Browsed by
Bo'lim: Quyuq taomlar

36.Karamelli Pop-Corn

36.Karamelli Pop-Corn

Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Internetdan anchagina qidirib shu retseptni topdim, ko’p vaqt talab qilinmaydi. Faqat Pop-Corn uchun jo’horining mahsus turi bor ekan. Shundan tayyorlanar ekan. Kerakli masalliqlar: 150 gr jo’hori                                          300 gr shakar                                         50 gr saryog’    …

Batafsil Batafsil

34.Asalli losos balig’i

34.Asalli losos balig’i

Buni retseptini facebookda Tastemade da ko’rgan edim. Tayyorlanishi juda yoqgan edi. Man ham qilib ko’rdim, uyimdagilarga yoqdi. Asal qo’shganda qanaqa bo’larkin deb o’ylagandim, asalning hidi, mazasi kelmas ekanu lekin o’zgacha ta’m bo’lar ekan. Kerakli masalliqlar: 1 kg losos balig’i                                          1kg kartoshka Ziravorlash uchun: 2 osh qoshiq asal                          …

Batafsil Batafsil

33.Go’shtli qayla

33.Go’shtli qayla

Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Buni tayyorlanishini  oyijonimladan o’rganganman. Kerakli masalliqlar: 300gr go’sht                                          2 osh qoshiq un                                          4 osh qoshiq o’simlik yog’i                                  …

Batafsil Batafsil

29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

O’qish paytlarni eslatadigan taom. Kollej paytlarimizda qizlar bilan shunaqa xonimdan olib yer edik, to’yimli va arzonga tushar edi :). Bu xonimni bozori chaqqon bo’lganiga tanaffusdan oldinro  biron dugonamiz chiqib olib turar edi.  Qanday tayyorlanishini hech bilmas edim. Keyinchalik bir opam orqali bu taomni tayyorlanishini bilib oldim. Oilamdagilarga tayyorlab berganimda ularga judayam yoqdi. Bu xonimga kam masalliq ketadi, ayniqsa ustiga qizil qilishga pomidor qolmaganida ham tayyorlanadigan taom. Kerakli masalliqlar 500gr un 300 ml iliq tuzli suv 4 ta o’rtacha kartoshka 2 ta…

Batafsil Batafsil

28.Qo’rada pishgan tovuq

28.Qo’rada pishgan tovuq

Bir kun oldin, tovuq oyoqchalarini ziravorlab qo’ydim. Kerakli masalliqlar 1,5 kg tovuq oyoqchalari ikki choy qoshiq asal moyanez Ziravorlar: Timin tuz paprika kashnich. Tayyorlanishi Tovuq oyoqchalarini yaxshilab yuvib oldim. Keyin barcha ziravorlar va asal, moyonezni solib yaxshilab aralshtirib bitta idishga zichlab solamiz. Muzlatgichga qoymimiz, hona haroratida bir kun turadi, agar kun issiq bo’lsa yarim kun yetadi. Ertasi kuni, pishiramiz. Qo’rada pishirish uchun qo’rani yaxshilab qizdirib olamiz, ko’mirni oppoq bo’lguncha qizdirib olamiz.   Endi bu qo’ra qizdirishni erkaklar yaxshi bilishadi. Lekin…

Batafsil Batafsil

27.Qo’rada pishgan losos balig’i

27.Qo’rada pishgan losos balig’i

Tayyorlanishi juda oson va tez. Kerakli masalliqlar 1 kg qiltanoqsiz losos balig’i Tuz, muruch, timin Tayyorlanishi Pishirishdan avval, tuz va qora muruchdan hohishga qarab sepamiz. Bu man qilganim, dengizga ketvokkanimizda o’zi boshqa narsa pishirmoqchi edik, lososni ham ovoldim qo’shimcha qilib :). Baliqni olibmanu tuz va muruchni ovolish esdan chiqibdi. Keyin tovuqni, tuzlab qo’ygandim, shuni sokiga baliqni botirib pishirdik. Tuzlari hammasi judayam ajoyib bo’ldi. Tovuqni tuzalagnimda, unga ikki choy qoshiq asal, paprika, timin, tuz, muruch va moyanez qo’shgandim. Ikkala tomonini botirib…

Batafsil Batafsil

26. Manti

26. Manti

Anchadan beri qo’ymoqchi bo’lgan postim. Mana bugun vaqt topib blogimga yozvomman. Oyijonimdan (qaynanam) o’rganganman. Birgalikda bir pasda qilib, mehmonlarni kutardik. Onam ham shunday manti qilar edilar, lekin ulardan o’rganib olishga ulgurmagan edim, bilmagan ancha narsalarni oyijonmdan o’rgandim. Mana mantini ham tayyorlanish ketma ketligi bilan yozaman. Kerakli masalliqlar 4 piyola un Qattiq hamir bo’lguncha tuzli suv Go’sht, piyoz, kartoshka Tayyorlanishi Har doimgidek hamir qorishdan ishni boshliymiz. Qattiqroq hamir qoramiz, yumshoq bo’lib qolmasligi kerak. Salafan bilan o’rab, tindirishga qo’yamiz. Hamir tinguncha qiymani…

Batafsil Batafsil

25. Qovurma lag’mon

25. Qovurma lag’mon

Oilamning sevimli taomi desam adashmayman. O’g’limning buyurtmasi bilan tayyorladim. Hamir ovqatlarni yaxshi ko’radi. Kerakli masalliqlar Go’sht bulg’ori piyoz tuz soya sousi Hamiri uchun 4 piyola un va qattiqroq hamir bo’lguncha tuzli suv ( suvni sho’r qivorish kerakmas, hamirni cho’zvokkanda yaxshi cho’zilmaydi) Tayyorlanishi Hamir ovqat qilishdan oldin har doim hamirni birinchi bo’lib qorib qo’yaman. Tingan hamir yaxshi yoyiladi, yaxshi cho’ziladi. Avval hamir qorib qo’ydim. Hamirni cho’zish to’liq qilib »O’zbekcha lag’mon» da tushintirib o’tganman. Hamir tinguncha qaylasini tayyorlaymiz. Buning uchun piyozni to’rtburchak shaklda to’g’riymiz….

Batafsil Batafsil

14. Uy palovi

14. Uy palovi

Albatta osh qilishni har bir o’zbek bekasi biladi. Lekin hammaning tayyorlash usuli har hil. Har gal osh qilganimda albatta nohotli qilar edim, lekin to’satdan oilamdagilardan oshga buyurtma tushgani uchun bu gal nohotsiz qildim. Demak tayyorlashi boshladim. Kerakli mahsulotlar 6-7 dona kattaroq sabzi 0,5 kg go’sht 1 ta piyoz 3 cho’mich yog’ dumba 700 gr guruch. ( oilada 4 kishimiz shiga mo’ljallab qildim) zira Avval ishni qizib turgan qozonga dumbani to’g’rab soldim, uni yog’i chiqgandan so’ng jizzalarini ovoldim. Ustiga 3 cho’mich…

Batafsil Batafsil

13. Dimlama lag’mon

13. Dimlama lag’mon

      Bu taom tayorlanishi qovurma lag’mondan farq qiladi. Farqi shundaki, kam masalliq ketadi, ko’p qovurilmaydi, hamir ham alohida pishirilmaydi, hammasi birgalikda dimlab pishiriladi.  Kelin bo’lib tushgan oilamda qilinar ekan. Qaynatamning onalari qilgan ekanlar, «Dimlama lag’mon» oilaning milliy taomi desam ham bo’ladi. Onam ham huddi shunday qilar edilar, faqat bolaligimda qovurma lag’mon derdik. Onamla nima ovqat qiliy deb so’rasalar man faqat qovurma lag’mon der edim.  Bu ovqatni  har gal qilganimda qaynatamla boblapsiz  deb maqtab qo’yalla. Sizlarga ham yoqadi deb o’ylayman….

Batafsil Batafsil