51.”Pikachu” salati

51.”Pikachu” salati

Bu salatni «Shedroe leto» tanlovi sababli qatnashgan o’quv kursda o’rgangan edim. Manga juda ham yoqgan edi. Sizlar bilan ushbu retseptni bo’lishmqchiman. Faqat biroz o’zgartirilgan, lekin ustozimiz o’rgatganlaridek qildim. Qo’y go’shtni o’rniga tovuq go’shti, qo’ziqorin o’rniga tuzlangan bodring qo’shsela ham bo’ladi deb o’rgatgan edilar. Shularni o’zgartirdim.

Kerakli masalliqlar:300 gr qo’y go’shti ( man tovuqning ko’krak qismini ishlatdim)

                                          6 ta tuhum

                                          Qo’ziqorin ( 1 bonka shampinion konservasi. Man tuzlangan                                                      bodring soldim)

                                          500 gr chala pishgan kartoshka (yangi chiqqan kartoshkada bo’lsa                                           unda ham yaxshi)

                                         1 ta bog’ yashil piyoz( man qo’shmadim)

                                         200 gr moyanez

                                        200 gr saryog’

Go’shtni suvda qaynatib pishirib oldim. Keyin parrak to’rt burchak qilib to’g’radim.

Suvda pishgan tuhumni ham yirik, lekin parragini ingichka olib to’g’radim.

Kartoshkani ham suvda pishirib oldim, lekin ohirigachan pishmasligi kerak. Chunki saryog’da ham qovuriladi.

Kartoshkani to’g’rab qovurib oldim, qizrguncha.

Tuzlangan bodiringni ham parrak qilib, kattaroq qilib to’g’raymiz.

Hamma masalliqlarni to’g’rab bo’lgandan so’ng, tuz va moyonez solib aralashtiramiz.

Aslida o’rganganimizda ustiga sir qilinmasdi, lekin man qilib ko’rdim, yana ham mazali bo’larkan.

Yoqimli ishtaha!…

Comments are closed.