50.Norin

50.Norin

Norin tayyorlashni boshidan ohirgachan oyijonimladan o’rganganman. Buvim, oyimga ham yordam berib yurardim kichikligimda lekin o’zim mustaqil tayyoqlashni va yo’l yo’riqlarini qaynonamdan o’rganganman.

Kerakli masalliqlar: 1,5-2 kg lahm mol go’shti ( 0,5 kg ot go’shti bo’lsa yana ham mazali chiqadi. Man ot go’shtini o’rniga ichiga yarimta qazi to’g’riyman. Agar bo’lsa, bo’lmasa shundoq mol go’shtiga qivuraman.)

2 kg unga qattiq hamir qordim( ba’zilar tuhum ham solarkan, lekin man solmasdan qilaman. Hamirni qattiq qilib, yaxshilab qorsa, norinni hamiri ham chiroyli chiqadi.)

2-3 bo’lak go’shtni suyakli joyi( sho’rvasi uchun, mazali yog’liroq chiqishi uchun man go’sht bilan birga qaynataman.)

Tuz va zira.

Tayyorlnishi:

1hafta oldin go’shga tuzini ko’proq sepib, maydalangan zira bilan ziralab ochiq havoga quritishga qo’yaman. Ko’p qavatli uyda yashaganimiz uchun balkonda quritaman. Kir yoyadigan quritgich ustiga pechni panjarali listiga tuzlangan go’shtlarni qo’yaman va tagiga oddiy listni qo’yaman. Va havo yaxshi aylanadigan, ochiq joyga, ustiga doka yopib qo’ysak ham bo’ladi. Kechqurun muzlatgichga qo’yaman. Agar havo salqin bo’lsa shundo balkonda qoldirvuraman.

Suvi silqib, go’sht qotgungachan. Keyin qozonga go’shtlarni va suyaklardan ham 2-3 bo’lak solib qaynataman. Suyaklarni ham mazasi chiqib sho’rvasi mazali bo’lishi uchun.

Go’sht qaynashni boshlaganda, ustiga chiqqan ko’piklarni olib tashliymiz.

Ko’pklarni tozalab olib tashlagandan keyin man boshqa qozonga suvini setkali suzgich ustiga doka qilib, sho’rvasini qaytadan suzgichdan o’tkazib olaman. Sho’rvasini suvi tiniq chiqishi uchun.

Mana suzib olgandan keyin, go’shtni bir soat qaynataman. Ko’p qaynatsa ham go’sht ilvillab, chiroyli to’g’ralmaydi. Bir soatdan keyin go’shtdan olib tekshiraman, ichi pishgan bo’lsa ya’ni qizil joylari bo’lamasa go’shtni olaman. Suyaklari qaynab turvuradi 2-2,5 soat.

Go’shtni sovutishga qo’yamiz. To’liq sovugan go’sht tog’ralganda chiroyli to’g’raladi.

Mana sho’rvamiz ham tayyor.

MAn norin qilmoqchi bo’lsam kechasi hamirini pishirib, yog’lab qo’yaman. Ertalabgachan yog’lari singib maza kirib turadi, ham peshunga taom tayyor bo’ladi. Qattiq qorilgan hamirni to’rt burchak qilib kesib, qaynab turgan suvga solib pishirib olaman. Hamir pishirvokkan suvga 1 osh qoshiq tuz solaman. Hamir pishgandan so’ng, chovli yordamida hamirni olib, dasturhon ustiga solamiz. BA’zilar hamir issiqligi uchun yoyishda alohida idishga sovuq suv qilib olishadi. Pishgan hamirni qo’lni suvlab ushlasa hamir tez achib qolar ekan. Iloji boricha pishgan hamirni qo’lni suvlamasdan yoyish kerak ekan. Pishgan hamirni usti qurigandan keyin, aylantiramiz, tagi qurishi uchun.

Hamirlarni pishirb, quritib olgandan keyin yog’laymiz. Man o’simlik yog’ini qizdirvokkanimda ikkita piyozni butunligicha soldim. Piyoz yaxshilab qorayguncha yog’ni qizdirdim, piyozni mazasi yog’ga chiqib, hamirga surilganda hamirning mazasi yana ham yaxshilanadi. Hamirni har birini orasini yog’lab ustma ust tahliymiz.

Kechasi hamirni pishirib, yog’ surib, ustiga salafan yopib muzlatgichga qo’yaman. Ertasiga mana tilim-tilim deydi, shunaqa tilimlab chiqdim. Man ikki barmoq qalinligida kesib chiqdim.

Mana yana muhim jarayonlardan biri. Oyijonimla bilan birinchi bor to’g’ravokkanimizda tushintirgan edilar. Uchta hamir olib to’g’ralsa ham mayda chiqadi, ham hamir ezilimiydi va tez bo’ladi. Qo’l o’rganvogandan keyin hamirni qalinligini ko’paytirsa ham bo’ladi. Hamir to’g’ravokkanda pichoqni oldinga, orqaga qilib harakat qilmasdan, tepadan pastga qilib taqillatib to’g’rash kerak ekan. Qoidasi bo’yicha. Buni oyijonimlaga uzoq vaqt shu osh ovqatni ichida ishlagan opani maslahatlari ekan.

Hamirni to’g’raguncha go’sht ham soviydi. Go’shtni ham o’ziga hos to’g’rash usuli bor ekan. Go’shtni ingichka qilib parraklab olamiz. Parraklavokkanda go’shtni shunaqa chiziqli yo’lini topib olish kerak. Keyin to’g’ravokkanda shu yo’li bilan to’g’rash oson bo’ladi. Go’sht ham chiroyli va uzun-uzun bo’lib turadi. Maydalanib ketmaydi.

Hamir va go’shtni to’g’rab bo’lgandan keyin, kattaroq tog’oraga agar katta tog’ora bo’lmasa manga o’xshab gazni listiga hamirdan bir qism, go’shtdan bir qism qilib, ustma ust solib, maydalangan zira tuz va ozgina quruq bo’lib qolmaslik uchun qizdirilgan o’simlik yog’idan solib aralshtiraman. Shu tarzda hamma to’g’ralgan hamir va go’shtlani aralashtirib olamiz. Yog’i va tuzini hohishga qarab moslab olinadi. Shu tarzda aralshtirsak hamir va go’sht bir hilda aralashadi.

Norin ham tayyor.

Yoqimli ishtaha!…

Musofirchilikda yurganda, mehnati og’irligi ham bilimas ekan. Sog’inganda, bemalol bo’lganda mazza qilib tayyorlayman. Oyijonimla bilan tayyorlagan paytlarimizni esliyman, buvim rahmatli va onam rahmatlilar bila birga tayyorlaganimiz, onam hamirini pishirib berardilar. Opam bilan biza yoyib, yog’lardik yordamlashib. Orasida hamirladan yeb :). Buvim , onam tog’rashvokkanda oldiligida turib bo’ldimi, tayyormi , bitta yesam bo’ladimi deb. Mana shunday shirin hotiralar bilan tayyorlayman bu taomni. Bollarim ham juda yaxshi ko’rishadi. Ayniqsa o’g’limning sevimli taomi. Orada kelib qolishadi bollarim, yordam kereymi deb :). Shunisiga ham rahmat deyman, charchoqlarim chiqib ketadi. O’g’lim yana bir gapi bor yaxshi ko’rgan ovqati yevokkanda tomog’im sizga layk bosdi deb qo’yadi :). Bu ham tomog’i layk bosadigan sevimli ovqat.

2 thoughts on “50.Norin

    1. Ha, bilasanu o’g’illarimizni bir biriga o’xshash tomoni ko’p. Sababini ham bilasan o’zing ☺️😉

Comments are closed.

Comments are closed.