47.Lozi

47.Lozi

Lozi uyg’urcha tayyorlanadigan achchiq. Juda tez va oson tayyorlanadi. Muzlatgichda uzoq saqlasa ham bo’ladi. Buni tayyorlab qo’yib, tuzlangan karom va salatlar bilan aralashtirib yesa ham bo’ladi. Chim-chi tayyorlashda ham ishlatsa bo’ladi.

Kerakli masalliqlar: 1 piyola achchiq qizil kukuni ( achchiq paprika. Man pokistinliklarni do’konidan oldim. Juda ham achchiqgina ekan)

1 piyola quritib maydalangan garimdori

1 bosh sarimsoq

O’simlik yog’i ( keragicha )

Tayyorlanishi:

Kattaroq idishga kukunli masalliqlarimizni solamiz va tozalangan sarimsoqni blendrda maydalab uni ham aralashtiramiz. ( agar blendr bo’lmasa, yaxshilab maydalab to’g’rab aralashtiramiz). Uni ham kukunli massaga qo’shib aralashtiramiz. Yog’ni yaxshilab qizdirib olamiza. Qizib turgan yog’ni issiqligida quruq massamizaga qo’shib aralashtirib turamiza. Lozi quruq bo’lib qolmasligi kerak. Quyuq bo’tqasimin massa hosil bo’ladi. Hohlagan turdagi ovqat bilan juda yeyishli, ayniqsa lag’mon bilan. Achchiqni hush ko’ruvchilar uchun juda ham mazali. O’zim ham shu lozini juda yaxshi ko’raman.

Mana bu rasmdagi achchiq kukundan ishlatdim.

Yoqimli ishtaha!…

Comments are closed.