17. Yaxna ichimlik (Компот)
Mana mevalar pishib, yozning ishlari ham boshlandi. Qishga mevalardan konservalar tayyorlash mavsumi. Bu yozning issig’ida issiqqina gazning oldida turishning o’zi bo’lmaydi. Biz ham mevalardan yaxna ichimliklar tayyorlab qo’ydik. Faqat o’zgacharoq usulda qildik, yani kam vaqt ketadi, gazning ham oldida kamroq turiladi. Ya’ni oyijonimning usullari bilan 3litrli bonkaga ketadigan masaliqlarni 1litrga solib qaynagan suv bilan to’ldirib yopib qo’ydik. Qishda ochilganda sovitilgan qaynagan suv bilan suyiltirilib olinadi. Afzalligi shundaki, yozning issig’ida 3litr suvning qaynashini gazning tepasida isib kutib turgandan ko’ra, kamroq issiqlik chiqarib tezroq ishni tugallanishida. Bu usul bilan yopganimizda 30litr chiqdi, qishda esa 1litr yopilgan yaxna ichimlikka suv solib suyultirilganda massasi yanada ortadi. Demak mana bunday usul bilan tayyorladik.
Kerakli masalliqlar: Qanday masalliqlar solganimizni yozib o’taman. Rasmda ko’rib turganizdek kichkina olmalardan ishlatdik. Olcha, olxo’ri va albatta shakar. Barcha masalliqlarni solish uchun 1 litrli shisha bonkalar.
Avval ishni bonkalarni sterillashdan boshladik. gazning pechkasiga bonkalarni taxladik. Agar pechingizning panjarali listi bo’lsa bonkaning og’zini pasga qaratib qo’ysangiz bo’ladi, agar oddiy list bo’lsa og’zini tepaga qaratib qo’yamiz. Barcha bonkalarni tahlab, pechga qo’yganimizdan so’ngina pechning olovinni yoqamiz. Darrov issiq pechga qo’ysak bonkalarimiz sinishi mumkin.
Past olovga 1 soat qo’yamiz yoki 40 daqiqa ham bo’ladi. Olovni o’chirgandan so’ng darrov pechning eshigini ochmaymiz. Biroz sovigandan keyin ochamiz. Gazning ustida bittalab olib qo’ygandan ko’ra bu ancha qulay. Bizning pechimizga 12ta bonka sig’di. Bonkalarni pechdan olganimizdan keyin quruq stolga qo’yamiz, ahamiyat bering stol usti nam va suv bo’lmasin. Bonkalar stelillanguncha 30litrli qozonga suv solib qaynatishga qo’ydik. Qaynab chiqqan suvga yuvilgan olmalarni va olxo’ri soldik, sig’gunicha. Qopqog’ini yopib yana bir biq etguncha qaynatdik.
Sterillangan bonkalarga olmalardan tahminan oltitadan tushdi, olxo’ridan ham. Ularning ustidan bir piyoladan shakar solib chiqildi.
Olchalarni esa chovliga solib suvga solib turdik, suvda bir qaynab chiqquncha shu tarzda ushlab turlidi.
Olchalar ham bir biq etgandan keyin bonkalarga bir cho’michdan solib chiqildi.
Bonkani to’lg’azish uchun mevalardan yana soldik, mevalar yetarli bo’lsa idishni to’ldirib yopilgani yaxshi.
Mevalar bilan to’ldirilgan bonkamizani shu mevalar qaynab chiqqan suv bilan to’ldiramiz va sterillangan qopqoqlar bilan yopamiz. Barchasini shu tarzda to’ldirganimizdan so’ng, sterillnagan qopqoqlar bilan yopqich yordamida yaxshilab yopib qo’yamiz va qishgachan shirin yaxna ichimligimizni olib qo’yamiz.
Umumiy olganda ikki soatcha vaqt ketdi, judayam tez bo’ldik.
Bu usul bilan yaxna ichimlik tayyorlashni maslahat beraman, judaym tez va oson.
Yoqimli ishtaha!…
5 thoughts on “17. Yaxna ichimlik (Компот)”
Haqiqattan oson va qulayakan, rahmat😊
Foydam tekkanidan hursandman.
judayam zur usul ekan bu yil yozda albatta qilib kuraman. qishda suv qushganda yana shakar solinsa kerak a?
Yo’q solinmiydi, ya’ni biza somimiza. Shakari yetarli bo’ladi. Bu usulning qulayligi ham shunda. Lekin hammanig ta’bi har hil. Shirinni o’ta yaxshi ko’radiganlar, qo’shsa kerak.
ajoyib!!! bu usuldan foydalanib kuraman, qishda suv solinganda yana shakar solish kerakmi?
Comments are closed.