35.Muzqaymoq krem

35.Muzqaymoq krem

Birinchi bo’lib Daniyada o’rganganman shu kremni qilishni. Bir opa o’rgatgan edilar. Judayam yoqgan, mayin og’izda erib ketadi.   Biskvit va boshqa kakaoli pishiriqlar bilan ham juda mos tushadi. Tayyorlanishi tez oson lekin e’tibor talab qilinadi. Toshkentga borganda ham qilgandim, lekin bizani qaymoqlar juda ham yog’li, quyuq bo’ladi. Magazinnikidan qilib ko’rmadim, chunki magazinniki o’xshamas ekan. Ko’p tortga buyurtma oladigan tortchilardan eshitgandim, bozorda qaymoq krem uchun desa berishar ekan. Lekin tanlavokkanda yeb ko’rishilani maslahat beraman, chunki hidi bo’lishi mumkin. Bu kremni tayyorlash uchun, hohlasangiz, quyuqlashtirilgan sut (Сгущённое молоко) yoki shakar kukunidan foydalanishila mumkin. 

Kerakli masalliqlar: 500 ml qaymoq

                                         1bonka quyuqlahstirilgan sut(Сгущённое молоко, hohlasela iriska ham solishila mumkin, judayam zo’r bo’ladi)

             yoki                 1stakan shakar kukuni( sahirnaya pudra, aniq esimda yo’q qancha solganim, shiriniga qarab sovurasila :))

O’zbekistondagi quyuq, yog’liq qaymoq uchun: 😊

                                    1 litr qaymoga 150 gr suv 200 gr wakar va hohlagan yaxwi vanilin. Aralawtirib marazilkaga yarim soat              qo’yamiz. Keyin   mikser qilamiz. Shakarni o’rniga sguwonka sosayam bo’ladi, bitta bonka.(Uwa suvni qaymoni bo’shatib bonkani chayib sovoras uvol bomidi buni manga telegram orqali, buyurtmaga tort qiladigan ayol maslahat berdilar, ular yozganini kopiya qilib qo’ydim)

Demak tayyorlanishi, qaymoqni massasiga nisbatan kattaroq idishga qaymoqni solamiz, man bunaqa qaymoq ishlatdim. Bu kremni tayyorlashda yana ahamiyat berishimiz kerak bo’lgan jihatlari ham bor. Qaymoq muzdek, muzlatgichda (muzxona emas) turgan bo’lishi kerak. 

Judayam suyuq, sutga o’xshagan bo’lar ekan. Boshida mikserni pastroq tezlikda ko’pirtirishni boshliymiz, keyin sal quyuqlashganda, tezligini oshiramiz. Idishga man bir vaqtda ham qaymoq, ham shakar kukunini solaman. Ko’pirtirvokkanda sachramasligi uchun, idishni ustini sochiq bilan yopib turaman, bir qo’lim bilan. Shunda bira to’la, mikserni baland tezligida ko’pirtirvuraman. Qaymoqli krem tayyor bo’lganda, quyuqlashib, krem ustiga gulga o’xshagan naqsh tushadi, shunda darrov to’xtastish kerak. Agar juda ham ko’p ko’pirtirib yuborilsa qaymoq chirib, suvi chiqib ketadi. 


Mana krem ham tayyor, tortga hohlagancha bezatishiz mumkin. 

Yoqimli ishtaha!…

Comments are closed.