35.Muzqaymoq krem
Birinchi bo’lib Daniyada o’rganganman shu kremni qilishni. Bir opa o’rgatgan edilar. Judayam yoqgan, mayin og’izda erib ketadi. Biskvit va boshqa kakaoli pishiriqlar bilan ham juda mos tushadi. Tayyorlanishi tez oson lekin e’tibor talab qilinadi. Toshkentga borganda ham qilgandim, lekin bizani qaymoqlar juda ham yog’li, quyuq bo’ladi. Magazinnikidan qilib ko’rmadim, chunki magazinniki o’xshamas ekan. Ko’p tortga buyurtma oladigan tortchilardan eshitgandim, bozorda qaymoq krem uchun desa berishar ekan. Lekin tanlavokkanda yeb ko’rishilani maslahat beraman, chunki hidi bo’lishi mumkin. Bu kremni tayyorlash…