2. O’zbekcha lag’mon

2. O’zbekcha lag’mon

Har kim lag’moni har hil tayyorlaydi. Uyg’urcha lag’mon, qovurma lag’mon. Bu lag’monni buvim, onam va oyijonim  o’rgatishgandek qilib tayyorladim. Uyimdagilarga ham lag’monni shunaqasi yoqadi. Shunning uchun buni o’zim o’zbekcha lag’mon deb nomladim. Tayyorlashni boshlimiz. Bu 6 kishilik uchun.

Kerakli mahsulotlar

  • 300ml o’simlik yog’i
  • 4ta piyoz (kichik bo’lsa ko’proq)
  • 4ta kartoshka
  • 2ta sabzi
  • Keraklicha go’sht
  • Sarimsoq piyoz ( chesnok)
  • Pamidor ( man yozda yopib qo’yilgan, ikra, balgariskiy ishlatdim, chunki pamidorlar hali chiqmagan edi.)
  • Jandiq, turip, baqlajon ham solsa bo’ladi
  • Ko’katlardan, ukrop, selder.

Hamiriga

  • 6 piyola un
  • 0,5litr nomakob ( sho’r) suv

Tayyorlanishi

Birinchi hamir qilishdan boshlimiz, sho’rvasini tayyorlagunimizcha tinib turishi uchun.

Unga nomakob suv solib qattiqroq hamir qoramiz, agar yumshoq bo’sa yana un solamiz va mushtimizdek keladigan zuvalachalarga bo’lib chiqamiz. Keyin zuvalachalarimizni mana bunday qilib, tindirishga qo’yamiz. Ustini sochiq bilan yoki salafanga solib qo’yamiz, ochiq qoldirsak qanzib qoladi. Hamirni sho’r qilib yubormaslik kerak, bo’masa cho’zilmidi. Hamirni tuzi past bo’lsa hech qisi yo’q, pishirvokkan suvimizga 1 osh qoshiq tuz solib pishiramiz. 

lag'mon uchun hamir Hamirimiz tinguncha, sho’rvasini boshlimiz. Qozonga yog’ solib, qizigandan keyin to’ralgan piyozni, ketidan go’shtni to’rtburchak yoki somoncha qilib kattaroq qilib solamiz, ketidan qolgan sabzavotlarni birin ketinlik bilan solamiz, ularni maydaroq somoncha qilib to’rimiz. Selderni ham kattaroq qilib solamiz.  Aralashtirmimiz, so’klari chiqib tagidigi piyoz qizarmaguncha. Piyoz qizarishini kutamiz, eng baland olovda qovuramiz, havotir olmang, kuyib ketmidi, go’shtni, piyozni so’ki chiqib qo’vrulib turadi. 

lag'mon sho'rvasiSekin tagini qarab ko’ramiz piyozimizga rang kirgan bo’lsa, yani jigarrang tusga kirgan bo’lsa masaliqlarimizni ezvormasdan astalik bilan aralashtirib olovimizni o’rtacha qilib qo’yamiz. 

lag'mon sho'rvasiAralashtirib kartoshkani, ketidan qizartirish uchun ikra va balgariskiyni soldim.  

lag'mon sho'rvasi  

 So’ng aralashtirib olovimizni past qilib, 10 daqiqa qo’vrilib turishga qo’yamiz.  Man shu qo’vrilib  turganida bir osh qowiq soya sousidan qo’wvordim. Suv somimiz, o’zidan chiqqan soklariga past olovda bir oz qo’vrilib turishga qo’yamiz. 

lag'mon sho'rvasi   10 minut qovrilib turgandan so’ng, keraklicha suv solamiz.  Man qozonim to’lar to’lmas suz soldim, qaynab kerakli miqdorga kevoladi, suvi kamayib ketsa hamir piwirgan suvidan sovarsa ham bo’ladi. 

lag'mon sho'rvasiSho’rvamiz qaynaguncha, hamirni cho’zishni boshlimiz.  Qo’limizni yog’lamasdan avval, zuvalachalarimizni uzunchoq shaklga keltirib olamiz. Buvim etardila, hamir yoyvokkanda kuch kerakmas, noziklik bilan yoyish kerak yo’liga qarab. Cho’zvokkanda ham shunday, kuch kerakmas, hamirni tindirib tindirib cho’zsa uzilib ham ketmidi, ortiqcha kuch ham talab etilmidi.   Man sho’rvamiz qaynab chiqdi, sho’rvamiz pishguncha hamirimizni  ham pishirib olamiz. 

lag'mon sho'rvasi lag'mon hamiri Hamma zuvalachalarimizni shunday qilib chiqib, laganga yoki biron dumaloq idishga yog’lab o’rab chiqamiz dumaloq qilib.  Ustini yopib qo’yamiz.  Bu hamirimdan 12 ta zuvalacha chiqdi. 

lag'mon hamiri Hamirimiz tinguncha gazga hamir pishirish uchun idishda suv qo’yib qo’yamiz, suvimiz qaynaguncha hamirimizni cho’zishni boshlimiz. Suvga 1 osh qoshiq tuz solamiz.  Mana cho’zvokkanda har hil cho’zilib qolgan bo’lsa hech qisi yo’q, yana boshqattan cho’zvokkanda ingichka joyini cho’zmasdan o’tqazvorib qalin joyini ko’proq cho’zib, bir hil ko’rinishga keltirvolamiz. Idishdan stolni ustiga cho’zib cho’zib ustma ust dumaloq qilib tahlab cho’zvuramiz, hamirimizni yog’lab turamiz, bir biriga yopishib qolmasligi uchun. Man cho’zvokkanimda qo’limni yog’lab-yog’lab hamirni cho’zaman va o’rab qo’yganimdan keyin ham ustidan ozgina qo’limda yog’ surib qo’yaman, bir biriga yopishib qolmasligi uchun. 12 ta zuvalamizni cho’zgunimizcha 1chi cho’zganimiz ham ancha tinib qoladi:) Shunday qilib cho’zishda davom etamiz. Hamirimiz o’zimiz hohlagancha o’lchamga kelguncha chozishda davom etamiz. Kimdir qalinrog’ini, kimdir ingichkasini hohlidi. Mani uyimdagilarga, o’rtacha qalinlikda yoqadi.    

lag'mon hamiri     Mana man hohlagan o’lchamag keltirib oldim, yana bir jarayon qoldi, shundan so’ng hamirimiz suvga tushadi. lamon hamiri  

3 ta hamirni uchini bosh va ko’rsatkich barmoq orasiga qisib olinadi, va boshqa qo’limizni hamir tagidan o’tkazib, o’ng qo’l, chap qo’l qilib X ko’rinishda u qo’ldan bu qo’lga o’tkazamiz, qolgan uchlarini ham qattiq ushlab, shunday turgan holatda, stolimizni chetiga 1-2 marta uramiz. Bunga sabab hamirimiz yanada ingichkalashadi. Agar juda ingichka cho’zvorgan bo’lsak, bunaqa qilishni hojati yo’q, shundoq stoldan olib shaqillab qaynab turgan suvga sovarsak ham bo’ladi. Hamirni 3 tadan qilib pishiramiz, hammasini baravar qimimiz, yopishib pishishi ham qiyin bo’ladi.lamon hamiri Hamirimni shaqillab turgan suvga soldim va sanchiq yordamida aralashtirib, hamirni ochib-ochib aralashtirmiz. Hamir suv ustiga chiqqandan keyin, yana qaynashni boshlaganda 1 minutcha turgandan so’ng olamiz. Ba’zilar suv ustiga chiqishi bilan oladi bunda hamir pishishga ulgirmidi, oshqozonga og’irlik qiladi, shuning uchun suv ustiga chiqqandan so’ng 1-2 minut turgani yaxshi. Juda ko’p tursa ham bo’midi, hamirimiz pilchillab qoladi.

qaynayapkan lagmon hamiri 

Chovlida suvlarini silqitib olamiz, hamir yoygan stolimizga qo’yamiz. Onam bilan qilganimizda idishga sovuq suv solib pishgan hamirni shu suvga bitta sovolardik. Lekin qaynanamla pishganni suvga somasdan shundoq stolga sovishga qo’yalla, shunda tuzli suvda pishgan hamirni mazasi o’zida qolarkan, suvga solsak mazasi o’zida qomidi, shunga  sovuq suvga chaymasdan stolga sovushga qo’yaman. Keyin sovuganda yog’lasa hamir ajrab ajrab turadi, yopishib qomidi. pishgan lagmon hamiri 

pishgan lagmon hamiriMana hamirim ham pishdi, stolga yoygan hamirimizni usti sovugan bo’lsa bitta aylantirib qo’yamiz, tagini ag’dari, tagi ham sovishi uchun. So’ng sovugan hamirimizni yog’lab qo’yamiz. Shunda hamirimiz ajrab ajrab qoladi. Bu orada sho’rvasi ham qaynab chiqdi. 1:40 minutcha qaynadi sho’rvamiz.   Kosaga avval hamirdan solamiz, so’ng ustiga sho’rvasidan solamiz. Mayda tog’ralgan piyozni ozgina uksus va ko’katlar bilan aralashtirib suzilgan ovqat ustiga solsa ham bo’ladi yoki alohida  birga tanavvul qilsa ham bo’ladi.

lag'mon
Yoqimli ishtaha. 

 

3 thoughts on “2. O’zbekcha lag’mon

  1. Mashaalloh, ko’rinishi zo’r, m ahorat bn tayyorlaganizga qaragan da mazasiyam zor bo’lsa kk. Ishlarizga vaqtizga baraka bersin.;)

Comments are closed.

Comments are closed.