36.Karamelli Pop-Corn

36.Karamelli Pop-Corn

Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Internetdan anchagina qidirib shu retseptni topdim, ko’p vaqt talab qilinmaydi. Faqat Pop-Corn uchun jo’horining mahsus turi bor ekan. Shundan tayyorlanar ekan.

Kerakli masalliqlar: 150 gr jo’hori

                                         300 gr shakar

                                        50 gr saryog’

                                        2 osh qoshiq o’simlik yog’i

Avval qizib turgan qozonga yog’ solamiz va qizigandan keyin jo’horini solamiz. Man litr o’lchovda soldim, yani ml li o’lchov idishim 150 ga yetguncha soldim, chunki o’lchov tarozim yo’q aniq gr ni bilishga. 

 



Keyin qopqog’ini yopib qo’yamiz. Chunki johorila ochilib otiladi. Sekingina qopqog’ini ochib rasmga oldim. Orada qopqog’i yopiq holatda qozonni qimillatib qo’yamiz.


Mana Pop-Cornimiz tayyor, endi karamelini tayyorlaymiz. 5 minutga yaqin vaqt ketdi jo’horila ochilishiga.

Shakar va saryog’ni soldim, keyin ikki osh qoshiq suv ham soldim. Shakar tezroq erishi uchun.


Aralashtirib turdim, bir tekisda erishi uchun.



Tayyor bo’lganda karamel hidi chiqadi va shakar ham to’liq erib ketganligiga ahamiyat bering. Ehtiyot bo’ling tayyor karamelni mazasini bilaman deb, hatto yuqiga ham qo’lizni tekkazib ko’rmang. Chunki juda ham issiq bo’ladi, qo’liz kuyadi.


Tayyor karamelni, qozondagi pop-cornga astalik bilan solib, tez tez aralashtirib turamiz.


Aralashtirib bo’lgandan keyin, listga yoyib qo’yamiz.


Sovugandan keyin qo’limiz bilan sindirib sindirib qo’yamiz, hohlasez dumaloq bodroq qilib qo’yishiz ham mumkin.

Mana Pop-Corn ham tayyor.


Yoqimli ishtaha!…

Comments are closed.