18. Yalpizli quymoq.

18. Yalpizli quymoq.


Bu quymoqni retseptini ammam bergan edilar. Ishdan charchab kelsam jiyaning yalpizli quymoq qildim dedi, yalpizli quymoq ham bo’larkanmi, deb hayron bo’lib yegandim. Mazasi shunaqangi zo’r, ishonasanmi rosa boshqacha bo’larkan degandilar. Shunaqangi maqtagan edilar, bir manam qilib ko’rishni niyat qilgan edim. Mana ajoyib hushboy ta’mli blinchikni qilib ko’rdim. Judayam ajoyib, maqtaganlaricha bor ekan. Yalpizni o’ziga hos ta’mi, hidi quymoqga o’zgacha maza berar ekan. Bu quymoqni hohleng shirinlik bilan, hohlasez ichiga qiyma solsa ham bo’ladi. Demak quyidagicha tayyorladim. 

Kerakli mahsuotlar:  0,5 litr sut

                                      yarim piyola mayda tog’ralgan yalpiz

                                      2 ta tuuhum (man bitta tuhum soldim)

                                      0,5 choy qoshiq soda

                                      ozgina o’simlik yog’i ( man tahminan soldim)

                                       un( keraklicha)

                                       tuz ( bir chimdim)

Tayyorlanishi:
Avval sutga tuhumni soldim, keyin soda, tuz solib aralashtirdim. Agar vaqtiz bemalol bo’lsa avval tuhumni mikserda yaxshilab ko’pirtirib oling, shunda teshiklari naqshga o’xshab chiqadi. Man ertalabki nonushtaga tayyorlavokkanim uchun ketma-ketlikda tez solib qildim.  Yaxshilab mikserda aralashtirganimdan so’ng, oz-ozdan unni solib mikserda aralshtirib turdim.                                  


Keyin mayda to’g’ralgan yalpizni solib, yog’ solib aralashtirdim.

Tovaga ozgina yog’ solib, yaxshilab qizigandan keyin quymoqlarni pishirishni boshladim.



mana quymoqlar ham tayyor.

Endi dasturhonga murobbo yoki jem bilan tortamiz. 

Yoqimli ishtaha!… 

2 thoughts on “18. Yalpizli quymoq.

Comments are closed.

Comments are closed.