31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

Bu hamirni tayyorlaishini ancha vaqt qidirib yurgandim, unversal hamir. Bu hamirdan shirinlik ham, somsa ham, nopolyon ham, hullas shirin va shirin bo’lmagan istalgan pishiriqni pishirish mumkin. Man bu hamirni retseptini Babuskha Emma ni youtube daki videolaridan o’rgandim. O’zim qilib ko’rdim va 4 list pishiriq pishirdim. Juda tez tayyorlanadigan, barakali hamda pishgandan so’ng hamir qat- qat  bo’lib chiqar ekan. Demak tayyorlanishi quyidagicha.

Kerakli masalliqlar: 800 gr margarin yoki sariyog’

                                        1 kg un

                                        5% li uksus ikki osh qoshiq

                                       2 ta tuhum

                                      500 ml bo’lguncha suv

1 choy qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

Man bir kun oldin hamma masalliqlarni muzlatgichga qo’ydim ( muz xonasiga emas). Bu hamirni tayyorlashda eng e’tibor berib tayyorlanadigan joyi ham shunda. Barcha masalliqlar sovuq bo’lishi kerak. Unni hammasini stol ustiga to’kdim va margarinni qirg’ichdan chiqarishni boshladim.


Ha aytgancha bu ishlarni boshlashdan avval 500 ml li idishga 2 ta tuhumni solib, yaxshilab atalab olib, ustiga 2 osh qoshiq uksusimizdan solamiz. Va 500 ml bo’lguncha muzdek suv solib, yaxshilab aralashtiramiz.


Aralashmani muzlatgichga qo’yib turamiz, margarinli massamizni tayyorlab olguncha. Man avval margarinli massanii tayyorlab qo’ygandim, lekin eng avval suyuqligimizni tayyorlaganimiz yaxshiroq. Chunki maslliqlarimiz isib qolishi kerak emas, bu hamirni tayyorlanish siri ham shunda ekan. Qirg’ichni ham unlab turib, margarinni unga botirib—botirib qirg’ichladim.


Orada qirg’ichdan chiqargan margarinlarimizni un bilan arashtirib turamiz. Keyin ustiga tayyorlab qo’ygan suyuqligimizni oz-ozdan qo’shib aralashtirib hamir qoramiz. Bu hamirni qorvokkanimizda tekkis, silliq hamir qorilmaydi, shunchaki hamma hamirni bir yerga yig’ishtirib olinadi. Mana bunday qilib.


Keyin hamirni ikkiga bo’lib salafanga solib qo’yamiz.


Bu hamir kami bilan ikki soat muzlatgichda turishi kerak ekan, shundan so’ngina biron pishiriq tayyorlash mumkin. Tayyorlashdan avval hohlasez hamirni yana bir mushtlab olinadi. Bu hamirdan tayyor 4 kg pishiriq chiqar ekan. Man shu hamirdan 4 martda pishiriq pishirdim, 1 list somsa, 1 list shirinlik, 2 list sosiskali pishiriq pishirdim Tayyorlab ko’rishni tavsiya qilaman. Juda tez va oson hamda barakali ekan. Yana bu hamir 6 oygacha muzlatgichni muzxonasida saqlash mumkin.

Mana shu hamirdan qulupnoyli shirinlik tayyorladim.


Mazasi ham juda yaxshi chiqar ekan.

Shu hamirdan qilingan napalyon.

Shu hamirdan qilingan somsa.



4 thoughts on “31.Tez tayyorlanadigan qat-qat hamir (Слоёное тесто быстрого приготовления)

  1. Juda yaxshi retsept bilan tayyorlabsan , man shu retsept bilan napaleon pishiraman , somsa ni qanaqa qilding shu hamrdan?

    1. Shu man napaleon qilishga ulgirmadimde, hamirim tugab qoldi 😊. Hamirni ochdim keyin oddiy hamirni ochib yog’ surib rulet qilib o’raladiku, shuni yog’ surmasdan ochgan hamirni rulet qilib o’radim, keyin kesib chiqib jo’valadim.

Comments are closed.

Comments are closed.