30.Apelsinli pishiriq (Песочное печенье)

30.Apelsinli pishiriq (Песочное печенье)

Bu pecheniyni o’zbekchasiga nima deb nomlanishni bilmadim. Shunga ichiga apelsin qo’shganimga shunday deb nomlab qo’ydim. Bu pecheniy manga bolaligimni eslatadi, onam rahmatli judayam ko’p qilardila. Oldilarida biz ham turib, har hil formalarda kesar edik. O’sha bolalik hotiralarimni eslatadi, shunga ham bo’lsa kerak judayam yaxshi ko’raman. O’sha paytlar onam mandarin po’stini mayda tog’rab qo’shardilar, ( bizani parnigimiz bo’lib, limon darahtlarimiz ko’p edi, mandarin darahtimiz bir dona edi) u paytlarda sitrus mevalar kam bo’lganiga, boshqalarga ham judayam delikates tuyulardi. Apelsin, mandarinlarni po’stlog’ini qurutib, maydalab qo’yib pishiriqlarga ko’p qo’shar edilar. Hamma hayron bo’lib so’rar edi, nima qo’shdiz, mandarinni po’stlog’imi deb. Hozir bo’lsa zamonaviy oshxona tilida apelsin va limon sedrasi deb nomlashadi. Nima ekan bu sedra desam o’zimni onamni 20 yil oldin retseptlaridan joy olgan sitrus mevalarni po’stlog’i ekan. Man keks, bulochka, pecheniylarga ko’p qo’shaman. Ancha bolaligimni ko’p eslavordim. Demak bu pecheniyni tayyorlanishi.

Kerakli masalliqlar: Margarin 100 gr

                                          Smetana 200 gr ( smetan yo’q edi, man 100 gr qatiqga 100 gr moyanez qo’shdim)

                                          1 piyola to’lar to’lmas shakar

                                          vanilin ( man qo’shmadim, ozgina mazasi uuchun 2 osh qoshiq kakos paroshggidan qo’shdim)

                                          Tuhum 2 ta

                                          Un 3,5 stakan

                                          1 choy qoshiq soda yoki razrixlitl

                                         1 ta apelsin

Tayyorlanishi:

Avval hamma quruq masalliqlarni aralshtirib oldim. Ustiga 1 apelsinni ustini qirg’ichdan chiqarib soldim.


Alohida idishda, hona haroratidagi margarinni shakar bilan mikserlab, smetana ( o’zim tayyorlab olgan qatiq, moyanezli aralashma) ni qo’shdim. 

Keyin bu suyuq arashmani quruq massamizga qo’shib, aralshtirib, qo’l bilan hamir qordim. Yumshoq qo’lga yopishmiydigan, yog’liqqina hamir bo’ldi.


Mana tayyor hamirni 30 daqiqaga muzlatgichga qo’yamiz.


Hamirdan shunaqangi zo’r aroamat hid kelib turgandi, bollarim oldimda turishgandi. Ayniqsa o’g’lim tayyor bo’ldimi, yesa bo’ladimi endi, zo’r hid kevotdi deydi :). Keyin 30 daqiqadan keyin, bollarim bilan birga turli shakillrda hamirni kesib pishirdik. hamirga shakl berishdan avval pechimizni yoqib qo’yamiz 180 gradusga. Keyin hamirimizni 1 sm likda qalinlikda yoyib turli shakillarda kesib chiqamiz. Man boshida yuqaroq yoygandim, tez qizarib ketdi. aynan 1 sm qalinlikda bir tekis qilib yoysa, hamma pecheniylar bir tekisa bir hil bo’lib pishar ekan. 


Pishgandan keyin ustiga sahirnaya pudra qilish kerak edi, lekin unaqa qiladigan bo’lsam, bollarga yeyishga noqulay bo’lganiga ustini shakarga botirib pishirdim. Tilla ranga kirguncha pishiramiz. Mana pecheniy ham tayyor. Man bir chetdan rasmga olaman desam, o’g’lim bir chekkadaan sekinpecheniyni yeyishni boshlavordi :). Hammadan ham mani hursand qilgan narsa o’g’limni gapi – » Oyijon pecheniylani poshshosi bo’pti» degani bo’ldi. 



Tayyorlanishi judayam tez va oson. 

Yoqimli ishtaha!…

2 thoughts on “30.Apelsinli pishiriq (Песочное печенье)

  1. pishirig’ingiz juda zo’r ekan.tayyorlab ko’rdim.juda mazali chiqdi. yana birorta retsepiz bo’lsa jo’natvoring.retseptlarizni biz bilan baham ko’rganiz uchun rahmat.

Comments are closed.

Comments are closed.