29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

O’qish paytlarni eslatadigan taom. Kollej paytlarimizda qizlar bilan shunaqa xonimdan olib yer edik, to’yimli va arzonga tushar edi :). Bu xonimni bozori chaqqon bo’lganiga tanaffusdan oldinro  biron dugonamiz chiqib olib turar edi.  Qanday tayyorlanishini hech bilmas edim. Keyinchalik bir opam orqali bu taomni tayyorlanishini bilib oldim. Oilamdagilarga tayyorlab berganimda ularga judayam yoqdi. Bu xonimga kam masalliq ketadi, ayniqsa ustiga qizil qilishga pomidor qolmaganida ham tayyorlanadigan taom.

Kerakli masalliqlar

  • 500gr un
  • 300 ml iliq tuzli suv
  • 4 ta o’rtacha kartoshka
  • 2 ta katta piyoz
  • Hohishga qarab yog’liroq go’sht, man ozgina qiyma soldim ( bu taom go’shtsiz ham tayyorlansa mazali chiqadi)
  • 0,5 litr tomat pastasi
  • 2 choy qoshiq shakar
  • O’simlik yog’i

Tayyorlanishi

Har doimgidek ishni hamir qorishdan boshladim

xonim uchun hamir

Qattiqroq hamir qorib, salafanga o’rab tindirishga qo’ydim.

xonim uchun hamir
Hamir tinguncha qiymasini tayyorlab olamiz. Buning uchun kartoshkani mayda qilib tog’raymiz.

xonim qiymasi
Parragini ingichka olsak, mayin chiqadi, hamir bir qavatli qilib tugilgani uchun, hamirni teshib chiqmaydi.

xonim qiymasi
Somoncha shaklida to’g’rab yana ikkiga bo’lib chiqamiz.

xonim qiymasi

Mana kartoshkamiz ham tayyor, piyozni ham maydalab tog’riymiz, hohishga qarab ozgina ichiga tomat pastasidan ham qo’shvorsak bo’ladi. Yanayma mazali bo’ladi.  Tabga qarab tuz qo’shamiz. Qiyma tayyor bo’lgandan so’ng tingan xamirni yoyishni boshliymiz. Hamirni unchalik yupqa  qilib yoyish shart emas. Yoyilgan xamirni to’rt burchak qilib kesib chiqamiz avval lenta qilib kesamiz keyin lentalarni ustma ust qo’yib kesamiz.

xonim uchun hamir

xonim uchun hamir
xonim uchun hamir
Keyin hamir ichiga bir osh qoshiqdan qiyma solib chiqamiz, nomiga solsak yetadi, xamirni ichi to’lishi shart emas. Man o’zi ko’pincha bunaqa bittalab tugmiyman. Oddiy xonimdaka o’riyman, faqat qiymasini kamroq solib, yuqaroq qilib o’riymande, pishgandan keyin kesib qizili bilan tahliyman. Hohlaganizdek qilsez bo’ladi.

xonim
Yarmini ustiga yopib yaxshilab bosib, chetlarini yopamiz.

xonim
Shu tarzda hammasini tugib chiqamiz. Keyin yog’langan qasqon listiga tugilgan xonimlarni birma bir tahlab chiqamiz. Mani qasqonimni listi kamroq bo’laginga, ustma ust yoog’lab tahlivurdim, havotir olishga hojat yo’q. Yaxshilab yog’langani uchun bir biriga yopishib qolmaydi. Tahlangan hamirlarni ustiga ham ozgina yog’ survoramiz.

xonim
Gazga 40 minutga pishirishga qo’yamiz. Xonim pishguncha qizilini tayyorlaymiz. Qozonchaga bir cho’mich yog’ solib qiziganidan so’ng, tomatimizni solamiz, keyin yaxshilab aralashtirib suv solamiiz.

xonim qaylasi
Tomat nordonroq bo’lganiga ikkita qand bo’lagi, yoki ikki choy qoshiq shakar sovoramiz. Nordonnini oladi shuningdek mazasi ham judayam boshqacha bo’ladi.

xonim qaylasi
Keyin qaynatib qo’yamiz, quyilib ketmasligi kerak, suyuq ham bo’lmasligi kerak.

xonim qaylasi

Mana qizilimiz pishguncha xonim ham tayyor. Xonim pishgandan keyin kattaroq tog’oraga yoki qozonga tahlashni boshliymiz.  Avval xonimni solmoqchi bo’lgan idishimizni tagiga qizilidan  solamiz. Man kattaroq qozonga soldim.

xonim qaylasi
Keyin xonimni bir qavat qilib solamiz.

xonim qaylasi
Shuni ustidan yana qizilidan solamiz. Shu tarzda xonimlarni tahlab, chiqamiz.

xonim
Keyin ustini yopib 20 minutga dimlab qo’yamiz. Odatda kattaroq tog’oraga solib, tog’orasi bilan dasturhonga o’rab qo’yishadi, shunda sovumaydi. Bu orada xonim qizil sousini shimib olib, yanada mazali bo’ladi. Mana xonim ham tayyor. Oq piyozni ukrob bilan aralshtirib, dasturhonga tortishdan avval ustiga qo’yamiz.

xonim
Judayam yumshoqqina, mayin chiqadi. Tayyorlab ko’rishni tavsiya qilaman.

xonim
Yoqimli ishtaha!…


5 thoughts on “29. Qizil xonim ( Bozor xonim)

    1. Ha, o’sha paytlar esimga tushib ketdi. Rosa mazza paytlar edi. Har gal qilganimda kollej paytlarimni eslab qilaman.

Comments are closed.

Comments are closed.