19. Qatiqli salat
Oddiygina ko’ringani bilan juda mazali va foydali salat. Ayniqsa bahor mavsumida sevib iste’mol qilinadigan salatlardan biri.
Kerakli mahsulotlar: Rediska, ukrop, kashnich, bodring.
Barchasini mayda qilib to’g’riymiz. Ko’pchilik bodring va rediskani to’rt burchak qilib to’g’rashadi lekin parragini ingichka qilib to’g’ralsa bolajonlarga va yoshi kattalarga ham ma’qul keladi. Mayingina salat bo’ladi. Mana man to’g’raganim.
Ko’katlar bilan aralshtirib qo’yaman, yeyilishiga yaqin qatiq solib aralashtiraman.
Mana qatiq, tuz solib dasturhonga tortamiz.
Acchiq yaxshi ko’radiganlar uchun garimdorini mayda to’g’rab ham solsa bo’ladi.
Yoqimli ishtaha!…