54. «Smile» to’rti
Bu tortni tayyorlanishini yozmiyman, tayyorlanishi mana bu yerda ko’rsatilgandek tayyorlangan. Lekin bezatish uslubi Onam rahmatli qiladiganlaridek bezatdim. Onam judayam pishiriqlarni did bilan bezatar edilar. Bunday usulda bezatilgan tortni hech qayerda va hech kimda ko’rmaganman. Adam rassom bo’lganliklari uchun go’ya ularniki :). Onam har doim tort qiladigan bo’lsalar, shu bezatilish qismini kutardik, bu gal qanday usulda bezatarkinlar deb. Oddiy biskvit va orasiga yong’oqli bize qilardilar. Chetlariga esa ana shu bizedan qo’yardilar. «Smile»larni qivokkanlarida qiziqish bilan kuzatar edik. ustini odatda mevalar bilan bezatar…