55.O’choqda «Tovuq dimlama»

55.O’choqda «Tovuq dimlama»

Bu taomni oyijonimla qildila. Dam olish kuni hamma uyda, o’choqda tovuqli dimlama qilib berdilar. O’zlarinig retseptlari. Judayam mazali. Pishishi uchun ikki soat ketadiku, lekin tayyorlanishi ko’p vaqt talab qilmiydi. Kerakli masallfqlar: 2 kg kartoshka 3 kg tovuq oyoqlari yoki 2 ta butun tovuq ( bu katta omla uchun) 1 litr yog’ ziravorlar (kashnich urug’i, karri, tuz) 1 bosh sarimsoq piyoz Tayyorlanishi: Bir kun avval, tovuqni yuvib, tuzlab, ziravorlab qo’ydila. Taomni tayyorlashni o’choqga o’t yoqishdan boshliymiz. Baland olov yoqib, qozon qizigacha,…

Batafsil Batafsil

54. «Smile» to’rti

54. «Smile» to’rti

Bu tortni tayyorlanishini yozmiyman, tayyorlanishi mana bu yerda ko’rsatilgandek tayyorlangan. Lekin bezatish uslubi Onam rahmatli qiladiganlaridek bezatdim. Onam judayam pishiriqlarni did bilan bezatar edilar. Bunday usulda bezatilgan tortni hech qayerda va hech kimda ko’rmaganman. Adam rassom bo’lganliklari uchun go’ya ularniki :). Onam har doim tort qiladigan bo’lsalar, shu bezatilish qismini kutardik, bu gal qanday usulda bezatarkinlar deb. Oddiy biskvit va orasiga yong’oqli bize qilardilar. Chetlariga esa ana shu bizedan qo’yardilar.  «Smile»larni qivokkanlarida qiziqish bilan kuzatar edik. ustini odatda mevalar bilan bezatar…

Batafsil Batafsil

53.Mevali keks

53.Mevali keks

Bu keks ham menga juda yoqadi, tayyorlanishi oson, tez va yoqimli. retsaptni bu yerdan olganman. Oilamga ham yoqadi, yumshoqqina, mazali. Shu retseptdan mufinlar ham tayyorlasa bo’ladi. Kerakli masalliqlar: Mani qolipim kattaroq bo’lgani uchun 1,5 miqdorda qilaman. 200 gr saryog’ 200 gr shakar 1,5 g vanilin ( man kichkina qoshiqni uchida solaman, bazan solmiman) 0, 5 ch.q razrixlitel 4 tuhum 200 gr qulupnay Ustiga quyish uchun qo’shimcha. 1 ta tuhum 50 gr shakar 125 ml sut Avval Hona haroratida turgan saryog’ga…

Batafsil Batafsil

52.Sushi va Roll

52.Sushi va Roll

Sushi va Rollar. Bu ham oilamning yaxshi ko’rgan yaxna taomi. You tube dan ko’rib o’rgangan edim. Asosan guruch va guruch uchun maxsus uksusli  aralashma tayyorlash kerak ekan. Sotuvda ham bo’lar ekan maxsus sushi uchun deb yozilgan uksuslar, lekin uni olish shart emas ekan. Uy sharoitida ham tayyorlasa bo’lar ekan. Avval bir narsaga oydinlik kiritib olsak, sushi va rollining farqi nimada. Man internetdan topgan ma’lumotim quyidagicha ekan. Sushi bu guruchli uzun kolbasa. Uni ichida noriga o’ralgan, tunes balig’i, krevetka yoki sakkiz oyoqdan…

Batafsil Batafsil

51.”Pikachu” salati

51.”Pikachu” salati

Bu salatni «Shedroe leto» tanlovi sababli qatnashgan o’quv kursda o’rgangan edim. Manga juda ham yoqgan edi. Sizlar bilan ushbu retseptni bo’lishmqchiman. Faqat biroz o’zgartirilgan, lekin ustozimiz o’rgatganlaridek qildim. Qo’y go’shtni o’rniga tovuq go’shti, qo’ziqorin o’rniga tuzlangan bodring qo’shsela ham bo’ladi deb o’rgatgan edilar. Shularni o’zgartirdim. Kerakli masalliqlar:300 gr qo’y go’shti ( man tovuqning ko’krak qismini ishlatdim)                                           6 ta tuhum…

Batafsil Batafsil

50.Norin

50.Norin

Norin tayyorlashni boshidan ohirgachan oyijonimladan o’rganganman. Buvim, oyimga ham yordam berib yurardim kichikligimda lekin o’zim mustaqil tayyoqlashni va yo’l yo’riqlarini qaynonamdan o’rganganman. Kerakli masalliqlar: 1,5-2 kg lahm mol go’shti ( 0,5 kg ot go’shti bo’lsa yana ham mazali chiqadi. Man ot go’shtini o’rniga ichiga yarimta qazi to’g’riyman. Agar bo’lsa, bo’lmasa shundoq mol go’shtiga qivuraman.) 2 kg unga qattiq hamir qordim( ba’zilar tuhum ham solarkan, lekin man solmasdan qilaman. Hamirni qattiq qilib, yaxshilab qorsa, norinni hamiri ham chiroyli chiqadi.) 2-3 bo’lak…

Batafsil Batafsil

49.Palov

49.Palov

Har bir o’zbekning o’ziga hos palov tayyorlash usuli bor, shuning uchun ham bir hil masalliq solinsada mazasi har hil chiqadi. Bu palovga man garimdori solib tayyorladim, albatta palovga achchig’i chiqmaydi lekin palovda pishgan garimdorining mazasi juda yoqadi :). Palov bilan qo’shib yeyish undan ham mazali, achchiq yaxshi ko’rganimdanmi iloji bo’lsa har doim solaman. Kerakli masalliqlar:  1 kg sabzi ( qizili, sarig’i  hohishga qarab. Daniyada sariq sabzi yo’q ekan, topilsa ham O’zbekistonnikichalik shirin emas)              …

Batafsil Batafsil

48.Uyg’urcha lag’mon

48.Uyg’urcha lag’mon

Uyg’urcha lag’monni o’rganishni juda hohlar edim. Chunki uyg’urcha lag’monni o’ziga hos ta’mi bor. Buning sababi xoju degan ziravor ishlatilar ekan, o’zi qora murchga o’xshiydi lekin rangi qizilroq qoraga yaqin rang ekan. Huddi qora murchga o’xshagan dumaloq bo’larkan, keyin maydalab ishlatilar ekan. Lag’mon hamiri tayyorlanishi shu saytimda «o’zbekcha lag’mon» da to’liq yozilgan. Shunga faqat sayini tayyorlanishini yozaman. Kerakli masalliqlar: 300 gr go’sht                                         2…

Batafsil Batafsil

47.Lozi

47.Lozi

Lozi uyg’urcha tayyorlanadigan achchiq. Juda tez va oson tayyorlanadi. Muzlatgichda uzoq saqlasa ham bo’ladi. Buni tayyorlab qo’yib, tuzlangan karom va salatlar bilan aralashtirib yesa ham bo’ladi. Chim-chi tayyorlashda ham ishlatsa bo’ladi. Kerakli masalliqlar: 1 piyola achchiq qizil kukuni ( achchiq paprika. Man pokistinliklarni do’konidan oldim. Juda ham achchiqgina ekan) 1 piyola quritib maydalangan garimdori 1 bosh sarimsoq O’simlik yog’i ( keragicha ) Tayyorlanishi: Kattaroq idishga kukunli masalliqlarimizni solamiz va tozalangan sarimsoqni blendrda maydalab uni ham aralashtiramiz. ( agar blendr bo’lmasa, yaxshilab…

Batafsil Batafsil

46.Yupqa

46.Yupqa

Yupqa asosan Toshkentda to’ylarda va chaqaloq tug’ilganda qovurdoq bilan qilinadigan taom. Bu yupqani oyijonimla farzandlik bo’lganimda nevaralari uchun o’z qo’llari bilan tayyorladilar. Oldilarida bo’lmaganimiz uchun tatib ko’rish nasib bo’lmasa ham rasmlari va videolarini yubordilar va men buni o’z saytimga qo’ydim. Sizlarga ham ilindim, tayyorlanish ketma-ketligini ajoyib video va sur’atga olganlar. Ko’p bor birga ham tayyorlaganmiz, shuni asosida rasmlar ketma ketligi bilan izoh qoldiraman. Kerakli masalliqlar: Hamirini 1 kosa nomokob suvga qattiqroq hamir qoriladi. 2,5 kg sabzi 1 litr yog’ 1…

Batafsil Batafsil