23. Yong’oq va mayizli pishiriq(Печенье с орехом и изюмом)

23. Yong’oq va mayizli pishiriq(Печенье с орехом и изюмом)

Bu pishiriqni onajonim rahmatli juda ko’p qilardila. Onam ham buvimdan yani qaynonalaridan o’rganganlar. Ayniqsa dodam dam olishlarga ketadigan bo’sala shu pishiriqdan(Печенье o’zbekchasiga pishiriq deb ham tarjima qilinar ekan. Lekin biz baribir pechenie deb o’rganib qolganmiz. Suning uchun men ham shunday yozvurdim) onajonim qilib berardilar, tez aynimaydi, uzoq muddat turadi, eng muhimi quvvatli, darmon dori pechenie desa ham bo’ladi. Bunaqa pechenieni boshqa hech qayerda yemaganman. Bir kuni kenayim oyini o’sha pecheniesini o’rganib olganmidilaring, judayam zo’r edi deb ko’p eslashadi. Oilamdagilarga ham juda yoqadi. Eng tabi nozik insonlar ham bunday pechenieni inkor qila olishmaydi. Faqat tayyorlanishi biroz nozikroq, diqqatlik bilan tayyorlanishi kerak. Agar margarini kamroq bo’lib qolsa, qattiqroq bo’ladi, aksincha ko’proq bo’lsa judayam yumshoq bo’lib, uvalanib ketadi. Lekin har ikkalovida ham mazasi o’zgarmaydi, juda yoqimli va darmn dori pecheniening tayyorlanishi quyadigicha.

Kerakli mahsulotlar: 300gr margarin yoki sariyog’

                                         5ta tuhum

                                         2piyola shakar

                                         2 piyola yong’oq

                                          2 piyola mayiz

                                          1choy qoshiq soda( yuzalatib solinadi)

                                          1ta tuhumni sarig’i ( ustiga surishga)                   

                                          3 yoki 4 piyola un( meyoriga kelguncha qo’shiladi)

                                         

Tayyorlanishi:

Avval ishni yong’oq va mayizni qiymalagichdan chiqarib olamiz.

So’ng  3 piyola un bilan margarinni uqalab olamiz. Margarin muzxonada turgan bo’lishi kerak, qirg’ichdan chiqarib un bilan uqalaymiz. Avvalari nimaga qirg’ichdan chiqarish kerak, muzlatib yana uni, idish yuq qilib vaqt va kuch ketkazib deb o’ylirdim. Ko’pincha xona haroratidagi margarinni ishlatar edim. Keyin bilsam, «Shedroe leto» tanlovi orqali o’qigan kursimdagi o’qituvchimizdan so’rasam shunday javob berdilar. » Xona haroratidagi margarinni un bilan uqalasa, yog’i ajrab chiqib, hamir qilinganda qo’lga yopishib qovurib, un ko’p solinar ekan. Qo’lga yopishvotdi deb, o’zizmiz bilmagan holda meyoridan ko’proq sovarar ekanmiz. Shuning uchun muzlatilgan holda qirg’ichdan chiqarib ishlatilishi kerak » deb, tayyorlashning nozik sirlarini o’rgatgan edilar.

Uqalangan massamizni ichiga sodani ham solamiz. Yong’oq va mayizli massamizaga uqalangan masalliqni tuhumni va shakarni solib yaxshilab aralashtiramiz. Hammasi bo’lib 4 piyola un ketdi. Iloji boricha qoshiqda yaxshilab aralashtiring. Masalliq judayam yopishqoq bo’lgani uchun qoshiqda aralashtirish qiyinroq bo’ladi, qo’lda aralashtirdim. Bu retsept uchun 4 piyola un yetarli bo’ldi. Yana qo’lizga yopishvokkan bo’lsa, qo’lni yaxshilab tozalavolib, keyin barmoq uchlarini ozgina unlab unlab shakl beramiz. Bu pechenie tayyorlashning nozik tomoni ham shunda. 

Agar qo’lizga yopishvursa ozgina unlab shakil berasiz. Qoshiqga ham yopishib qoladi. Qo’lda qilganiz yaxshi, barmoqlarizni uchuni nomiga unlasez yetadi. Yong’oqdek yoki undan biroz kattaroq qilamiz. Tarkibida soda bo’lganligi uchunyana kattalashadi va listga terib chiqamiz. Ustiga tug’um sarig’idan suramiz.

180 C ga oldindan qizib turgan pechga usti qizarguncha pishiramiz. Orasida joy qoldirib listga terish kerak, kattalashib bir biriga qo’shilib ketishi mumkin. Mana pecheniemiz ham tayyor. Shuni eslatib o’tishim kerakki, issiqligida judayam yumshoq bo’ladi. Ehtiyotkorlik bilan listadan olish kerak. Bo’linib ketishi mumkin. Sovugandan so’ng pecheniy holiga keladi.


Yoqimli ishtaha!

Sizga retsept yoqgan bo’lsa do’stlarizga ham ulashing, facebook, telegram, twitter orqali ularga ham yuborishingiz mumkin. Blogimni qo’llab quvatlavokkan foydalanuvchilarga o’z minatdorchiligimni bildiraman. 

5 thoughts on “23. Yong’oq va mayizli pishiriq(Печенье с орехом и изюмом)

    1. Rahmat, amin etganing kelsin. Mayiz yopishqoq, shirinde blendrda maydalashga qiynalasan, shunga mexanik qiymalagich yaxshi. Mayizni ivitib qo’yginde, yumshiydi undan keyin blendr qilgin, shundaoson bo’ladi.

Comments are closed.

Comments are closed.