49.Palov
Har bir o’zbekning o’ziga hos palov tayyorlash usuli bor, shuning uchun ham bir hil masalliq solinsada mazasi har hil chiqadi. Bu palovga man garimdori solib tayyorladim, albatta palovga achchig’i chiqmaydi lekin palovda pishgan garimdorining mazasi juda yoqadi :). Palov bilan qo’shib yeyish undan ham mazali, achchiq yaxshi ko’rganimdanmi iloji bo’lsa har doim solaman.
Kerakli masalliqlar: 1 kg sabzi ( qizili, sarig’i hohishga qarab. Daniyada sariq sabzi yo’q ekan, topilsa ham O’zbekistonnikichalik shirin emas)
700 gr go’sht
1 litr guruch( man basmati guruch ishlatdim)
3 cho’mich yog’ ( man ikki qoshiq oq yog’ ham qo’shaman. Agar dumba yog’i bo’lsa undan ham yaxshi va mazali chiqadi)
2 katta piyoz
1 kg guruch ( man basmati guruchidan ishlatdim)
zira( busiz o’zbek palovi bo’lmaydi :)), tuz
1 ta behi( katta kichikligiga qarab)
2 sarimsoq
5-6 ta garimdori( hohlagancha, faqat sovokkanda ahamiyat berish kerak, yorilmagan, bo’linmagan garimdori solish kerak. Bo’lmasa achchig’i palovga chiqib ketadi)
1 piyola no’hot ( man bir kun avval suvga ivitib qo’yaman)
1 qisimcha palov uchun solinadigan mayiz.
Tayyorlanishi:
Qozonga avval yog’ solamiz. Yog’ qizigandan keyin piyozni soldim, ustidan to’g’ralgan sabzini va go’shtni soldim. Baland olovda qovrulib turdi, aralashtirmadim.
Ora -orada faqatgina sabzini aralashtirib turdim, piyoz bilan aralashtirvormasdan. Shunda piyoz tagida qizarib turvuradi, shu bilan birgalikda sabzi va go’sht ham qovuriladi. Ma’lum vaqt o’tgach piyozni piyozni hohlaganimizdek qizargandan keyin birga aralashtirsak bo’ladi. Agar qora osh qilmoqchi bo’lsam, tagida piyoz qorayguncha qovurishga qo’yaman, o’zim istagan rangga kirguncha faqat sabzini aralashtirib turaman.
Piyoz qizargandan keyin birgalikda aralashtirib, sabzini suvlari shimilib yog’i ajralguncha o’rta olovda qovurilib turadi.
Keyin yog’i ajralgandan keyin, masalliqni ustini ko’mguncha suv solaman. Behi, ivitilgn no’hot, sarimsoqni va garimdorini ham solaman. Shu hamma masalliqlarni ko’mguncha suv soldim. Osh mazali va go’shtlari yaxshilab pishishi uchun kamida bir soat qaynashi kerak. man 1 yoki 1,5 soatcha qaynataman.
1-1,5 soat o’tgandan keyingi holati.
Endi oshni damlasak ham bo’ladi, damlashdan oldin ya’ni guruch solishdan avval behi, garimdori, sarimsoqni olib turamiz.
Qozonni tagini baland qilib, qaynagandan keyin yuvilgan guruchni solamiz. Mana bu rasmda guruchni ko’mguncha suv solganman. Qancha suv solish guruchni turiga ham bog’liq. Basmati guruchi qancha suv solsez ham ko’taradi. Ustiga zirani maydlab soldim.
Mana pasdagi rasmda guruch suvini shimib olgan. Shu suvini shimguncha man oyijonimla o’rgatganaridek guruchni o’zini nomiga aralashtirib turaman, guruch bir hilda, bir tekis pishishi uchun.
Shu orada o’rtasidan teshikchalar ochamiz, suv o’rtalariga yetib borishi uchun, guruch bir tekisda pishishi uchun.
Suvini shimib bo’lgandan keyin, guruchlarini o’rtaga to’pliymiz va teshikchalar ochamiz. Suvini batamom shimib bo’lgandan keyin teshikchalarini yopamiz.
Man mayizni damlashdan avval, guruchni o’rtasini kattaroq ochib solaman va yopib qo’yaman.
Ustiga olib qo’ygan masalliqlarni qo’yamiz. Va qozonni qopqog’ini yaxshilab havo kirmaydigan qilib yopamiz, olovini pasaytirib 20 daqiqaga damlab qo’yamiz. Bu orada osh bilan yeyiladigan salatlarni tayyorlaymiz.
Mana palov ham tayyor. Ustidagilarni olib, yaxshilab aralashtiramiz.
Laganga suzib behi, sarimsoq, garimdorilar bialn birga dasturhonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!…