vaqt ketishini hisobga olmasa tez tayyorlanadi. Oyijonimla aytganlaridek vaqtga bog’liq yetilib pishishi. Kerakli masalliqlar: 1-1,5 kg lahm go’sht ( man mol go’shtini ishlatdim) 6 ta katta kartoshka Go’sht yog’i ( dumba yog’i ham bo’ladi) 4 ta piyoz 2 ta sholg’om 1 ta katta behi ziravorlar va go’shtni sixlash uchun cho’pli sixlar Go’shtni bir kun avval to’rt burchak qilib to’g’rab, ziralab, tuzlab qo’ydim. Ertasi kuni…

Batafsil Batafsil

42. “Qo’ziqorin” pishirig’i.

42. “Qo’ziqorin” pishirig’i.

Juda ham oson va tez tayyorlanadi. Mazasi ham juda ajoyib. Kerakli masalliqlar: 200 saryog’ yoki margarin 150 gr shakar kukuni 1 ta katta tuhum yoki 2 ta kichkina tuhum 200 gr jo’hori krahmali ( man jo’hori unini ishlatdim) 300 gr un 10 gr kabartma ( razrixlitel) Vanilin ( pichoq uchida) 1 osh qoshiq kakao va baklashka ( bezagi uchun) Tayyorlanishi: Xona haroratidagi saryog’ni shakar kukuni va tuhumni solib yaxshilab mikserladim. Alohida idishga un va jo’hori uni, vanilin, kabartma solib arashtirdim….

Batafsil Batafsil

41.Turkcha burek

41.Turkcha burek

Bu burekni tayyorlanishini youtubedan O’rgangan edim.Retsept uchun Nargiza Yusuf Esmanurga minnadorchilik bildiraman. Mehmon kutishlaga judayam chiroyli, antiqa pishiriq bo’lar ekan. Oddiy burakdan ko’p qilar edim, har hil qiymali burakni shu ko’rinishda birinchi qilishim. Oilamdagilarga ham yoqdi. Kerakli masalliqlar: 300 gr qiyma 1 ta piyoz 4-5 ta kartoshka 400 gr brinza 500 gr smaloq Ziravorlar ( man paprika, tuz, qiyma uchun zira ishlatdim) Margarin ( eritib hamirga surish uchun) Tayyorlanishi: Man tayyor burak uchun ishlatiladigan hamirdan foydalandim. Agar unaqa hamir bo’lmasa…

Batafsil Batafsil

40.Durda

40.Durda

Durda tayyorlash juda ham oson, lekin ko’p vaqt ketadi. Durdani tayyorlashni oyijonimladan o’rganganman. Buvim ham ko’p qilar edilar, ayniqsa saryog’ni o’zidan qilib asal aralshtirib qo’yadigan durdalari juda hushtam va yoqimli edi. Hammaning tayyorlashi har hil yani turli sut mahsulotlaridan. Man qaymoq va saryog’dan tayyorladim. Oyijonimla qaymoq eskirib qolsa tayyorlab qo’yar edilar. Durda uzoq vaqt aynimaydi, oylab ham muzlatgichda turaveradi. Kerakli masalliqlar: 1 kg saryog’ 750 gr qaymoq. Tuz ta’bga ko’ra. ( sal tuzliroq bo’lgani mazali bo’ladi. Agar asal qo’shmoqchi bo’lsangiz…

Batafsil Batafsil

39. Karamel, yong’oqli pirog. 

39. Karamel, yong’oqli pirog. 

Bu pirogni tayyorlanishini facebookda bir gruppada ko’rgan edim. Unda ichidagi masalliq uchun tvorogdan foydalanilgan edi. Ayni yashab turgan joyimizda tvorog bo’lmagani uchun man filadelfiya va buko degan cheesecremlardan foydalandim. Man mazasini huddi o’zimizni suzmalaarga o’xshataman, O’zbekistonimizni suzma va tvoroglari mazaliroq :). Kerakli masalliqlar: Hamiri uchun: 110 gr sovuq margarin                                                              …

Batafsil Batafsil

38.Baqlajonli salat.

38.Baqlajonli salat.

Bu salatni tayyorlanishi boshqa salatlardan farqi shundaki, baqlajon suvga solinib qo’yilmaydi. Tayyorlashdan bir kun avva to’g’rab tuzlab qo’yiladi. Shunda baqlajonga maza kirib, ajoyib salat bo’ladi. Bu salat juda ham ko’pchilikka yoqgan. Kerakli masalliqlar: 4 ta katta baqlajon                                          2 ta qizil sabzi                                      …

Batafsil Batafsil

37.Tovuq go’shtli pirog

37.Tovuq go’shtli pirog

Buni birinchi martda tayyorlaganimda oilamdagilarga juda yoqgan edi. O’sh paytlar internetdan har hil pishiriqlarni o’rganvokkan paytim edi. Eng yaxshi ko’radigan blogim Aliyani blogi. Hammasi tushunarli judayam yaxshi yozilgan, saytimni ochishimga ham sabab shu Aliyani blogiga havasim kelib ochgandim. Mana hozirgi kunga kelib sayt darajasiga chiqdi. Bu oddiy tovuq go’shtli pirog emas, Beshamel sousli ajoyib tamli pirog. Tovuq go’shti quruq bo’lib qolmiydi, suvli, mazali chiqadi. Kerakli masalliqlar: 100 ml iliq suv                      …

Batafsil Batafsil

36.Karamelli Pop-Corn

36.Karamelli Pop-Corn

Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Internetdan anchagina qidirib shu retseptni topdim, ko’p vaqt talab qilinmaydi. Faqat Pop-Corn uchun jo’horining mahsus turi bor ekan. Shundan tayyorlanar ekan. Kerakli masalliqlar: 150 gr jo’hori                                          300 gr shakar                                         50 gr saryog’    …

Batafsil Batafsil