«Shedroe leto» tanlovi haqida.

«Shedroe leto» tanlovi haqida.

Assalomu aleykum, hurmatli blogim foydalanuvchilari. Postim nomini ko’rib hayron bo’vokkandirsiz. 2016 yil «Shedroe leto» savdo belgisi tanlov o’tkazgan edi. Tanlov shartlariga ko’ra yosh uy bekalari o’z retseptlarini yuboradilar, hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi retsept tanlab olinib bepul pazandalik kursiga o’qishga yo’llanma beriladi.  


3 ta shahar bo’yicha, 15 tadan yosh uy bekalari tanlab olinadi. Toshkent shahri, Buhoro shahri, Samarqand shahridan. Toshkent shahridan mani ham retseptim maqul ko’rilib o’qishga yo’llanma berishdi. O’quv jarayonlari «Iffatli kelin» o’quv markazida bo’lib o’tdi. Bizni guruhga Nigora opa pazandalik darslarini, nozik sirlarini o’rgatdilar. Judayam, chaqqon va pazanda ayol ekanlar. Har bir darsimiz uchun 2 soat ajratilgan bo’lib, bu vaqt ichida taom, tort, salat va pishiriq o’rgandik. Bu darslarimizni estalik uchun suratlarga muhrladik. Guruhda 15taga yaqin qizlar,ular ichida yosh onalar, talabalar ham bor edi. Ular bilan tanishganimdan juda hursandman. Hammaligi samimiy, go’zal, ziyrak va ajoyib uy bekalari edi. O’z tajribalarimiz bilan o’rtoqlashdik. Barcha taasurotlarni suratlar orqali siz azizlar bilan ham bo’lishmoqchiman. O’quv jarayonlarini «Osh bo’lsin» ko’rsatuvida yoshlar telekanali orqali ham berilib borildi. Agar qiziqsangiz  www.shedroeleto.uz  saytida tanishishingiz mumkin. 

Bu rasmda turkcha pecheniy tayyorlanvotgan edi, o’zim mustaqil qilib ko’rmadim. Qilsam albatta blogimda ko’rasizlar.

Shu salat judayam yoqdi, mazasi hali ham og’zimda qolgan mmm….

«Osh bo’lsin» ko’rsatuvi uchun sar’atga olish jarayoni. 

Mana mening guruhimdagi qizlar.  

                                                      

                                                        

       

Bir oylik o’quv kursi tugagandan so’ng, yakunlovchi imtihhon bo’ldi, uning shartlaridan biri har bir qiz o’zi uyida biron shirinlik tayyorlab kelish edi, hamma qizlar juda chiroyli qilib tort, pecheyni va piroglar qilib kelishdi. Man qulupnoyli cheesecake qildim. Ma’lum sabablarga ko’ra imtihonda qatnashmadim, lekin qizlar qilgan cheesecakeni juda maqtashdi. Hammaga yoqdi. Navbatdagi sur’atlar yakunlovchi imtihondan. Imtihon bilan birgalikda navbatdagi «Osh bo’lsin» ko’rsatuviga ham sur’atga olish jarayonlari bo’ldi. Mana imtihon uchun tayyorlagan cheesecake.

Bu imtihon shartlaridan yana biri, har bir ishtrokchiga kichkina kekschala berildi, shuni beztish bo’ldi. Har bir qiz o’zi pishirgan shirinligi bilan, man tayyorlagan shirinlik o’rtada, chunki man sur’atga ovomman. 


 Bizga pazandalik darsini bergan Nigora opam bilan birgalikda.       

 

Bu Valeriya, yakunlovchi imtihonga ajoyib tort qildi, manga bezatilish usuli juda yoqdi. Kichkina kekschani ham antiqa usulda bezatdi.   

Man boshlovchi Gulhida bilan guruh qizlarimiz.

Ustozimizga minatdorchilik bildirgan holda o’z sovg’amizni bizdan estalik uchun berdik. 


Mana guruhimizdgi uchta qizni pazanda deb, «Shedroe leto» savdo belgisi o’z sovg’alarini berdilar. Qizlarimizning barchlari tayyorlagan shirinliklari judayam chiroyli chiqdi, keyingi sur’atlar ular tayyorlagan shirinliklar.



Bu tort va kichkina keksni Olga tayyorladi, ajoyb bbeztish usuli bilan.

Bu Iroda bezatgan kekscha.

Bu Kira bezatgan kekscha, afsus u imtihonga kelmadi. Xizmat safari bilan shahardan tashqarida edi. 

Bu ham Irodani ijodidan. 

Barcha qizlarimiz juda ham pazanda ekanlar. Ular bilan tanishganimdan juda hursandman. O’quv kursida o’rganganlarim haqida to’liq retsept va tayyorlanish ketma-ketligi bilan blogimda tanishtirib boraman. Fikr va mulohazalaringizni kommentda kutib qolaman. 

7 thoughts on “«Shedroe leto» tanlovi haqida.

  1. ajoyib sayt ekan, pazandalikka oid shunday saytni anchadan beri qidririb yurgandim, retseptlar soni va sifati borgan sari oshadi degan umiddaman.

    1. Assalomu aleykum, Zuhro. Kommentdagi bir gapiz mani o’ylantirib qoldi. Retseptlar soni va sifati oshadi degan umiddaman deb yozgan edingiz. Sifati deganda aynana nimani nazarda tutdingiz? Blogimdagi kamchiliklar bo’lsa pochta manzilimga yozib qoldirishingiz mumkin. Blogim foydalanuvchilarining fikri men uchun juda muhim.

Comments are closed.

Comments are closed.