19. Qatiqli salat

19. Qatiqli salat

Oddiygina ko’ringani bilan juda mazali va foydali salat. Ayniqsa bahor mavsumida sevib iste’mol qilinadigan salatlardan biri. Kerakli mahsulotlar: Rediska, ukrop, kashnich, bodring. Barchasini mayda qilib to’g’riymiz. Ko’pchilik bodring va rediskani to’rt burchak qilib to’g’rashadi lekin parragini ingichka qilib to’g’ralsa bolajonlarga va yoshi kattalarga ham ma’qul keladi. Mayingina salat bo’ladi. Mana man to’g’raganim. Ko’katlar bilan aralshtirib qo’yaman, yeyilishiga yaqin qatiq solib aralashtiraman.  Mana qatiq, tuz solib dasturhonga tortamiz. Acchiq yaxshi ko’radiganlar uchun garimdorini mayda to’g’rab ham solsa bo’ladi. Yoqimli ishtaha!…

18. Yalpizli quymoq.

18. Yalpizli quymoq.

Bu quymoqni retseptini ammam bergan edilar. Ishdan charchab kelsam jiyaning yalpizli quymoq qildim dedi, yalpizli quymoq ham bo’larkanmi, deb hayron bo’lib yegandim. Mazasi shunaqangi zo’r, ishonasanmi rosa boshqacha bo’larkan degandilar. Shunaqangi maqtagan edilar, bir manam qilib ko’rishni niyat qilgan edim. Mana ajoyib hushboy ta’mli blinchikni qilib ko’rdim. Judayam ajoyib, maqtaganlaricha bor ekan. Yalpizni o’ziga hos ta’mi, hidi quymoqga o’zgacha maza berar ekan. Bu quymoqni hohleng shirinlik bilan, hohlasez ichiga qiyma solsa ham bo’ladi. Demak quyidagicha tayyorladim.  Kerakli mahsuotlar:  0,5 litr…

Batafsil Batafsil

17. Yaxna ichimlik (Компот)

17. Yaxna ichimlik (Компот)

Mana mevalar pishib, yozning ishlari ham boshlandi. Qishga mevalardan konservalar tayyorlash mavsumi. Bu yozning issig’ida issiqqina gazning oldida turishning o’zi bo’lmaydi. Biz ham mevalardan yaxna ichimliklar  tayyorlab qo’ydik. Faqat o’zgacharoq usulda qildik, yani kam vaqt ketadi, gazning ham oldida kamroq turiladi. Ya’ni oyijonimning usullari bilan 3litrli bonkaga ketadigan masaliqlarni 1litrga solib qaynagan suv bilan to’ldirib yopib qo’ydik. Qishda ochilganda sovitilgan qaynagan suv bilan suyiltirilib olinadi. Afzalligi shundaki, yozning issig’ida 3litr suvning qaynashini gazning tepasida isib kutib turgandan ko’ra, kamroq issiqlik…

Batafsil Batafsil

16. «Antiqa» pirog

16. «Antiqa» pirog

                                                      Bu pirogning antiqaligi shundaki, un qo’shilmaydi.Judayam foydali, qon ko’paytiradigan pirog.  Buning retseptini bergan maktabdoshim, kursdoshim, dugonam Komola Ostonvaga alohida rahmat deyman. Bunaqangi antiqa retsept uchun. Dugonam ham televizorda ko’rgan ekan. Bu pirogni 12 yil oldin retseptini olgan edim, shunaqangi oson tez tayyorlanadiki hattoki qog’ozga ham yozvomasdan retseptini yodlavogan edim. Oradan shuncha vaqt o’tsa ham…

Batafsil Batafsil

Pazanda hisoblagichi

Pazanda hisoblagichi

           Bu o’lchovlar pazandachilikda juda ham kerak ekan. Aniq o’lchov va to’g’ri tayyorlangan har bir taom albatta mazali chiqadi. Har gal masalliqlarni o’lchab sovokkanimda ikkilanar edim, miqdorini to’g’ri soldimmikan deb. Mana endi quyidagicha jadvallarni topdim. Judayam kerakli jadval ekan. Endi hech ikkilanmay jadvalga qarab o’lchab sovuramiz, masalliqlarni. Muhimi ko’ngil hotirjam. Bu jadvallar telegramdagi guruhga kelgandi.  Sizga ham ilindim. 

Sizlar bilan birgalikda 1 yil.

Sizlar bilan birgalikda 1 yil.

   Shu vaqt ichida sizga biron foydam tekkan bo’lsa ozmi, ko’pmi o’rgangan bo’lsangiz haqqimga duo qilib qo’yishingizni so’rayman. Manga pazandalik sirlarini o’rgatgan oyijonimni, rahmatli onam, rahmatli buvijonlarimning ham haqlariga duo qilib qo’yishingizni so’rayman. Alloh ulardan rozi bo’lsin. 

15. Qatlama hamir (Слоёное тесто)

15. Qatlama hamir (Слоёное тесто)

    Слоёное тесто o’zbekchasiga qatlama hamir deb tarjima qildim. Napoleonni hamirini har kim har hil qiladi, man ham oyijonim o’rgatganlarini sizga ham o’rgatgim keldi. Napoleonni aynan shunday hamirdan qilinganini juda yaxshi ko’raman. Eng oson, judayam tez bo’ladi. Vaqtingiz kam bo’lsa, muzxonaga hamirni qo’yib, vaqtiz bo’lganda pishirsez ham bo’ladi. Mana man qanday tayyorlayman? Bu yarim portsiya uchun. Kerakli mahsulotlar: 1 ta tuhum                                      …

Batafsil Batafsil

14. Uy palovi

14. Uy palovi

Albatta osh qilishni har bir o’zbek bekasi biladi. Lekin hammaning tayyorlash usuli har hil. Har gal osh qilganimda albatta nohotli qilar edim, lekin to’satdan oilamdagilardan oshga buyurtma tushgani uchun bu gal nohotsiz qildim. Demak tayyorlashi boshladim. Kerakli mahsulotlar 6-7 dona kattaroq sabzi 0,5 kg go’sht 1 ta piyoz 3 cho’mich yog’ dumba 700 gr guruch. ( oilada 4 kishimiz shiga mo’ljallab qildim) zira Avval ishni qizib turgan qozonga dumbani to’g’rab soldim, uni yog’i chiqgandan so’ng jizzalarini ovoldim. Ustiga 3 cho’mich…

Batafsil Batafsil

13. Dimlama lag’mon

13. Dimlama lag’mon

      Bu taom tayorlanishi qovurma lag’mondan farq qiladi. Farqi shundaki, kam masalliq ketadi, ko’p qovurilmaydi, hamir ham alohida pishirilmaydi, hammasi birgalikda dimlab pishiriladi.  Kelin bo’lib tushgan oilamda qilinar ekan. Qaynatamning onalari qilgan ekanlar, «Dimlama lag’mon» oilaning milliy taomi desam ham bo’ladi. Onam ham huddi shunday qilar edilar, faqat bolaligimda qovurma lag’mon derdik. Onamla nima ovqat qiliy deb so’rasalar man faqat qovurma lag’mon der edim.  Bu ovqatni  har gal qilganimda qaynatamla boblapsiz  deb maqtab qo’yalla. Sizlarga ham yoqadi deb o’ylayman….

Batafsil Batafsil