39. Karamel, yong’oqli pirog.
Bu pirogni tayyorlanishini facebookda bir gruppada ko’rgan edim. Unda ichidagi masalliq uchun tvorogdan foydalanilgan edi. Ayni yashab turgan joyimizda tvorog bo’lmagani uchun man filadelfiya va buko degan cheesecremlardan foydalandim. Man mazasini huddi o’zimizni suzmalaarga o’xshataman, O’zbekistonimizni suzma va tvoroglari mazaliroq :).
Kerakli masalliqlar: Hamiri uchun: 110 gr sovuq margarin
10 osh qoshiq to’la un
1 ta tuhum
2 osh qoshiq smetana( man smetanani o’rniga moyo\anez soldim, smetana yo’q edi.)
2 osh qoshiq qaymoq
2 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq soda
Ichidagi uchun: 600 gr filadelfiya ( suzma yoki tvorog ham bo»ladi)
3 ta tuhum
2 osh qoshiq smetana
8 osh qoshiq shakar ( agar shirini kamlik qilsa yana qo’shiladi)
Vanilin ( hohishga qarab)
Karameli uchun: 100 gr shakar
30gr saryog’
100 ml qaymoq
200 gr qovurilgan yong’oq.
Tayyorlanishi:
Birinchi bo’lib hamir qilishdan boshladim. Margarin va unni uqalab oldim. Qoshiqni to’ldirib un soldim.
Alohida idishda tuhumni atalab olib unga smetana, qaymoq, soda , shakar, vanilin solib yaxshilab aralashtirib unli massaga qo’shdim.
Cho’zilvchan hamir bo’ladi, qattiq hamir bo’masligi kerak.
Hamir tinguncha, ichidagi massani tayyorlab olamiz. nachinkasi uchun kerak bo’lgan hamma massaliqni kattaroq idishga solib qo’l blendrda bir hil massa bo’lguncha yaxshilab aralshtirdim. Man limon sedrasi ham soldim.
Juda ham suyuq massaga aylandi. To’g’risi pishguncha rosa havotirda bo’ldim, judayam suyuq qotarmikan keyin yoki o’hshamadimikan deb. O’sha gruppadagi post egasidan ham so’radim, shunaqa suyuq bo’ladimi deb lekin u unchalik suyuq bo’lmasligini etdi. Lekin hammasi yaxshi chiqdi, havotirlarim ortda qoldi. Huddi kutganimdek chiqdi. Endi hamirimizni olib qolipga chetlari bilan yoyib chiqamiz. Man qo’limda qolipga yoydim.
Keyin ustiga nachinkasini solamiz.
Oldindan 180 darajada qizdirilgan pechga 40 yoki 50 minutga qo’yamiz. Yana pechilani holatiga qarab qo’yasila, usti qotguncha, chetlari qizarguncha.
Mana bu pechda turgan holati, nachinka ancha ko’tarilgan. Bu orada pechni eshigini ochmadim, pishgandan keyin sovuguncha pechda turadi. Ozgina eshigini ochib qo’yamiz.
Yaxshilab sovuguncha qolipda turadi, qolipdan olinmaydi. Endi ustidagi yong’oqli karamelini tayyorlaymiz. Avval idishga shakar va saryog’ni solamiz, yaxshilab aralashtirib turamiz karamel holiga kelguncha.
Karamel rangiga kirgach qaymoqni qo’shamiz va 2-3 minut pas olovda qaynatib o’chiramiz.
Tayyor bo’lgan karamelga oldindan qovurub olgan yong’oqni solamiz.
So’ngra sovugan pirogimizni ustiga bir tekis qilib quyamiz.
Yaxshilab sovugandan keyin, pirogimiz tayyor bo’ladi.
Mana kesib ko’rganimdagi holati, mazasi ham juda yaxshi chiqar ekan.
Ayshaning oyijonisi, judayam chiroyli chiqibdi. Foto ham juda chiroyli chiqibdi. E’tibor uchun rahmat.
One thought on “39. Karamel, yong’oqli pirog. ”
Sizga kattakon rahmat ajoyib resept uchun!
Comments are closed.