21. Teshkulchalar (Сушки)

21. Teshkulchalar (Сушки)

Farzandlarim sevib tanavvul qilishadi. Qaynanamning retseptlari asosida tayyorlaganman, o’g’limning buyurtmasi bilan :). Judayam mazali. Qancha ko’p pishirilmasin, bollarim uchun baribir kamlik qiladi. Ayniqsa ishtahasi yo’q paytida, ovqat  o’rnida ham yeyishadi. Safarga ham tayyorlanib olinsa bolalar uchun ermak ham taom o’rnida bo’ladi.  O’zim ham bir martda safarga chiqganimizda o’g’lim faqat teshkulcha yeb ketgan edi, uni patirning hamiridan qilgan edim. Yuqoridagi sur’atda   qizimning ham qo’li tushib qoldi, man rasmga ovokkanimda sekingina kelib, teshkulchalarni  ovokkanda beixtiyor sur’atga tushib qolganini o’zim ham bilmay qoldim, lekin juda chiroyli sur’at chiqdi. Tayyorlanishi ham  juda oson va tez. 

Kerakli mahsulotlar:  0,5 litr sut

                                          100 gr saryog’  yoki margarin ( man margarin ishlatdim, eritilgan oq yog’ bo’lsa undan ham qo’shsa bo’ladi)

                                         1 choy qoshiq achitqi( droja)

                                         qattiq hamir bo’lguncha un

Tayyorlanishi:

Sutni iliq qilib, eritilgan margarinni soldim, so’ngra droja va qattiqroq hamir qoriladi. 

Yaxshilab mushtlab, 30 daqiqaga tindirib qo’yiladi.

 Bunda hamir oshib ketmasin, biroz ko’tarilsa bo’ldi. Mana rasmda ko’rib turganizdek.

So’ng stol ustiga olib bo’laklarga bo’lamiz. Shakl berish oson bo’lishi uchun.

Stol ustiga olib qo’lda tekislaymiz va tilmlarga bo’lib chiqamiz. 


Har bir tilimni yumaloq qilib olamiz, qolganini idishga solib turamiz yoki ustini yopib qo’yamiz qanzib qolmasligi uchun.

Shakl berish uchun, barmog’imizni aylanasi bo’yicha yalantirib hamirni uzamiz. Mana bunday qildim.



Listga tuz sepib olamiz, tayyor teshkulchalarni listga qo’yvuramiz. Shunda har bittasini tuzga botirilmaydi, vaqt ham tejaladi.

Iloji boricha hammasini bir hil shaklda qilishga ahamiyat bering, pishirilvokkanda rangi bir hilda chiroyli chiqishi uchun.

 

200 C gradusga, oldindan qizitilgan pechga qo’yamiz. Usti qizarguncha.

Mana teshkulchalarimiz ham tayyor.


Yoqimli ishtaha!…

4 thoughts on “21. Teshkulchalar (Сушки)

Comments are closed.

Comments are closed.