25. Qovurma lag’mon

25. Qovurma lag’mon

qovurma lag'mon

Oilamning sevimli taomi desam adashmayman. O’g’limning buyurtmasi bilan tayyorladim. Hamir ovqatlarni yaxshi ko’radi.

Kerakli masalliqlar

  • Go’sht
  • bulg’ori
  • piyoz
  • tuz
  • soya sousi

Hamiri uchun

  • 4 piyola un va qattiqroq hamir bo’lguncha tuzli suv ( suvni sho’r qivorish kerakmas, hamirni cho’zvokkanda yaxshi cho’zilmaydi)

Tayyorlanishi

Hamir ovqat qilishdan oldin har doim hamirni birinchi bo’lib qorib qo’yaman. Tingan hamir yaxshi yoyiladi, yaxshi cho’ziladi. Avval hamir qorib qo’ydim. Hamirni cho’zish to’liq qilib »O’zbekcha lag’mon» da tushintirib o’tganman. Hamir tinguncha qaylasini tayyorlaymiz. Buning uchun piyozni to’rtburchak shaklda to’g’riymiz. Qozonga ikki cho’mich yog’ solib qizdirib olamiz. Yog’ yaxshilab qizigandan keyin piyozni solamiz.Ketidan go’shtni ham kattaroq, parragini ingichka qilib buni ham to’rtburchak shaklda to’g’rab qozonga solamiz. lag'mon uchun go'shtlag'mon uchun go'sht

go'sh va piyoz
O’rta olovda aralashtirmasdan shu holatda piyoz biroz qizarguncha turadi.

lag'mon go'shtini tayyorlash

Qovurvokkanimda tuz ham sepib qovuraman. Buvim, agar go’sht tuzlanmagan bo’lsa, qovurvokkanda tuz sepib qovursen, go’shtga maza kiradi der edilar. Keyin ketidan bulg’orini ham to’rtburchak shaklda to’g’rab solamiz. Manda yozda lag’monga deb yopib qo’ygan konserva bor edi, shundan soldim. Ichida pomidori ham bor. Agar sabzavotlarni yangiligicha qo’shmoqchi bo’lsangiz, qizarishi uchun pomidor ham qo’shishni unutmang.lag'mon say

Keyin ikki osh qoshiq soya sousdan soldim.

soya

lag'mon qaylasi
Keyin ko’rib turilgandek, masalliqni ko’mar ko’mmas suv solib, ustinii yopib past olovda qoldirdim. Ungacha hamirni cho’zib pishirib olamiz. Mana tayyor qaylamiz, suviga qarab turamiz, kamlik qilsa yana solamiz, bir soatcha qaynashi kerak, go’shtlari yaxshi pishib olguncha.

lag'mon qaylasi
Tayyor qaylaga pishgan hamirni hammasini solamiz.

lag'mon qaylada

Yaxshilab aralshtirib qopqog’ini yopib qo’yamiz. Hamir suvini shimib olguncha. 5-10 mint dimlab qo’yamiz. Hamirga ham biroz rang kirishi kerak.  Mana tayyor bo’lgan qovurma lag’monnig ko’rinishi.

qovurma lag'mon
Agar taomni suzganizda suvi shimilib ketmagan bo’lsa baland olovda suvini shimib olguncha tez-tez asta  aralshtirib turing. Mana qovurma lag’mon va qovurilmagan lag’monni farqi.

lag'mon

Suvlari shimilib ketishi kerak. Tayyor bo’lgan qovurma lag’mon ustiga tuhumni yaxshilab atalab, quymoqga o’xshab yog’da qovurib olamiz va somoncha shaklda mayda to’g’rab suzilgan taom ustiga solib dasturhonga tortiladi.qovurma lag'mon

Yoqimli ishtaha!….

Bizni kuzatib boring, eng sara va foydali, oson tayyorlanadigan taomlar, shirinliklar  retseptlari sizlar uchun. Retseptlarni facebook, telegram va twitter orqali do’stlaringizga ulashing. Fikr va mulohazalaringizni kommentda kutib qolamiz.

05.05.2017

Bu dugonam Gulhidani qovurma lag’mon uchun tayyorgarliklari. Yangi sabzavotlardan tayyorlabdilar. Shogird ustozdan o’tibdi. Rahmat Gulhida, retsept yoqib qilib ko’rganing uchun. Judayam chiroyli chiqibdi.


Mana tayyor qovurma lag’mon, qo’ling dard ko’rmasin😌.


Sizga ham retsept yoqib tayyorlab ko’rgan taomlaringiz fotosuratini kutib qolaman.

11 thoughts on “25. Qovurma lag’mon

  1. Assalomu alekum! Har doim saytingizni kuzatib boraman menga juda yoqadi.Qo’lingiz dard ko’rmasin!😊

    1. Ma’mura O’zbekistondamisiz? Qishda yopib qo’yiladiku, qizil, ko’k bulg’orilani to’rtburchak shaklda to’g’rab, seldr, petrushka ko’klarni to’g’rab, chesnok bilan hammasini qozonga solib bitta qaynab chiqgandan keyin, sterillangan bonkalarga yopganmiz. Shuni ham qo’ymoqchi edim, lekin o’choqda qilganimiz uchun, va vaqt kam bo’lgani uchun rsmga ololmagan edim.

    2. Bilasizku, konservalar yopilvokkanda qo’l qo’lga tegmaydi, ish ko’p bo’ladi. Lekin bilganimcha tushuntirib beroldim degan umiddaman.

  2. Javob un rahmat katta!Aslida tushuntirib bering demoqchiydim😊 Asli Andijondanman lekin hozir Rossiyaning Voronej shahrida yashaymiz turmush o’rtog’im va 2ta qizcham bn😊 Tez-tez borib turamiz homiladorligimda ketgandim kichik quzim tug’ilgandan keyin yana qaytib keldim Bu yog’i avtobiografiya bb ketdi uzr!😄😉

    1. Yo’q man uchun qayerdan kirvokkaniz qiziq. Manda har hil davlatlardan kirilvokkani ko’rinadi. Blogim o’zbekcha bo’lgani uchun faqat o’zbeklar kiradi, juda ko’p davlatlardan kirishadi.

  3. Sizga ham rahmat oyisi 😘, qizli xonadonimdayam, kelinlik xonadonimdayam qovurma lag’ mon yeyishmasdi. Hozir ovqatlarim qatoridan joy olgan qovurma lag’mon. 😋

Comments are closed.

Comments are closed.