40.Durda

40.Durda

Durda tayyorlash juda ham oson, lekin ko’p vaqt ketadi. Durdani tayyorlashni oyijonimladan o’rganganman. Buvim ham ko’p qilar edilar, ayniqsa saryog’ni o’zidan qilib asal aralshtirib qo’yadigan durdalari juda hushtam va yoqimli edi. Hammaning tayyorlashi har hil yani turli sut mahsulotlaridan. Man qaymoq va saryog’dan tayyorladim. Oyijonimla qaymoq eskirib qolsa tayyorlab qo’yar edilar. Durda uzoq vaqt aynimaydi, oylab ham muzlatgichda turaveradi.

Kerakli masalliqlar: 1 kg saryog’

750 gr qaymoq.

Tuz ta’bga ko’ra. ( sal tuzliroq bo’lgani mazali bo’ladi. Agar asal qo’shmoqchi bo’lsangiz tuz solinmaydi.)

Bir opam ham maslahat bergandilar, agar sut, qatiqdan tayyorlanadiganiga quyidagicha masalliqlar kerak ekan. Lekin o’zim qilib ko’rmaganman.

3 litr sut

1 litr qatiq

500gr shedroe leto margarini ( bu retseptdan ham anchagina chiqar ekan, opam qilib ko’rib etdilar. )

Man qaymoq va saryog’ga qildim. Barcha masalliqlarni qozonga soldim.

Baland olovda qaynaguncha aralashtirib turdim, tagiga olmasligi uchun.

Hamma masalliqlar eridi, keyin qaynatib qo’ydim, o’rta olovda. Ora-orada aralshtirib turdim.

Ma’lum vaqt o’tgach hali tayyor bo’lmagan durdamiz ikki qismga ajralishi boshlanadi, huddi sut chiriganga o’hashab.

Chirib cho’kmaga tushgan oqi sariq tilla ranga kirguncha, yaxshilab qaynatishda davom etamiz. Aralshtirib turamiz, aynan mana shu paytga kelib tagiga olishi mumkin.

Mana cho’kmaga tushgani tilla rang yoki to’q jigarrang bo’lguncha qaynatiladi. Mana durda deyarli tayyor. Tahminan ikki soatga yaqin qaynagandan keyin durda holatiga keladi.

Sovugandagi holati.

Sovugandan keyin, yana bir bor yaxshilab aralshtirib idishlarga solib qo’yamiz. Mana Durda ham tayyor. Uchdan bir qismiga asal aralshtirdim, asalni birga bir soldim.

Shu tayyorlagan masalliqlardan hammasi bo’lib 1litr va tahminan 600gr durda chiqdi. Hatto krem ham qilib ko’rdim, sgushonniy maloko (quyuqlashtirilgan sut) bilan, asalli tortga. U kremni ham o’ziga hos mazasi bo’lar ekan.

3 thoughts on “40.Durda

Comments are closed.

Comments are closed.