45.Tuzlangan karam
Sovuq tushib, tuzlamalar yeyiladigan vaqt ham keldi. Bu karom tuzlash usulini oyijonimladan o’rganganman. Juda ham tez va oson. Alohida bir usul, ortiqcha har hil qo’shimchalar kerak emas.
Kerakli masalliqlar: 1 ta katta karom
3-4 ta o’rtacha kattalikdagi qizil sabzi
Tuz , lavr bargi, qora muruch( mayadalanmagani)
Karomni mayda parrak qilib to’g’riymiz. Blendrda ham to’g’rasa bo’ladi.
Sabzini qirg’ichdan chiqaramiz yoki mayda somoncha qilib to’g’rasa ham bo’ladi.
Hamma masalliqlarni to’g’rab bo’lgandan keyin, tuz qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Shu turishida stolni ustida aralashtiramiz. Shu hamma masilliq 3 litrli plastamassa idishga sig’ganligi uchun 3 osh qoshiq tuz bilan yaxshilab aralashtirdim. Keyin idishga soldim. Yaxshilab preslab solinadi, shunda o’zini suvi chiqib tuzlanadi.
Idishga sovokkanda, orasiga lavr bargalrini ham solamiz. 5-6 ta yetadi va maydalanmagan qora murch donalarini ham sovoramiz. Aralashtirvokkanda lavr bargisiz aralashtiramiz, chunki b qurigan lavr bargi sinib aydalanib ketadi. Mana idishga solib bo’lgandan keyin, ustiga og’irroq biron nima bostirib qo’yish kerak. Man shu idishimga mos tarelka to’nkarib ustiga og’irroq tosh bostirib qo’yaman. keyin qo’pqog’ini yopib xona haroratida bir kun, agar uy salqinroq bo’lsa uch kun turadi. Keyin salqin joyda saqlanadi. Karom o’zini chiqgan suviga ko’milib turishi kerak, bo’lmasa ochiq suvsiz qolsa pihlab, karom qorayib qoladi. Ustiga og’irroq narsa bostirib qo’yilsa o’zini chiqgan suvida turadi.
Mana tuzlamamiz ham tayyor. Achchiqni hush ko’ruvchilar, achchiqni aralashtirib tanavvul qilsa ham bo’ladi.
Yoqimli ishtaha!…