Browsed by
Bo'lim: Pazanda Sirlari

35.Muzqaymoq krem

35.Muzqaymoq krem

Birinchi bo’lib Daniyada o’rganganman shu kremni qilishni. Bir opa o’rgatgan edilar. Judayam yoqgan, mayin og’izda erib ketadi.   Biskvit va boshqa kakaoli pishiriqlar bilan ham juda mos tushadi. Tayyorlanishi tez oson lekin e’tibor talab qilinadi. Toshkentga borganda ham qilgandim, lekin bizani qaymoqlar juda ham yog’li, quyuq bo’ladi. Magazinnikidan qilib ko’rmadim, chunki magazinniki o’xshamas ekan. Ko’p tortga buyurtma oladigan tortchilardan eshitgandim, bozorda qaymoq krem uchun desa berishar ekan. Lekin tanlavokkanda yeb ko’rishilani maslahat beraman, chunki hidi bo’lishi mumkin. Bu kremni tayyorlash…

Batafsil Batafsil

31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

Bu hamirni tayyorlaishini ancha vaqt qidirib yurgandim, unversal hamir. Bu hamirdan shirinlik ham, somsa ham, nopolyon ham, hullas shirin va shirin bo’lmagan istalgan pishiriqni pishirish mumkin. Man bu hamirni retseptini Babuskha Emma ni youtube daki videolaridan o’rgandim. O’zim qilib ko’rdim va 4 list pishiriq pishirdim. Juda tez tayyorlanadigan, barakali hamda pishgandan so’ng hamir qat- qat  bo’lib chiqar ekan. Demak tayyorlanishi quyidagicha. Kerakli masalliqlar: 800 gr margarin yoki sariyog’                          …

Batafsil Batafsil

20. Achchiq qalampir kukuni

20. Achchiq qalampir kukuni

Bahorda hovliga achchiq qalampir ekkan edik, kuzda hosilni yig’ib oldim. Hammasi achchiq chiqmadi, lekin ancha ko’p edi, barchasini ipga o’tkazib quritib qo’ydim. Qishda qurignini ishlatdik, lekin barcha achchiq emas edi, shuning uchun achchiq qalampirni barchasini urug’dan tozaladim. Salafanli qo’lqop kiyib oldim, va qiymalagichdan chiqardim. Qiymalagichdan chiqazishdan oldin, salafan bilan og’zini rezina yordamida yopdim. Bu qiymalagichdan chiqvokkan qalampir kukuni nafas yo’llarini qichitadi, shuning uchun buni tayyorlashda ehtiyotkorlik talab etiladi. Mana tayyor bo’lgani. Achchiq sevarlar uchun judayam qulay ishlatishga, suyuq ovqatlar bilan…

Batafsil Batafsil

«Shedroe leto» tanlovi haqida.

«Shedroe leto» tanlovi haqida.

Assalomu aleykum, hurmatli blogim foydalanuvchilari. Postim nomini ko’rib hayron bo’vokkandirsiz. 2016 yil «Shedroe leto» savdo belgisi tanlov o’tkazgan edi. Tanlov shartlariga ko’ra yosh uy bekalari o’z retseptlarini yuboradilar, hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi retsept tanlab olinib bepul pazandalik kursiga o’qishga yo’llanma beriladi.   3 ta shahar bo’yicha, 15 tadan yosh uy bekalari tanlab olinadi. Toshkent shahri, Buhoro shahri, Samarqand shahridan. Toshkent shahridan mani ham retseptim maqul ko’rilib o’qishga yo’llanma berishdi. O’quv jarayonlari «Iffatli kelin» o’quv markazida bo’lib o’tdi. Bizni guruhga…

Batafsil Batafsil

Ajib g’oya 2.Muzqaymoqlar

Ajib g’oya 2.Muzqaymoqlar

Ajoyib g’oya asosida tayyorlangan muzqaymoq ekan. Ayniqsa achchiq yaxshi ko’radiganlar uchun ajoyib, kutilmagan desert turi ekan. Hozirchao’zim tayyorlab ko’rganim yo’q, telegram gruppasiga kelgan edi, menga judda yoqdi va blogim foydalanuvchilari uchun ham ilindim. Agar tayyorlab ko’rsangiz kommentda fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman. Choyli muzqaymoqga nima deysiz? 🙂  Rayhonli muzqaymoqgachi? Qaysi biri yoqganini kommentda yozib qoldirishingiz mumkin. Har bir fikringiz men uchun juda muhim. Yoqimli ishtaha!

Sutli mahsulotlarni saqlash

Sutli mahsulotlarni saqlash

O’zim bu usulni hali sinab ko’rmadim. Chunki muzlatgichni doimiy nazorat qilib turamiz. Ayniqsa sutli mahsulotlar. Agar aynish jarayonigacha yetib kelsa, biron shirinlik yoki eng osoni blinchik qilib yuboramiz. Agar qaymoq salgina aynishni boshlavokkan bo’lsa undan durda qilinadi. Moyanez, qatiqdan bo’lsa kesk va shunga o’xshash pishiriqlar tayyorlavoramiz. Hullas isrof qilmaslikka harakat qilamiz. Mana sutni uzoq saqlashning yana bir yo’li.

Pazanda hisoblagichi

Pazanda hisoblagichi

           Bu o’lchovlar pazandachilikda juda ham kerak ekan. Aniq o’lchov va to’g’ri tayyorlangan har bir taom albatta mazali chiqadi. Har gal masalliqlarni o’lchab sovokkanimda ikkilanar edim, miqdorini to’g’ri soldimmikan deb. Mana endi quyidagicha jadvallarni topdim. Judayam kerakli jadval ekan. Endi hech ikkilanmay jadvalga qarab o’lchab sovuramiz, masalliqlarni. Muhimi ko’ngil hotirjam. Bu jadvallar telegramdagi guruhga kelgandi.  Sizga ham ilindim. 

Tuhumni ajratishning qulay usuli

Tuhumni ajratishning qulay usuli

Judayam, tez va qulay. Buning uchun o’z barmoqlarimiz suzgich vazifasini bajaradi. Tuhumni astalik bilan chaqamiz, va kaftimizning ichiga solamiz, barmoqlarimiz orasidan oqi idishga tushadi, sarig’i esa kaftmiz ichida qoladi. Bu usulni o’rgatgan turk opamga rahmat, Alloh rozi bo’lsin. Sizlarga ham ilindim.  Ana ko’rib turganizdek, oqi to’liq ajrab tushadi, vaqt ham kam ketadi.   Sizlarga ham tavsiya qilaman.  

Ajib g’oyalar

Ajib g’oyalar

Bilinchikning  hamiriga kakao qo’shib banan o’ralgan, bananxo’r bolajonlarimiz uchun ajoyib shirinlik.  Bu pesochniy( o’zbekchasiga qanday bo’lishini bilmadim) hamirdan qilingan.     Bu ham pesochniy hamir. Qaychi yordamida hamir nomiga kesilib chiqiladi, tegi bilan kesvormisiz. Agar ustiga biron nima surmoqchi bo’lsangiz, surib bo’lganizdan so’ng, kesib chiqiladi. Agar kesganizdan so’ng sursez, uchlari yotib qoladi.      Bu ham pesochniy hamir, faqat shakarsiz :). Bolajonlarimiz uchun ichiga jem solib ham tayyorlasa juda mazali bo’lsa kerak, hali o’zim qilganim yo’q.    Pesochniy hamirning o’zidan shuncha…

Batafsil Batafsil