12. Turkcha pahlava

12. Turkcha pahlava

   Mana yana anchadan beri o’ylab yurgan shirinlikni ya’ni pahlavani qildim. Bu ikkinchi marotaba qilishim, birinchisini qilganimni rasmga ololmagan edim. Aslida to’rtinchi martda qilishim, lekin avvalgi ikkitasini tayyor hamirdan qilgan edim. Toshkentda tayyor hamiri yo’q ekan. Telegram gruppalarida turli hil turkcha pahlava retseptlari keldi, hammasi turlicha. Lekin bitta retsept turk opam etganlaridek ekan. Afsus o’zlari bilan birgalikda qilish nasib qilmadi, lekin yana bir bor diydor nasib qilsa o’zlarini qo’llari bilan tayyorlatib blogimga qo’yaman, albatta ularni roziliklari bilan :).  O’sha retsept…

Batafsil Batafsil

11. Cheesecake yoki Suzma cake

11. Cheesecake yoki Suzma cake

  Bu o’sha hammaga mashhur cheesecake. Buni tayyorlashni anchadan beri o’ylab yurgandim, retseptlar ham qarab chiqgan edim. Turli retseptlar, tayyorlanish jarayoni turlicha. Aniq bir to’htamga kela olmayapkan edim.Va nihoyat bir kuni faceebookdagi guruhda cheesecake tayyorlandi, juda oson, tez va muhimi kam vaqtizni oladi. Retsept uchun o’sha guruhdagi Nastarin Nurga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Men cheese( sirni) o’rniga o’zimizni qaymoqli suzmani ishlatdim. Ancha payt muzlatgichimda turgan edi, bollarim sutli mahsulotlarni yoqtirishmaydi.  Eskirib qolgan tvorog va suzmani mazasi tayyor bo’lgan shirinlikda bilinmas ekan….

Batafsil Batafsil

10. To’rt «Pazanda»

10. To’rt «Pazanda»

   Onam to’rt qilsalar har doim orasida bezesi bo’lardi. Bezesiz to’rt qilmas edilar, shu to’rtni sog’inib qildim. Faqat biskivitni o’rniga «Шоколадное кухе» qildim. Bu to’rtga nom qo’yishga to’g’risi qiynaldim. Nihoyat Nilufar singlim nom topib berdi. Blogimga qo’ygan birinchi to’rtim bo’lgani uchun «Pazanda» deb nomladik. Demak tayyorlashni boshladim. Kerakli masalliqlar:   Korji uchun: Bu korj 1,5 portsiya uchun. Korj hammaga ma’lum bo’lgan Aliyani blogidagi «Шоколадное кухе». Manga juda yoqadi, quruq bo’lib qolmaydi. Eng muhimi tez va juda mazali.        …

Batafsil Batafsil

9. Toshkentcha xonim

9. Toshkentcha xonim

Har bir o’zbek xonadoning bekasi xonim qilishni biladi deb o’ylayman. Lekin hammaning o’zining tayyorlash usuli bor. Men ham oyijonimdan o’rgangan oson yo’l bilan xonim tayyorlashni sizlarga ham ilindim. Kerakli mahsulotlar 4 ta o’rtacha kattalikdagi piyoz 2 ta sariq sabzi 8 ta o’rtacha kattalikdagi kartoshka go’sht yoki qiyma O’simlik yog’i Hamiriga 4 piyola to’la un kerakligicha sho’r suv (nomokob) Qizili uchun 5-6 ta kattaroq pomidor 1 ta katta piyoz 2ta bulg’ori qalampiri Tayyorlanishi bismillah Avval hamir qilishdan boshladim, 4 piyola unga…

Batafsil Batafsil

8. Yong’oqli keks

8. Yong’oqli keks

  Bu keks huddi oyijonim(qaynonam) qiladigandek qildim. Kekslari juda zo’r chiqadi, har gal qilganlarida judayam tez va chiroyli, mazali chiqadi. Eng muhumi har gal ishib zo’r chiqadi. Man qilsam hech ham ko’tarilmasdi. Keyin telegramda bir retsept ko’rib qoldim, o’sha retsept bo’yicha qilsam, ko’nglimdidek chiqdi. U retsept quyidagicha 2 ta tuhum, 2piyola qatiq, 0,5 piyola o’simlik yog’i, 2 piyola shakar, 0,5 qoshiq soda. Shu retsept bo’yicha qildim va nihoyat keksiim o’xshadi. Keyin o’simlik yog’i o’rniga oyijonim qiladigandaka qilib margarin solib qildim…

Batafsil Batafsil

Tuhumni ajratishning qulay usuli

Tuhumni ajratishning qulay usuli

Judayam, tez va qulay. Buning uchun o’z barmoqlarimiz suzgich vazifasini bajaradi. Tuhumni astalik bilan chaqamiz, va kaftimizning ichiga solamiz, barmoqlarimiz orasidan oqi idishga tushadi, sarig’i esa kaftmiz ichida qoladi. Bu usulni o’rgatgan turk opamga rahmat, Alloh rozi bo’lsin. Sizlarga ham ilindim.  Ana ko’rib turganizdek, oqi to’liq ajrab tushadi, vaqt ham kam ketadi.   Sizlarga ham tavsiya qilaman.  

7. Yong’oq va magizli biskivit

7. Yong’oq va magizli biskivit

   Assalomu aleykum. Bu biskivit buvimning retseptlari. Bolalik paytlarimmi eslatadi, oson, juda tez tayyorlanadi. Tayyorlashni boshladik. Kerakli mahsulotlar. 4 ta tuhum                                       200 gr shakar                                       4 osh qoshiq un                            …

Batafsil Batafsil

Ajib g’oyalar

Ajib g’oyalar

Bilinchikning  hamiriga kakao qo’shib banan o’ralgan, bananxo’r bolajonlarimiz uchun ajoyib shirinlik.  Bu pesochniy( o’zbekchasiga qanday bo’lishini bilmadim) hamirdan qilingan.     Bu ham pesochniy hamir. Qaychi yordamida hamir nomiga kesilib chiqiladi, tegi bilan kesvormisiz. Agar ustiga biron nima surmoqchi bo’lsangiz, surib bo’lganizdan so’ng, kesib chiqiladi. Agar kesganizdan so’ng sursez, uchlari yotib qoladi.      Bu ham pesochniy hamir, faqat shakarsiz :). Bolajonlarimiz uchun ichiga jem solib ham tayyorlasa juda mazali bo’lsa kerak, hali o’zim qilganim yo’q.    Pesochniy hamirning o’zidan shuncha…

Batafsil Batafsil

6. Olmali bulochka

6. Olmali bulochka

  Assalomu aleykum! Eng sevimli bulochkalarimdan biri. Onam, qaynonamni retseptlari bo’yicha. Oddiy, tez  tayyorlanadi va eng muhimi juda mazali mmm…… Tayyorlashni boshladik.  Kerakli mahsulotlar: 500 ml sut                                          2 ta tuxum                                                            …

Batafsil Batafsil