11. Cheesecake yoki Suzma cake

11. Cheesecake yoki Suzma cake

 

Bu o’sha hammaga mashhur cheesecake. Buni tayyorlashni anchadan beri o’ylab yurgandim, retseptlar ham qarab chiqgan edim. Turli retseptlar, tayyorlanish jarayoni turlicha. Aniq bir to’htamga kela olmayapkan edim.Va nihoyat bir kuni faceebookdagi guruhda cheesecake tayyorlandi, juda oson, tez va muhimi kam vaqtizni oladi. Retsept uchun o’sha guruhdagi Nastarin Nurga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Men cheese( sirni) o’rniga o’zimizni qaymoqli suzmani ishlatdim. Ancha payt muzlatgichimda turgan edi, bollarim sutli mahsulotlarni yoqtirishmaydi.  Eskirib qolgan tvorog va suzmani mazasi tayyor bo’lgan shirinlikda bilinmas ekan. Hullas oilamdagilarning hammasiga yoqdi. 

Kerakli mahsulotlar: 500 gr suzma (yoki tvorog ham bo’ladi)

                                     400 gr qaymoq 

                                    1 ta limon

                                    300 gr pecheyni

                                   100gr saryog’  

                                  25 gr jelatin

                                    1,5 stakan shakar

                                   5 osh qoshiq suv ( jelatinni ivitish uchun)  

                                  Vanilin ( man qo’shmadim, shu vanilinni unchalik yoqtirmayman)

Birinchi bo’lib qolip tayyorlab oldim. Shu masalliqlarimiz uchun 26 dmli qolip kerak ekan. Mening qolipim kichkina edi. Shuning uchun qolip olganimdan keyin qilarman deb o’ylagan edim, lekin sabrim yetmadi. Qasqonimmi dmni o’lchasam 26 ekan. Boriga baraka deb qasqondan ochiladigan qolip yasab oldim, mana bunday qilib. Buning uchun menga qasqonni tepa qismi va ikkita list kerak bo’ldi. Qasqonni birinchi listini to’g’ri qo’ydim. 

 

Keyingisini shunga teskari qilib qo’ydim. 

 

Ko’rib turganingizdek atroflari ochiq, listni ham teshiklari bor. Shuning uchun ichiga salafan qo’ydim. 

 

Mana 26 dmli qolipim ham tayyor. Endi asosiy ishga o’tamiz.Avval pecheynilarni hammasini blendrda maydalab oldim, hammasini birdaniga solganimga blendrda maydalash qiyin bo’ladi, bo’lib-bo’lib solish kerak ekan. Ikkinchi martda qilganimda kam-kamdan solib qildim, tez bo’ldi. So’ngra ustiga xona haroratidagi saryog’ni soldim. 

  
 

Saryog’ni solgandan keyin ham blendr qivoriladi. So’ngra qolipga solib, qo’l bilan tekislab chiqamiz.      

Keyin 1 soatga xolodilnikka qo’yamiz, ungacha suzmali kremni tayyorladim. Avval 25 gr jelatinga 5 osh qoshiq suv solib, ivitishga qo’ydim. So’ngra suzmani  yaxshilab blendrda aralshtirib oldim. ( tvorogdan foydalansangiz e’tibor bering, bir hil massa hosil bo’lguncha yaxshilab blendr qiling). So’ng kattaroq idishga blendr qilingan suzmani, qaymoqni va shakarni solib mikserning yuqori tezligida quyuqlashguncha ko’pirtirdim.     

Mana krem quyuqlashdi, buning ustiga 1 ta limonni sokini chiqarib qo’shdim.  

 

Ivigan jelatinni gazga past olovga qo’ydim, jelatin qaynab ketishi kerak emas, e’tibor berib aralashtirib turing. Hammasi to’liq erib ketsin, lekin qaynab ketmasin. Mana ivigan jelatinni ko’rinishi, jelatinni bira to’la qaynatadigan idishga ivitib qo’ying.  

 

Limon soki va eritib olgan jelatinimizni krem ustiga solib yana bir bor mikserlanadi.   

 

Kremga jelatin va limon sokini solib aralashtirganimdan keyin e’tibor bersam yaltirab qoldi.   

 

Endi kremli massamizni maydalangan pecheyni ustiga solamiz. Man muzlatilgan olchalarni danagidan tozalab, krem solmasimdan oldin korjni ustiga qo’yib chiqdim. Faqat vaqtim kamroq bo’lganiga ulgurganimcha soldim, olchalarni ustidan kremni quyamiz.  

   
 
 Va tekislab xolodilnikka 5-6 soatga qo’yamiz. Men birinchi martda qilganim uchun, natijani tezroq bilgim kelib 2 soat muzlatkichga ustini yopib qo’ydim. 2 soat o’tgandan keyin oldim. Qasqonli qolipimni tagiga narsa qo’ydim ( masalan 1 litrli banka) shunda ichidagi list tepaga ko’tariladi, ochiladigan qolip bo’ladi :)) 

    

Salafani bilan ko’tarib biron tagi tekis idishga qo’yamiz. 

  Mana cheesecake ham tayyor, endi ustini bezatamiz. Retsept bo’yicha ustiga jele qilish kerak edi, lekin man jeleni yoqtirmayman. Shuning uchun oddiygina shokoladni qirib sepib qo’ydim.   

   
Mazasi yumshoqqina, ko’rib turganingizdek g’ove-g’ove bo’lib chiqadi va og’izda eriydi. Yoshi kattalarga ham juda yoqadi. Dodam ham maqtab yedilar. Ayniqsa bu shirinlik, tvorog, suzma yemaydigan lekin tortlarni yaxshi ko’rib yeydigan shirinlikxo’r bolajonlar uchun judayam foydali tort desa ham bo’ladi.

Yoqimli ishtaha!…

Gulhida dugonam shu retsept bo’yicha qilgan cheesecake gi. Qo’ling dard ko’rmasin dugosh , ko’rinishi manikidan ham zo’r yiyishli bo’b turibdi.


Siz ham bizning retsept asosida tayyorlagan taomlaringiz bo’lsa, bizlar bilan ulashing. Pochta manzilimizga yuborsangiz, judayam hursand bo’lamiz. Postlarimizni kuzatib boring. Eng sara, sinalgan retseptlar tayyorlanish ketma ketligi bilan bizning saytimizda.                             

4 thoughts on “11. Cheesecake yoki Suzma cake

Comments are closed.

Comments are closed.