42. “Qo’ziqorin” pishirig’i.

42. “Qo’ziqorin” pishirig’i.

Juda ham oson va tez tayyorlanadi. Mazasi ham juda ajoyib.

Kerakli masalliqlar: 200 saryog’ yoki margarin

150 gr shakar kukuni

1 ta katta tuhum yoki 2 ta kichkina tuhum

200 gr jo’hori krahmali ( man jo’hori unini ishlatdim)

300 gr un

10 gr kabartma ( razrixlitel)

Vanilin ( pichoq uchida)

1 osh qoshiq kakao va baklashka ( bezagi uchun)

Tayyorlanishi:

Xona haroratidagi saryog’ni shakar kukuni va tuhumni solib yaxshilab mikserladim.

Alohida idishga un va jo’hori uni, vanilin, kabartma solib arashtirdim. Aslida retseptda jo’hori krahmali ishlatilgan, man jo’hori krahmali topolmaganim uchun unini ishlatgan edim. Uni bilan krahmalining farqi bilinar ekan. Manga aynan uni qo’shilganining mazasi yoqdi. Pishiriqga ajoyib tam va hid berar ekan. Krahmali oppoq bo’lib hamirni mayinlashtirar ekan. Farqi shunda ekan. Lekin jo’hori uni qo’shib qilingani ham juda og’izda eriydigan bo’lib chiqdi. Quruq masalliqlarni saryog’li massaga qo’shib qo’lga opishmiydigan, mayin va yumshoqqina hamir qoramiz.

Tayyor hamirdan yong’oqdek zuvalachalar qilib, listga orasida joy qoldirib terib chiqamiz.

Piyolaga kakaoni solamiz va baklashkani og’zini nomiga namlab olib, kakaoga botiramiz. So’ngra tayyor zuvalachalarning ustiga nomiga bostiramiz.

Qarabsizki qo’ziqorinchalar tayyor 🙂

Oldindan 180 C darajada qizdirilgan pechda ozgina qizrguncha pishiramiz. Qo’ziqorin pishiriqni tagi nomiga qizarsa demak tayyor. Agar jo’hori krahmali ishlatilsa oppoq bo’ladi, agar jo’hori uni qo’shilsa pishiriqning rangi sal sarg’imtirroq bo’ladi.

Mana pishiriqlar tayyor. Mazasi judayam yoqimli, hidi ham o’zgacha bo’lar ekan. Bolajonlarga ham juda yoqdi.

Yoqimli ishtaha!…

Huddi shu retseptda hamirini qilib, ichiga hurmo solib qilib ko’rdim. Manga yoqdi. Arablarni shunaqa pishirig’i bor ekan, ichida hurmo ezmasi bor. Man danagini olib, shundo o’zini ustiga shu pishiriqni hamirini qoplab qildim.

Rahmat, Hadija opa😊. Judayam chiroyli chiqibdi. Bolajonlarga yoqganidan juda hursandman. Rasmga ham zo’r olibsiz.

8 thoughts on “42. “Qo’ziqorin” pishirig’i.

  1. Juda ham ajoyib va unitilmas pishiriqla qo’yasiz har doim kuzatib boraman anchadan beri uana yengi narsa qoyiwizi kutib yurudim bugun turkcha burek pishirib kordim bayramga juda zor chiqdi kotta rahmat!!!

    1. Yoqganidan va retseptlardan foydalanib manzur bo’vokkanidan juda hursandman😊.

Comments are closed.

Comments are closed.