44.Qozon somsa

44.Qozon somsa

Internetda pazandalar orasida urfga aylangan o’sha qozon sosmsadan man ham qilib ko’rdim. Mazasi sal tandir somsaga o’xshab ketdi. Somsani hamiri qanday qilinishidan tortib qanday masalliqlar ishlatilishi shu yerda http://pazanda.com/uz/2015/07/27/bahoriy-kok-somsa/. 

Somsalarni tugib oldim. Tayyor tugilgan somsalarni ustiga tuhumni sarig’ini surib, ustiga kunjut sepdim.

Tayyor bo’lgan somsalarni tagiga tuhumni oqini surib, qizib turgan qozonni chetlariga yopishtirdim.

Qozonni qopqog’ini yopib, baland olovda 15 daqiqaga qo’ydim, keyin pasaytirib 40 minutga qo’ydim. REtseptida shunday yozilgan edi.

Lekin mani pechkam gazli emas, tokli bo’lganiga yani olovli emas plita bo’lganiga 2 soat tursa ham usti qizarmadi. Tagi qizargani uchun, qozondan olib pechda usti qizarguncha pishirib oldim. Mana ko’rib turganizdek somsalar tayyor. Ko’rinishi huddi tandir somsadek chiqdi. Mazasi ham o’hshabroq ketdi. 

Albatta olovda pishgan, qizigan cho’gda pishgan tandir somsaga o’xshamidiku, lekin ko’rinishi huddi tandir somsadek chiqarkan.

Uydagilarga mazasi ham juda yoqdi. Sizlarga ham tavsiya qilaman. 

Yoqimli ishtaha…!

Comments are closed.