37.Tovuq go’shtli pirog
Buni birinchi martda tayyorlaganimda oilamdagilarga juda yoqgan edi. O’sh paytlar internetdan har hil pishiriqlarni o’rganvokkan paytim edi. Eng yaxshi ko’radigan blogim Aliyani blogi. Hammasi tushunarli judayam yaxshi yozilgan, saytimni ochishimga ham sabab shu Aliyani blogiga havasim kelib ochgandim. Mana hozirgi kunga kelib sayt darajasiga chiqdi. Bu oddiy tovuq go’shtli pirog emas, Beshamel sousli ajoyib tamli pirog. Tovuq go’shti quruq bo’lib qolmiydi, suvli, mazali chiqadi.
Kerakli masalliqlar: 100 ml iliq suv
0,5 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq yuza quruq droja
2 osh qoshiq smetana
1 ta tuhum ( ozgina sarig’ini ustiga surishga olib qoldim)
0,5 choy qoshiq tuz
50 gr yumshoq saryog‘
Yumshoq hamir bo’lguncha un
Qiymasiga: Tovuq go’shtni suyaksiz joyi ( man bitta tovuqni qaynatdim) ( asl retseptda 3 куриных филе deyilgan)
Petrushka ( man kashnich soldim)
Qora muruch maydalangani, tuz hohishga qarab
1 stakan beshamel sousi
Beshamel sousi: 1 stakan sut ( yoki tovuq qaynatilgan suvi )
50 gr saryog’
1 osh qoshiq to’la un
Tuz
Avval tovuq go’shtini pishirib oldim. Keyin hamir qilish uchun avval oparasini tayyorlab oldim. Bning ucun kattaroq idishga, iliq suv ozgina shakar va drojani solib aralashtirib ustini yopib qo’ydim.
Keyin droja achib, ishib chiqguncha 15 minutga qo’yamiz. Keyin smetana, tuhum va saryog’, tuzni solib aralashtiramiz.
Keyin unni qo’shamiza. Yumshoq qo’lga yopishmaydigan hamir bo’lguncha.
Keyin hamir ikki barobar ko’tarilguncha ustini yopib issiqroq joyga qo’yamiza. Man duhofkani qizdirib o’chirib qo’ydim, keyin hamir oshishi uchun duhofkaga qo’ydim, ustinni yopib. hamir uchun issiq joy tayyorladim :). Chunki kun salqin, hona harorati ham salqin edi. Tezroq oshishi uchun shunday qildim. Hamir ko’tarulguncha Beshamel sousni tayyorlayiz. Buning uchun avval saryog’ni eritib olamiz.
Saryog’ yaxshilab qizigandan keyin unni solamiz. Man ikki barobar ko’proq qildim. Shunga rasmda ko’proq ko’rinvotdi. Unni solib yaxshilab aralashtiramiz, qumoq qumoq bo’lib qolmasligi uchun.
Keyin issiq sut yoki tovuq qaynatilgan suvida ozginadan qo’shib turib yaxshilab aralashtirib turamiz.
2-3 minnut qaynatamiz. Keyin to’g’ralgan go’sht bilan aralshtiramiz, kashnich ham solamiz. Ko’pchilik tovuqgga zira qo’shishadiyu lekin tovuq bilan eng yaxshi ziravor bu kashnich urug’i. Lekin man kashnich ko’katini ishlatdim, uni ham yirikroq qilib to’g’raymiz. Hohishga qarab tuz va murch solamiz.
Qolipga hamirni yoyib qiymani solamiz.
Keyin ustini yopamiz va teshikcha ochib qo’yamiz. Keyin 20 minutga shundo qoldiramiz. 20 minutdan keyin tug’um sarig’i suramiz. Hamir ortib qolgandi, man 1,5 portsiya qilgandim. Ortgan hamirga sosiska o’rab pishirdim
Oldindan qizdirib qo’ygan pechga tilla rang bo’lguncha pishiramiz.
Rahmat, Hadija. Ko’rinishi ham zo’r chiqibdi. Oilangizga yoqganidan hursandman.
4 thoughts on “37.Tovuq go’shtli pirog”
Ooo sevimli pirogim, 👌👍👍yana qornim och gan paytida kirimmande saytinga o’rto😂😋
Rahmat, dugosh. Qorin och paytda kirsen yaxshide, tezda tayyorlab ko’rgin keladi :).
Muncha ishtaxali chiqibdi. Tayorlab kuraman tez kunda!
Rahmat. Tayyorlab ko’ring ketgan vaqtizga achinmiysiz.
Comments are closed.