26. Manti
Anchadan beri qo’ymoqchi bo’lgan postim. Mana bugun vaqt topib blogimga yozvomman. Oyijonimdan (qaynanam) o’rganganman. Birgalikda bir pasda qilib, mehmonlarni kutardik. Onam ham shunday manti qilar edilar, lekin ulardan o’rganib olishga ulgurmagan edim, bilmagan ancha narsalarni oyijonmdan o’rgandim. Mana mantini ham tayyorlanish ketma ketligi bilan yozaman. Kerakli masalliqlar 4 piyola un Qattiq hamir bo’lguncha tuzli suv Go’sht, piyoz, kartoshka Tayyorlanishi Har doimgidek hamir qorishdan ishni boshliymiz. Qattiqroq hamir qoramiz, yumshoq bo’lib qolmasligi kerak. Salafan bilan o’rab, tindirishga qo’yamiz. Hamir tinguncha qiymani…