54. «Smile» to’rti

54. «Smile» to’rti

Bu tortni tayyorlanishini yozmiyman, tayyorlanishi mana bu yerda ko’rsatilgandek tayyorlangan. Lekin bezatish uslubi Onam rahmatli qiladiganlaridek bezatdim. Onam judayam pishiriqlarni did bilan bezatar edilar. Bunday usulda bezatilgan tortni hech qayerda va hech kimda ko’rmaganman. Adam rassom bo’lganliklari uchun go’ya ularniki :). Onam har doim tort qiladigan bo’lsalar, shu bezatilish qismini kutardik, bu gal qanday usulda bezatarkinlar deb. Oddiy biskvit va orasiga yong’oqli bize qilardilar. Chetlariga esa ana shu bizedan qo’yardilar.  «Smile»larni qivokkanlarida qiziqish bilan kuzatar edik. ustini odatda mevalar bilan bezatar edilar. Bollarimga ham juda yoqdi, man ham qiliy deb bazilarini qilib ham ko’rishdi, mani ham oldimda turib endi qoshini unaqa qiling, kulganini, ho’mrayganini qiling deb qiziqib, o’rgatib ham turishdi :).

Bezatilishi.

Kichkina dumaloq qilib pishirilgan bizechalarni orqasiga krem surib, tortni chetiga yopishtiramiz. Bizeni listga dumaloq qilib sovokkanimizda ustini uchliroq qilib chiqarib qo’ysak, burni bo’ladi.

Yorilmiy, chiroyli pishgan bizelarni yopishtirdim, qolganini ustiga sepdim.

Va qulupnay bilan bezab qo’ydim.

Yoqimli ishtaha!….

 

2 thoughts on “54. «Smile» to’rti

  1. Ma shaa Allah Bu TORT haqiqiy Ijod namunasi bolibdi

    boldi biz uyizga boramiz endi 🙂

    Alloh rozi bolsin

    1. Hadija opa. Har doimgidek mehnatimizni be e’tibor qoldirmaysiz. Sizning ham samimiy minatdorchiligiz uchun rahmat.

Comments are closed.

Comments are closed.