Årslev skov ( O’rslov o’rmoni)

Årslev skov ( O’rslov o’rmoni)

Yoshligimda adamni shkaflarida qadimgi footoapparat bo’lar edi. Shu ishlamasa ham derazadan ko’chalarni rasmga olar edim. O’sha paytlar katta bo’lsam fotoapparatim bo’lsa, tabiatni rasmga olsam, eng zo’r tog’ manzaralarini rasmga olsam deb o’ylar edim. Vaqt o’tishi bilan mana shu orzuyimga yetdim. Årslev skov.

35.Muzqaymoq krem

35.Muzqaymoq krem

Birinchi bo’lib Daniyada o’rganganman shu kremni qilishni. Bir opa o’rgatgan edilar. Judayam yoqgan, mayin og’izda erib ketadi.   Biskvit va boshqa kakaoli pishiriqlar bilan ham juda mos tushadi. Tayyorlanishi tez oson lekin e’tibor talab qilinadi. Toshkentga borganda ham qilgandim, lekin bizani qaymoqlar juda ham yog’li, quyuq bo’ladi. Magazinnikidan qilib ko’rmadim, chunki magazinniki o’xshamas ekan. Ko’p tortga buyurtma oladigan tortchilardan eshitgandim, bozorda qaymoq krem uchun desa berishar ekan. Lekin tanlavokkanda yeb ko’rishilani maslahat beraman, chunki hidi bo’lishi mumkin. Bu kremni tayyorlash…

Batafsil Batafsil

34.Asalli losos balig’i

34.Asalli losos balig’i

Buni retseptini facebookda Tastemade da ko’rgan edim. Tayyorlanishi juda yoqgan edi. Man ham qilib ko’rdim, uyimdagilarga yoqdi. Asal qo’shganda qanaqa bo’larkin deb o’ylagandim, asalning hidi, mazasi kelmas ekanu lekin o’zgacha ta’m bo’lar ekan. Kerakli masalliqlar: 1 kg losos balig’i                                          1kg kartoshka Ziravorlash uchun: 2 osh qoshiq asal                          …

Batafsil Batafsil

33.Go’shtli qayla

33.Go’shtli qayla

Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Buni tayyorlanishini  oyijonimladan o’rganganman. Kerakli masalliqlar: 300gr go’sht                                          2 osh qoshiq un                                          4 osh qoshiq o’simlik yog’i                                  …

Batafsil Batafsil

32.Shaftoli konservasi

32.Shaftoli konservasi

Bu tayyorlash usuli juda tez, oddiy va qulay. Oyijonimla bilan yozda qilgan edik. Hademay shaftoli pishib qishga olib qo’yishga tayyrolgarlik boshlanadi. Bunaqa konserva bilan qishda mehmon kutilsa, yoz iforlari kelib turadi. Mana shu yopgan konservamizni qanchadan qancha insonlar yeyishi nasib qildi va har gal mehmon bo’lishganda judayam maqtashar edi. Ayniqsa mani kelinoyim, kelinlarim ( ukamni ayoli) har gal shu shaftoli konservani eslab tayyorlanishini so’rashar edi. Mana 2 yildan keyin saytimga qo’yvomman. Arxiv rasmlarda turgandi. Har gal ko’rganimda shuni tezroq post…

Batafsil Batafsil

31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

Bu hamirni tayyorlaishini ancha vaqt qidirib yurgandim, unversal hamir. Bu hamirdan shirinlik ham, somsa ham, nopolyon ham, hullas shirin va shirin bo’lmagan istalgan pishiriqni pishirish mumkin. Man bu hamirni retseptini Babuskha Emma ni youtube daki videolaridan o’rgandim. O’zim qilib ko’rdim va 4 list pishiriq pishirdim. Juda tez tayyorlanadigan, barakali hamda pishgandan so’ng hamir qat- qat  bo’lib chiqar ekan. Demak tayyorlanishi quyidagicha. Kerakli masalliqlar: 800 gr margarin yoki sariyog’                          …

Batafsil Batafsil

30.Apelsinli pishiriq (Песочное печенье)

30.Apelsinli pishiriq (Песочное печенье)

Bu pecheniyni o’zbekchasiga nima deb nomlanishni bilmadim. Shunga ichiga apelsin qo’shganimga shunday deb nomlab qo’ydim. Bu pecheniy manga bolaligimni eslatadi, onam rahmatli judayam ko’p qilardila. Oldilarida biz ham turib, har hil formalarda kesar edik. O’sha bolalik hotiralarimni eslatadi, shunga ham bo’lsa kerak judayam yaxshi ko’raman. O’sha paytlar onam mandarin po’stini mayda tog’rab qo’shardilar, ( bizani parnigimiz bo’lib, limon darahtlarimiz ko’p edi, mandarin darahtimiz bir dona edi) u paytlarda sitrus mevalar kam bo’lganiga, boshqalarga ham judayam delikates tuyulardi. Apelsin, mandarinlarni po’stlog’ini…

Batafsil Batafsil

29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

O’qish paytlarni eslatadigan taom. Kollej paytlarimizda qizlar bilan shunaqa xonimdan olib yer edik, to’yimli va arzonga tushar edi :). Bu xonimni bozori chaqqon bo’lganiga tanaffusdan oldinro  biron dugonamiz chiqib olib turar edi.  Qanday tayyorlanishini hech bilmas edim. Keyinchalik bir opam orqali bu taomni tayyorlanishini bilib oldim. Oilamdagilarga tayyorlab berganimda ularga judayam yoqdi. Bu xonimga kam masalliq ketadi, ayniqsa ustiga qizil qilishga pomidor qolmaganida ham tayyorlanadigan taom. Kerakli masalliqlar 500gr un 300 ml iliq tuzli suv 4 ta o’rtacha kartoshka 2 ta…

Batafsil Batafsil

28.Qo’rada pishgan tovuq

28.Qo’rada pishgan tovuq

Bir kun oldin, tovuq oyoqchalarini ziravorlab qo’ydim. Kerakli masalliqlar 1,5 kg tovuq oyoqchalari ikki choy qoshiq asal moyanez Ziravorlar: Timin tuz paprika kashnich. Tayyorlanishi Tovuq oyoqchalarini yaxshilab yuvib oldim. Keyin barcha ziravorlar va asal, moyonezni solib yaxshilab aralshtirib bitta idishga zichlab solamiz. Muzlatgichga qoymimiz, hona haroratida bir kun turadi, agar kun issiq bo’lsa yarim kun yetadi. Ertasi kuni, pishiramiz. Qo’rada pishirish uchun qo’rani yaxshilab qizdirib olamiz, ko’mirni oppoq bo’lguncha qizdirib olamiz.   Endi bu qo’ra qizdirishni erkaklar yaxshi bilishadi. Lekin…

Batafsil Batafsil

27.Qo’rada pishgan losos balig’i

27.Qo’rada pishgan losos balig’i

Tayyorlanishi juda oson va tez. Kerakli masalliqlar 1 kg qiltanoqsiz losos balig’i Tuz, muruch, timin Tayyorlanishi Pishirishdan avval, tuz va qora muruchdan hohishga qarab sepamiz. Bu man qilganim, dengizga ketvokkanimizda o’zi boshqa narsa pishirmoqchi edik, lososni ham ovoldim qo’shimcha qilib :). Baliqni olibmanu tuz va muruchni ovolish esdan chiqibdi. Keyin tovuqni, tuzlab qo’ygandim, shuni sokiga baliqni botirib pishirdik. Tuzlari hammasi judayam ajoyib bo’ldi. Tovuqni tuzalagnimda, unga ikki choy qoshiq asal, paprika, timin, tuz, muruch va moyanez qo’shgandim. Ikkala tomonini botirib…

Batafsil Batafsil