15. Qatlama hamir (Слоёное тесто)

15. Qatlama hamir (Слоёное тесто)

  

 Слоёное тесто o’zbekchasiga qatlama hamir deb tarjima qildim. Napoleonni hamirini har kim har hil qiladi, man ham oyijonim o’rgatganlarini sizga ham o’rgatgim keldi. Napoleonni aynan shunday hamirdan qilinganini juda yaxshi ko’raman. Eng oson, judayam tez bo’ladi. Vaqtingiz kam bo’lsa, muzxonaga hamirni qo’yib, vaqtiz bo’lganda pishirsez ham bo’ladi. Mana man qanday tayyorlayman? Bu yarim portsiya uchun.

Kerakli mahsulotlar: 1 ta tuhum

                                      0,5 stakan suv( man yarimdan ko’proq soldim, 4dan 3 qismini soldim)

                                     qattiqroq hamir hosil bo’lguncha un.

Kremi uchun: 1 stakan sut

                         1 ta tuhum

                         1 osh qoshiq to’la un

                         1 stakan shakar

Demak birinchi bo’lib idishga tuhumni chaqib soldim, ketidan suv soldim va qo’limda yaxshilab atalab oldim. 

 

mana solgan suvimning miqdori.

 

So’ngra qattiq ham, yumshoq ham bo’lmagan hamir qorib, muzlatgichga 30 daqiqaga qo’yamiz.  

Vaqt o’tgandan so’ng, xona haroratidagi 200gr margarinni to’rt qisimga bo’lib oldim.  

 

Hamirni 0,5 smlik qalinlkda yoydim, o’rtasiga margarinni bir bo’lagini qo’ydim va ozgina nomiga surtib qo’ydim.  

  

 Mana bunday qilib. Odatda bunday hamir qilinvokkanda hamma margarinni o’rtasiga qo’yib, konvert qilib yopilib yoyilar edi. Bunday usulda qilinganda hamirimizni yoyvokkanda margarini hamirni pastki qismi yupqa bo’lganligi uchun yoyilganda stolga chiqib pilchillab ketadi. Bunday usulda esa margarin u darajada hamirdan chiqib ketmaydi, hamirning orasiga bir tekisda taqsimlanganligi uchun qatlamlari ham tez hosil bo’ladi. Ko’p vaqt yoyib konvertlash ham vaqt talab qilmaydi. Margarinni shu tarzada o’rtasiga surganimdan so’ng hamirni bir uchini yopamiz. Va uning ustidan ham margarinni bir bo’lagini suramiz. 

 

Shu tarzda qatlamali hamirimizni qilamiz. 

  

  

 

Hamirga un sepmasdan, jo’vaga un sepib yoysak hamirga bir tekisda yediriladi. Hamirni 15 daqiqaga muzxonaga qo’yib turamiz, margarini biroz qotib olgandan keyin yoysak margarini ham chetlariga chiqib ketmaydi. Har 20-30 daqiqalarda hamirni mana bunday ochib yoyib yana konvert qilib tahlab qo’yamiz. 

 Bu jarayonni 4-5 martda qilsak yetadi. Bu hamirdan 4 ta qavat chiqadi. Oxirigi marda yoyganimizda huddi somsadaka qilib o’raymiz. 

 Va shuni to’rt qisimga bo’lamiz. Hohlasangiz napoleon hohlasangiz boshqa turdagi pishiriqlarni ham pishirsangi bo’ladi. Judayam zo’r chiqadi shu usulda qilib ko’rsangiz.    

7 thoughts on “15. Qatlama hamir (Слоёное тесто)

Comments are closed.

Comments are closed.