53.Mevali keks
Bu keks ham menga juda yoqadi, tayyorlanishi oson, tez va yoqimli. retsaptni bu yerdan olganman. Oilamga ham yoqadi, yumshoqqina, mazali. Shu retseptdan mufinlar ham tayyorlasa bo’ladi.
Kerakli masalliqlar: Mani qolipim kattaroq bo’lgani uchun 1,5 miqdorda qilaman.
- 200 gr saryog’
- 200 gr shakar
- 1,5 g vanilin ( man
- kichkina qoshiqni uchida solaman, bazan solmiman)
- 0, 5 ch.q razrixlitel
- 4 tuhum
- 200 gr qulupnay
Ustiga quyish uchun qo’shimcha.
- 1 ta tuhum
- 50 gr shakar
- 125 ml sut
Avval Hona haroratida turgan saryog’ga shakar , tuhumni solib, yaxshilab mikser qilamiz.
Keyin un, vanilin, razrixlitl solib mikserni past tezligida aralashtiramiz. Hohishga qarab har hil meva qilsa bo’ladi, man banan va olama solib qilib ko’rgandim shu qilganimda, avvalgisida qulupnay ham solgandim, qulupnay solingani ham yaxshi ekan. Banan solinganda banani tez qorayib qolarkan. Bu qulupnayligini qilganimda rasmga olishga ulgurmagan edim.
180 C da qizigan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz, ungachan ustiga quyiladiganini tayyorlab olamiza.
Sut, tuhum, shakar hammasini birgalikda mikserlaymiz.
30 daqiqadan so’ng, pechdan olib ustiga quyamiza va yana pechda 25 daqiqa pishiriladi.
Mana kekisimiz ham tayyor. Bazan kakao ham qo’shib tayyorlayman, uni ham mazasi zo’r chiqadi.
Yoqimli ishtaha!…
Hadija:
Men ham Mevali keks pishirdim faqat ichiga lemon olma yongoq magiz soldim
Ma shaa Allah rosa mazali chiqdi
Rahmat, Hadija opa. Sizga va oilangizga yoqganidan juda hursandman. Lemon qo’shib qilganiz yoqdi, man ham lemon qo’shib qilib ko’raman. Foto ham zo’r chiqibdi🤗.
3 thoughts on “53.Mevali keks”
Assalamu alakyum rahmatullahi wa barakatuh.
Bismillah,
Oh Oh Oh ya Sabohat MashaaAllah juda ajoyib wa totli mmmmm Mazasi bizni qalbimizgacha kelayapti chunki Bu Keks sizni qalbizdan samimiy tabassum mehnat orqali pishirilganligi togrisi bilinyapti
Ma shaa Allah qollariz dard kormasin
In shaa Allah men ham tayyorlab koraman aha bilasizmi Ramazon oyida kopincha iftorlikdan song yoki taroveh dan song biz shirinlilar bilan choy ichamiz menimha bu keks meni oilamga juda mos ekan.
Biz bilan bolishganiz uchun Alloh rozi bolsin
Vaaleykum assalom , rahmat Hadija opa😘☺️
Assalamu alaykum rahmatullahi wa barakatuh
Alloh roziligida qilayotgan ishlarizda hamisha Omad yor bolsin
Siz pishrib bizni hursand qilavering biz ham sizdan ornak olib Bismillah deb pishirub Hammani qalbini xushnud etaylik in shaa Allah
Comments are closed.