38.Baqlajonli salat.

38.Baqlajonli salat.

Bu salatni tayyorlanishi boshqa salatlardan farqi shundaki, baqlajon suvga solinib qo’yilmaydi. Tayyorlashdan bir kun avva to’g’rab tuzlab qo’yiladi. Shunda baqlajonga maza kirib, ajoyib salat bo’ladi. Bu salat juda ham ko’pchilikka yoqgan.

Kerakli masalliqlar: 4 ta katta baqlajon

                                         2 ta qizil sabzi

                                        3 qizil bulg’ori qalampiri ( katta kichikligiga qarab)

                                       3 ta ko’k bulg’ori qalampiri (katta kichikligiga qarab)

                                      Ukrop, kashnich ko’katlar

                                      2 va 3 dona sarimsoq bo’lagi

                                      Soya sousi va uksus

                                     Keragicha tuz.

Avval baqlajonlarni bir barmoq qalinlikda to’g’rab, yaxshilab tuz sepib,  usti yopiladigan idishga solib muzlatgichga qo’yamiz (muzxonaga emas). Eng kamida 8 soat turishi kerak.


 Shu vaqt ichida baqlajonni suvi chiqib, tahir mazasi ciqib ketadi. Vaqt o’tgandan keyin, qozonga ko’proq yog’ solib qizdirib olganimizdan keyin baqlajonlarni solamiz. Tilla ranga kirib pishguncha balandroq olovda qovuramiz.


Baqlajon qovurilib turguncha bulg’ori qalampirini ham somoncha shklida yirikroq qilib to’g’riymiz.



Qizil sabzini qirg’ichdan chiqaramiz.


Baqlajonlarni  qovurib bo’lgach, bulg’ori qalampirini ham qizib turgan yog’da nomiga qovurib olamiz. Pishib ketishi shart emas. Asl retseptda qovurmasdan solgan, lekin man bir qovurib oldim. Sabzini ham shunday qilamiz. Agar hohlasangiz tayyor koreyscha sabzi ham solsa bo’ladi. Morkavcha deyiladiku shunaqasidan. Qovurilgan baqlajonlarni alohida kattaroq idishga solamiz.



Buni ham qovurilgan baqlajon ustiga solamiz, ketidan sabzini solamiz.


Ko’katlarni, sarimsoqni maydalab to’g’rab solamiz, tuz, soya sousidan 2 osh qoshiq, uksusdan 1 osh qoshiq solib yaxshilab aralshtirib 1 kechaga muzlatgichga qo’yamiz. Ertasiga tayyor. Yeyishdan avval hohishga ko’ra pomidorni yirik yirik qilib to’g’rab qo’shsa ham bo’ladi. 




Yoqimli ishtaha!…

   

2 thoughts on “38.Baqlajonli salat.

  1. Qo’lingiz dard ko’rmasin! Juda ishtaxaochar bo’libdi😋 Men ham shunga o’xshash qb tayyorlayman faqat bolgarskiy o’rniga bodring pomidor qo’shaman. Sizni retseptiz bn ham qb ko’raman inshaallah!😘

Comments are closed.

Comments are closed.