43.Cho’pli shashlik

43.Cho’pli shashlik

Bu taomni oyijonimladan o’rganganman. Bizning uyda shunday nomlanadi. Ba’zilar qozon kabob ham deb nomlashadi. Go’shtni tayyorlashga biroz vaqt ketishini hisobga olmasa tez tayyorlanadi. Oyijonimla aytganlaridek vaqtga bog’liq yetilib pishishi.

Kerakli masalliqlar: 1-1,5 kg lahm go’sht ( man mol go’shtini ishlatdim)

6 ta katta kartoshka

Go’sht yog’i ( dumba yog’i ham bo’ladi)

4 ta piyoz

2 ta sholg’om

1 ta katta behi

ziravorlar va go’shtni sixlash uchun cho’pli sixlar

Go’shtni bir kun avval to’rt burchak qilib to’g’rab, ziralab, tuzlab qo’ydim. Ertasi kuni cho’pli sixlarga sixladim.

Alohida idishga piyozni to’g’rab, ozgina tuz va to’g’ralgan go’shtni yog’lari bilan aralshtirib oldim.                                   

Qozonga tahminan yarim piyola salat yog’i solib hamma kartoshkalarni terib, rasmda ko’rganizdek mayda to’g’ralgan yog’lardan ham soldim. Yog’ yoqtirmaydiganlar pishgandan keyin yog’ini olib tashlasa ham bo’ladi, bu solinishi ovqat mazali va tabiiy o’zini yog’ida pishishi uchun. 

Ustiga rasmda ko’rib turganizdek bir qator qilib sixlangan go’shtlarni terib chiqamiz.

Uni ustiga to’g’rab qo’ygan piyozni ozginasini solamiz.

Uni ustidan yana sixlangan go’shtlarni teramiz. Shu ketma ketlikda terib chiqamiz.

Sholg’om, behi, mayda karomlarni ham ishtahali bo’lib chiqishi uchun ularni ham sixladim. Buni adamdan o’rgangan edim. Eng ustiga sabzavotlarni qo’ydim.

Ovqatni damlashdan avval yarim piyola suv solamiz. Qopqog’ini yaxshilab yopamiz, havo chiqmiydigan qilib. Avval o’rta olovda 30 daqiqa turdi, keyin olovni pasaytirib 2 soatga dimlab qo’ydim.

Mana taom ham tayyor. Sabzavotlar va behining o’ziga hos ta’mi ham taomga o’zgacha maza beradi. Go’shtalri ham hil- hil pishadi.

Mana taom ham tayyor.

Yoqimli ishtaha…!

Qo’shimcha tarzda shuni yozib o’tmoqchimanki bu taomni uzoq safarga ham o’zi bilan ovosa bo’ladi. Ezilmaydi, ortiqcha idishga ham sovolish shartmas, maxsus zar qog’ozga sixli go’shtlarni o’rab ovolinsa, joy ham kam ketadi, ham to’yimli.

One thought on “43.Cho’pli shashlik

Comments are closed.

Comments are closed.