26. Manti

26. Manti

Anchadan beri qo’ymoqchi bo’lgan postim. Mana bugun vaqt topib blogimga yozvomman. Oyijonimdan (qaynanam) o’rganganman. Birgalikda bir pasda qilib, mehmonlarni kutardik. Onam ham shunday manti qilar edilar, lekin ulardan o’rganib olishga ulgurmagan edim, bilmagan ancha narsalarni oyijonmdan o’rgandim. Mana mantini ham tayyorlanish ketma ketligi bilan yozaman. Kerakli masalliqlar 4 piyola un Qattiq hamir bo’lguncha tuzli suv Go’sht, piyoz, kartoshka Tayyorlanishi Har doimgidek hamir qorishdan ishni boshliymiz. Qattiqroq hamir qoramiz, yumshoq bo’lib qolmasligi kerak. Salafan bilan o’rab, tindirishga qo’yamiz. Hamir tinguncha qiymani…

Batafsil Batafsil

25. Qovurma lag’mon

25. Qovurma lag’mon

Oilamning sevimli taomi desam adashmayman. O’g’limning buyurtmasi bilan tayyorladim. Hamir ovqatlarni yaxshi ko’radi. Kerakli masalliqlar Go’sht bulg’ori piyoz tuz soya sousi Hamiri uchun 4 piyola un va qattiqroq hamir bo’lguncha tuzli suv ( suvni sho’r qivorish kerakmas, hamirni cho’zvokkanda yaxshi cho’zilmaydi) Tayyorlanishi Hamir ovqat qilishdan oldin har doim hamirni birinchi bo’lib qorib qo’yaman. Tingan hamir yaxshi yoyiladi, yaxshi cho’ziladi. Avval hamir qorib qo’ydim. Hamirni cho’zish to’liq qilib »O’zbekcha lag’mon» da tushintirib o’tganman. Hamir tinguncha qaylasini tayyorlaymiz. Buning uchun piyozni to’rtburchak shaklda to’g’riymiz….

Batafsil Batafsil

24. Malina va shokoladli cheesecake

24. Malina va shokoladli cheesecake

Tayyorlanishi juda ham oson va mazali. Kerakli masalliqlar: 1ta plitka shokolad 100 gr                                         500gr qaymoqli suzma                                        400 gr qaymoq                                        Malina pyuresi( yozda…

Batafsil Batafsil

23. Yong’oq va mayizli pishiriq(Печенье с орехом и изюмом)

23. Yong’oq va mayizli pishiriq(Печенье с орехом и изюмом)

Bu pishiriqni onajonim rahmatli juda ko’p qilardila. Onam ham buvimdan yani qaynonalaridan o’rganganlar. Ayniqsa dodam dam olishlarga ketadigan bo’sala shu pishiriqdan(Печенье o’zbekchasiga pishiriq deb ham tarjima qilinar ekan. Lekin biz baribir pechenie deb o’rganib qolganmiz. Suning uchun men ham shunday yozvurdim) onajonim qilib berardilar, tez aynimaydi, uzoq muddat turadi, eng muhimi quvvatli, darmon dori pechenie desa ham bo’ladi. Bunaqa pechenieni boshqa hech qayerda yemaganman. Bir kuni kenayim oyini o’sha pecheniesini o’rganib olganmidilaring, judayam zo’r edi deb ko’p eslashadi. Oilamdagilarga ham…

Batafsil Batafsil

22. Achchiq somsa

22. Achchiq somsa

Polizimizda dunganiskiy garimdorilar o’sib turganini ko’rganimda, shundan bir somsa qilib ko’rishim kerakde deb o’ylab har gal garimdorilarga bir qarab qo’yar edim. Va nihoyat, opam mehmonga kelganlarida ulardan taklif tushib qoldi, kel birga qilamiz dedilar. To’g’rirog’i ular ko’proq tayyorladilar. Mazasi shunaqangi zo’r chiqdi, achchiq sevarlar uchun ayniqsa judayam zo’r taom bo’ladi. O’zim ham achchiqni yaxshi ko’rganim uchun, juda yoqdi. Demak opam bilan birglikada qilgan eksperement somsani tayyorlanishi quyidagicha. Kerakli mahsulotlar:   Hamiri uchun:     200 gr margarin        …

Batafsil Batafsil

21. Teshkulchalar (Сушки)

21. Teshkulchalar (Сушки)

Farzandlarim sevib tanavvul qilishadi. Qaynanamning retseptlari asosida tayyorlaganman, o’g’limning buyurtmasi bilan :). Judayam mazali. Qancha ko’p pishirilmasin, bollarim uchun baribir kamlik qiladi. Ayniqsa ishtahasi yo’q paytida, ovqat  o’rnida ham yeyishadi. Safarga ham tayyorlanib olinsa bolalar uchun ermak ham taom o’rnida bo’ladi.  O’zim ham bir martda safarga chiqganimizda o’g’lim faqat teshkulcha yeb ketgan edi, uni patirning hamiridan qilgan edim. Yuqoridagi sur’atda   qizimning ham qo’li tushib qoldi, man rasmga ovokkanimda sekingina kelib, teshkulchalarni  ovokkanda beixtiyor sur’atga tushib qolganini o’zim ham bilmay…

Batafsil Batafsil

20. Achchiq qalampir kukuni

20. Achchiq qalampir kukuni

Bahorda hovliga achchiq qalampir ekkan edik, kuzda hosilni yig’ib oldim. Hammasi achchiq chiqmadi, lekin ancha ko’p edi, barchasini ipga o’tkazib quritib qo’ydim. Qishda qurignini ishlatdik, lekin barcha achchiq emas edi, shuning uchun achchiq qalampirni barchasini urug’dan tozaladim. Salafanli qo’lqop kiyib oldim, va qiymalagichdan chiqardim. Qiymalagichdan chiqazishdan oldin, salafan bilan og’zini rezina yordamida yopdim. Bu qiymalagichdan chiqvokkan qalampir kukuni nafas yo’llarini qichitadi, shuning uchun buni tayyorlashda ehtiyotkorlik talab etiladi. Mana tayyor bo’lgani. Achchiq sevarlar uchun judayam qulay ishlatishga, suyuq ovqatlar bilan…

Batafsil Batafsil

«Shedroe leto» tanlovi haqida.

«Shedroe leto» tanlovi haqida.

Assalomu aleykum, hurmatli blogim foydalanuvchilari. Postim nomini ko’rib hayron bo’vokkandirsiz. 2016 yil «Shedroe leto» savdo belgisi tanlov o’tkazgan edi. Tanlov shartlariga ko’ra yosh uy bekalari o’z retseptlarini yuboradilar, hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi retsept tanlab olinib bepul pazandalik kursiga o’qishga yo’llanma beriladi.   3 ta shahar bo’yicha, 15 tadan yosh uy bekalari tanlab olinadi. Toshkent shahri, Buhoro shahri, Samarqand shahridan. Toshkent shahridan mani ham retseptim maqul ko’rilib o’qishga yo’llanma berishdi. O’quv jarayonlari «Iffatli kelin» o’quv markazida bo’lib o’tdi. Bizni guruhga…

Batafsil Batafsil

Ajib g’oya 2.Muzqaymoqlar

Ajib g’oya 2.Muzqaymoqlar

Ajoyib g’oya asosida tayyorlangan muzqaymoq ekan. Ayniqsa achchiq yaxshi ko’radiganlar uchun ajoyib, kutilmagan desert turi ekan. Hozirchao’zim tayyorlab ko’rganim yo’q, telegram gruppasiga kelgan edi, menga judda yoqdi va blogim foydalanuvchilari uchun ham ilindim. Agar tayyorlab ko’rsangiz kommentda fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman. Choyli muzqaymoqga nima deysiz? 🙂  Rayhonli muzqaymoqgachi? Qaysi biri yoqganini kommentda yozib qoldirishingiz mumkin. Har bir fikringiz men uchun juda muhim. Yoqimli ishtaha!

Sutli mahsulotlarni saqlash

Sutli mahsulotlarni saqlash

O’zim bu usulni hali sinab ko’rmadim. Chunki muzlatgichni doimiy nazorat qilib turamiz. Ayniqsa sutli mahsulotlar. Agar aynish jarayonigacha yetib kelsa, biron shirinlik yoki eng osoni blinchik qilib yuboramiz. Agar qaymoq salgina aynishni boshlavokkan bo’lsa undan durda qilinadi. Moyanez, qatiqdan bo’lsa kesk va shunga o’xshash pishiriqlar tayyorlavoramiz. Hullas isrof qilmaslikka harakat qilamiz. Mana sutni uzoq saqlashning yana bir yo’li.