22. Achchiq somsa

22. Achchiq somsa


Polizimizda dunganiskiy garimdorilar o’sib turganini ko’rganimda, shundan bir somsa qilib ko’rishim kerakde deb o’ylab har gal garimdorilarga bir qarab qo’yar edim. Va nihoyat, opam mehmonga kelganlarida ulardan taklif tushib qoldi, kel birga qilamiz dedilar. To’g’rirog’i ular ko’proq tayyorladilar. Mazasi shunaqangi zo’r chiqdi, achchiq sevarlar uchun ayniqsa judayam zo’r taom bo’ladi. O’zim ham achchiqni yaxshi ko’rganim uchun, juda yoqdi. Demak opam bilan birglikada qilgan eksperement somsani tayyorlanishi quyidagicha.

Kerakli mahsulotlar:  

Hamiri uchun:     200 gr margarin

                                  3 piyola un

                                 3 ta tuhum

                                 2 osh qoshiq qaymoq

                                 0,5 choy qoshiq soda
Qiymasi uchun: Qiyma, piyoz. (hohishga qarab kartoshka, qirg’ichdan chiqarilgan). Ziravorlar.

Avval hamir qilishdan boshladik. 200 gr margarin 3 piyola un bilan uqalab olindi, keyin unga 2 osh qoshiq qaymoq, soda va 2 ta tuhumni qo’shib, yumshoq hamir qordik. Sovutgichga 30 daqiqaga qo’ydik.

 Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz. Qiymalagichdan chiqarib olingan go’sht va piyozni aralshtiramiz, hohishga qarab tuz, zira qo’shamiz. Biza yarmini kartoshkali qildik. Qiymani yarmiga qirg’ichdan chiqarilgan kartoshkani aralshtirdik. Kartoshkali qilingan somsaning achchig’i biroz kamayar ekan :). Garimdorilarni ikkiga bo’lib tozalab olamiz. Tozalangan garimdorilani qiyma bilan to’ldiramiz, mana rasmdagidek qilib. Butun qilsa ham bo’ladi, achchig’i kamroq bo’lsa. Biza ekkan garimdorilarni achchig’i juda ham o’tkir ekan.
Shu tarzda barcha garimdorilarni qiyma bilan to’ldirib oldik.  So’ngra tingan hamirni olib, 3 bo’lakka bo’lib oldik, har bir bo’lakni mana bunday qalinlikda yoyib oldik. 

Yoyilgan hamirni ikki barmoq qalinlikda kesib chiqdik.

Kesilgan hamir tilimlarini qiyma bilan to»ldirilgan garimdorilarning ustiga o’rab chiqamiz.

Bu retseptdan 28ta somsa chiqdi.

       Uchinchi tuhumni sarig’ini ustiga suramiz.

Oldindan qizdirib qo’yilgan gaz pechiga 200 C , usti qizarguncha pishiramiz.

Mana achchiqgina somsalar ham tayyor. 


        Oila a’zolaringizga ham yoqadi deb o’ylayman.

       Yoqimli ishtaha!… .  

4 thoughts on “22. Achchiq somsa

    1. O’zi qorin ochida, nima ovqat qilishni bilmiy turganlar kiradide :). Qilib ko’r, rasmini komentga ham qo’yseng bo’ladi, kutib qolaman.

Comments are closed.

Comments are closed.