Browsed by
Kalit so'z: O’zbek

50.Norin

50.Norin

Norin tayyorlashni boshidan ohirgachan oyijonimladan o’rganganman. Buvim, oyimga ham yordam berib yurardim kichikligimda lekin o’zim mustaqil tayyoqlashni va yo’l yo’riqlarini qaynonamdan o’rganganman. Kerakli masalliqlar: 1,5-2 kg lahm mol go’shti ( 0,5 kg ot go’shti bo’lsa yana ham mazali chiqadi. Man ot go’shtini o’rniga ichiga yarimta qazi to’g’riyman. Agar bo’lsa, bo’lmasa shundoq mol go’shtiga qivuraman.) 2 kg unga qattiq hamir qordim( ba’zilar tuhum ham solarkan, lekin man solmasdan qilaman. Hamirni qattiq qilib, yaxshilab qorsa, norinni hamiri ham chiroyli chiqadi.) 2-3 bo’lak…

Batafsil Batafsil

46.Yupqa

46.Yupqa

Yupqa asosan Toshkentda to’ylarda va chaqaloq tug’ilganda qovurdoq bilan qilinadigan taom. Bu yupqani oyijonimla farzandlik bo’lganimda nevaralari uchun o’z qo’llari bilan tayyorladilar. Oldilarida bo’lmaganimiz uchun tatib ko’rish nasib bo’lmasa ham rasmlari va videolarini yubordilar va men buni o’z saytimga qo’ydim. Sizlarga ham ilindim, tayyorlanish ketma-ketligini ajoyib video va sur’atga olganlar. Ko’p bor birga ham tayyorlaganmiz, shuni asosida rasmlar ketma ketligi bilan izoh qoldiraman. Kerakli masalliqlar: Hamirini 1 kosa nomokob suvga qattiqroq hamir qoriladi. 2,5 kg sabzi 1 litr yog’ 1…

Batafsil Batafsil

26. Manti

26. Manti

Anchadan beri qo’ymoqchi bo’lgan postim. Mana bugun vaqt topib blogimga yozvomman. Oyijonimdan (qaynanam) o’rganganman. Birgalikda bir pasda qilib, mehmonlarni kutardik. Onam ham shunday manti qilar edilar, lekin ulardan o’rganib olishga ulgurmagan edim, bilmagan ancha narsalarni oyijonmdan o’rgandim. Mana mantini ham tayyorlanish ketma ketligi bilan yozaman. Kerakli masalliqlar 4 piyola un Qattiq hamir bo’lguncha tuzli suv Go’sht, piyoz, kartoshka Tayyorlanishi Har doimgidek hamir qorishdan ishni boshliymiz. Qattiqroq hamir qoramiz, yumshoq bo’lib qolmasligi kerak. Salafan bilan o’rab, tindirishga qo’yamiz. Hamir tinguncha qiymani…

Batafsil Batafsil