20. Achchiq qalampir kukuni

20. Achchiq qalampir kukuni

Bahorda hovliga achchiq qalampir ekkan edik, kuzda hosilni yig’ib oldim. Hammasi achchiq chiqmadi, lekin ancha ko’p edi, barchasini ipga o’tkazib quritib qo’ydim. Qishda qurignini ishlatdik, lekin barcha achchiq emas edi, shuning uchun achchiq qalampirni barchasini urug’dan tozaladim. Salafanli qo’lqop kiyib oldim, va qiymalagichdan chiqardim.

Qiymalagichdan chiqazishdan oldin, salafan bilan og’zini rezina yordamida yopdim. Bu qiymalagichdan chiqvokkan qalampir kukuni nafas yo’llarini qichitadi, shuning uchun buni tayyorlashda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Mana tayyor bo’lgani.

Achchiq sevarlar uchun judayam qulay ishlatishga, suyuq ovqatlar bilan ham quyuq ovqatlar bilan ham sevib tanavvul qilinadi. 

Yoqimli ishtaha!…

4 thoughts on “20. Achchiq qalampir kukuni

Comments are closed.

Comments are closed.