46.Yupqa

46.Yupqa

Yupqa asosan Toshkentda to’ylarda va chaqaloq tug’ilganda qovurdoq bilan qilinadigan taom. Bu yupqani oyijonimla farzandlik bo’lganimda nevaralari uchun o’z qo’llari bilan tayyorladilar. Oldilarida bo’lmaganimiz uchun tatib ko’rish nasib bo’lmasa ham rasmlari va videolarini yubordilar va men buni o’z saytimga qo’ydim. Sizlarga ham ilindim, tayyorlanish ketma-ketligini ajoyib video va sur’atga olganlar. Ko’p bor birga ham tayyorlaganmiz, shuni asosida rasmlar ketma ketligi bilan izoh qoldiraman.

Kerakli masalliqlar: Hamirini 1 kosa nomokob suvga qattiqroq hamir qoriladi.

2,5 kg sabzi

1 litr yog’

1 kg piyoz

1 kg go’sht

Shu masalliqlardan 50-60 ta yupqa chiqibdi.

Demak quyidagicha tayyorlanadi, hamirni qorib bo’lgandan so’ng, yupqa pishiradigan tovani katta kichigligiga qarab zuvalachalarga bo’lib tindirib qo’yamiz. Ungachan qiymasini tayyorlab olamiz. Qozonga yog’ solib qizigandan so’ng piyozni va sabzini solamiz va mayda tog’ralgan go’shtni solib, yog’i ajralguncha qovuramiz. Tingan hamirlarni videoda ko’ringanidek, qilib qo’yamiz.

Mana oyijonimla tovoga mos qilib yoyib qo’yganla, yupqa qilib yoyiladi. Shuning uchun ham o’z nomi bilan yupqa :). Oyijonimla bilan qilganimizda 10 ta yoki 15 tasini shunaqa yupqa qilib yoyvolib pishirib olganimizdan keyin, qolgan zuvalachalarni yoyardik. Hammasini birdan yoyib qo’yilsa yopishib ketadi hamirlar.

Yog’ solinmagan quruq tovaga bitta hamirimizni qo’yib sal qizargandan keyin, pishmagan joyini aylantiramiz va tayyor qiymadan ozgina ustiga surtib ikkinchi hamirni ustiga yopib yana aylantiramiz. Shu tarzda 10 ta hamirni pishirib olamiz. Tez tez qilish kerak, videodagidek.

10-15 ta yoyilgan hamirlrni pishirib olgandan keyin, biron idishga solib ustini yopib, bir chetga qo’yamiz. Qolgan hamirlarni ham shu tarzda pishirib olamiz. Hammasi tayyor bo’lgandan so’ng, pishgan yupqalarimizni idishdan olib qiymani hammasiga teng taqsimlab, yupqalarni tahlab chiqamiz.

Mana yupqalar ham tayyor.

Yoqimli ishtaha…!

5 thoughts on “46.Yupqa

  1. Assalamu alaykum rahmatullahi wa barakatuh bismillah Birodar juda gozal wa korinishi ishtaxani ochib yubordi Ma shaa Allah qollariz hamisha faol ekan Rabbim sizni ozi qollasin ameen Hadija From Algeria

  2. Birodar men ham Jazoir taomlsri bn bolishsam maylimmi in shaa Allah balkim ajoyib goyalar boladi

    1. Albatta bo’ladi, retseptlarni va tayyorlash jarayonlarini to’liq yozib yuboring. Tayyorlab ko’raman.

Comments are closed.

Comments are closed.