33.Go’shtli qayla
Tayyorlanishi juda ham oson va tez. Buni tayyorlanishini oyijonimladan o’rganganman.
Kerakli masalliqlar: 300gr go’sht
2 osh qoshiq un
4 osh qoshiq o’simlik yog’i
Keragicha suv
1 ta piyoz
Tayyorlanishi:
Avval tovaga yog’ solib qizigandan keyin, piyozni maydalab to’g’rab yog’ga solamiz.
Piyoz qovirilib turguncha go’shtni somoncha shaklda to’g’riymiz.
Qovurilib turgan piyozni ustiga solamiz.
Keyin tuz va hohlagan ziravorlardan solamiz. Man timyan va paprikadan soldim, timyan go’shtga ajoyib maza berar ekan. Go’sht qovurilib turguncha, kichiqroq qozonchaga 3 osh qoshiq yog’ solib qizigandan so’ng, 2 osh qoshiq un solib yaxshilab aralashtiramiz.
Tilla rang kirguncha unni qo’vuramiz, bir hilda tilla rang kirguncha aralashtirib turamiz.
Unli massamizga, tomat va suv solamiz. Mani qozoncha ikki litrli edi, shuni yarmigachan suv soldim.
Keyin ustiga qo’vurilgan go’shtni solamiz.
Go’shtni solib bo’lgach, bir soatcha qaynatamiz. Solgan suvimiz yarmigachan kamayguncha. Yana qarab turasila, suyuqroq bo’lsa yana qaynatasila, judayam quyilib ketsa suv solasila. Bu qaylada qovurilgan un ajoyib maza beradi.
Bu qaylani qaynatilgan makaron, guruch, qovurulgan kartoshka ustiga solib tanavvul qilinadi.