32.Shaftoli konservasi
Bu tayyorlash usuli juda tez, oddiy va qulay. Oyijonimla bilan yozda qilgan edik. Hademay shaftoli pishib qishga olib qo’yishga tayyrolgarlik boshlanadi. Bunaqa konserva bilan qishda mehmon kutilsa, yoz iforlari kelib turadi. Mana shu yopgan konservamizni qanchadan qancha insonlar yeyishi nasib qildi va har gal mehmon bo’lishganda judayam maqtashar edi. Ayniqsa mani kelinoyim, kelinlarim ( ukamni ayoli) har gal shu shaftoli konservani eslab tayyorlanishini so’rashar edi. Mana 2 yildan keyin saytimga qo’yvomman. Arxiv rasmlarda turgandi. Har gal ko’rganimda shuni tezroq post qilib qo’yishim kerak deb o’ylivurar edim. Man shu bugunga nasib qilibdi. Avval ishni bonkalarni sterillashdan boshladik. Ularni sterillashni » Yaxna ichimlik» postimda to’liq yozganman, mana. 3 yashik tukli shaftolidan qildik.
Mana shunaqa shaftoli turidan qildik. Avval suvda yaxshilab yuvib oldik, keyin ustini po’stlog’idan tozaladik. Po’stolg’i yopishqoq bo’lganiga pichoqda yoki mahsus artadiganda tozaladik. Shaftoli qancha qattiqroq bo’lsa konservalash jarayonida shunchalik o’z shaklini saqlab qolar ekan. Bu jarayonlarni boshlashdan avval, kattaroq kastrulka yoki katta qozonga suv qaynatishga qo’yamiz. Qaynab chiqqan suvga tozalangan shaftolilarni solamiz. Suv shaqillab qaynab turgan bo’lishi kerak. Biza shaftolini po’stini ham soldik qaynatvokkan suvimizga, mazasi uchun. Keyin shaftolilar bitta biq etib chiqgandan so’ng, sterillangan bonkalarga soldik. Biza bir litrli bonkalardan ishlatdik. Bir litrli bonkaga bitta piyola to’la shakar soldik, keyin qaynab chiqqan shaftolidan bonka to’lguncha soldik. Bir litrga suvu shirin bo’b ketadi dersiz, qishda ochganda qaynab sovutilgan suv solib kompotga aylantirvolasiz. Bu usul tez va oson bo’ladi. Yozni issig’ida gazni tepasida ko’p ham turilmaydi.
Mana shunday qilib. Bonkalarni og’zi to’lguncha solamiz. Hamma jarayonlarni to’liq ololmaganman. Chunki o’zila bilasila bunaqa paytda oshxonada ham rasmga olish, ham bonkalarga joylash osonmas. Buni tayyorlavokkanimizda qizim bir yosh edi, u yig’lab qolmaguncha ishlarni tugatish kerak edi. Shunga tez-tez qilib rasmga olgandim. Oyijonim, ovisinim bilan birga qilgandik, yana shuncha ishni orasida oyijonimla yaxshi chiqvotimi rasmlariz deb ham qo’ydila :). Mana bonkalarga joylab, qopqog’ini yopib rasmga olganim.
Rangiga e’tibor berga bo’lsez, rangi ko’proq po’stlog’idan chiqgan. Iloji bo’lsa yumshab, sal chetlari qoramtirroq shaftolilarni qilmaganiz yaxshi. Iloji boricha qattiqroq, oppoq shaftolidan qilishilani maslahat beraman. Shakarlari qishgachan erib, shaftolilarga singib joy-joyiga tushib ketadi :). Biza konservalarni yopib bo’lgandan keyin hech ham o’rab qo’ymimiz, teskarisini ham o’girib qo’ymimiza. Nega aslida unaqa qilishadi o’zim ham bilmayman. Konservamiz ham tayyor.
2 thoughts on “32.Shaftoli konservasi”
Oooo ma shaa Alloh dugosh zor chiqqan ekan . Bitta qaynab chiqqani bilan yoppurganilada turganmi? Hammasini buraladigan qopqoqli bankaga yopganmisizlar?
Ha, hech qaysi otmagan. Ha ko’pini buralafigan bonkaga yopganmiz.
Comments are closed.