55.O’choqda «Tovuq dimlama»

55.O’choqda «Tovuq dimlama»

Bu taomni oyijonimla qildila. Dam olish kuni hamma uyda, o’choqda tovuqli dimlama qilib berdilar. O’zlarinig retseptlari. Judayam mazali. Pishishi uchun ikki soat ketadiku, lekin tayyorlanishi ko’p vaqt talab qilmiydi.

Kerakli masallfqlar: 2 kg kartoshka

3 kg tovuq oyoqlari yoki 2 ta butun tovuq ( bu katta omla uchun)

1 litr yog’

ziravorlar (kashnich urug’i, karri, tuz)

1 bosh sarimsoq piyoz

Tayyorlanishi:

Bir kun avval, tovuqni yuvib, tuzlab, ziravorlab qo’ydila. Taomni tayyorlashni o’choqga o’t yoqishdan boshliymiz. Baland olov yoqib, qozon qizigacha, yog’ solamiza. Tovuqni qizartirib olamiza.

Keyin tovuqni chetroqga surib turib hohlasela alohida ovolib kartoshkani ham bir qizartirib olinadi. Keyin ustiga tovuqni qo’yib, maydalangan sarimsoqni ustidan solib 0,5 litr suv solib baland olovda 30 daqiqa ustini yopib dimlab qo’yamiza. Keyin olovni cho’g’ini pasaytirib 1 ,5 soatga qoldiramiza.

Mana videoda ko’rib turganizdek, suvlari hammasi parlanib ketguncha dimlanadi. Yog’i tiniq ajralguncha.

Taom ham tayyor.

Go’shtlari hil-hil bo’lib pishadi. Judayam mazali.

Yoqimli ishtaha!….

2 thoughts on “55.O’choqda «Tovuq dimlama»

  1. Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuh . Ohh ohhhh buni qarang oh Birodarim a bu dimlama sayrab yuboribdkuua Ma shaa Allah juda gozal Alloh rozi bolsin bizga shunday gozal taomlarni bizlarga ulashib orgatib turayotganizdan,Oyijoningizga ham Rahmat rosa did bilan pishiribdilar Ma shaa Allah . Allohimga hamdlar bolsin qanday gozal oila davrasida jamul jam shirin taomlar bn … SubhnaaAllah

Comments are closed.

Comments are closed.