28.Qo’rada pishgan tovuq

28.Qo’rada pishgan tovuq

Bir kun oldin, tovuq oyoqchalarini ziravorlab qo’ydim.

Kerakli masalliqlar

  • 1,5 kg tovuq oyoqchalari
  • ikki choy qoshiq asal
  • moyanez

Ziravorlar:

  • Timin
  • tuz
  • paprika
  • kashnich.

Tayyorlanishi

Tovuq oyoqchalarini yaxshilab yuvib oldim. Keyin barcha ziravorlar va asal, moyonezni solib yaxshilab aralshtirib bitta idishga zichlab solamiz. Muzlatgichga qoymimiz, hona haroratida bir kun turadi, agar kun issiq bo’lsa yarim kun yetadi.

ziravorlangan tovuq
Ertasi kuni, pishiramiz. Qo’rada pishirish uchun qo’rani yaxshilab qizdirib olamiz, ko’mirni oppoq bo’lguncha qizdirib olamiz.

qo'radagi ko'mirlar 

Endi bu qo’ra qizdirishni erkaklar yaxshi bilishadi. Lekin mani oyijonmla o’zlari shashlik qiladila. O’tindan, o’tinni yaxshilab qizdirib kul holiga keltirib keyin shashlik qiladilar. Ko’rib turganizdek ko’mirni chetlari oqarib turibdi, hamma joyi shunaqa oqarishi kerak. Yetarli holga kelgandan keyin tovuqlarni qo’yamiz.

qo'rada pishgan tovuq
Yaxshi va tez pishishi uchun orasini kesib, kesib qo’yamiz. Biza kesmagan edik, keyin ichiga issiq tezroq o’tishi va yaxshilab pishishi uchun qo’rada turganida kesib kesib qo’ydik.

qo'rada pishgan tovuq
Vaqti-vaqti bilan aylantirib turamiz, oq joylarini olovli tomonga o’girib qo’yamiz. Mana pasdagi rasmda tovuqlarni ustidan biroz kesib kesib qo’yilvotdi.

qo'rada pishgan tovuq
20-25 daqiqada pishdi. 15 daqiqa ochiq pishirdik, keyin 10 minut qo’rani ustini yopib dimlab yopib qo’ydik.

qo'rada pishgan tovuq

qo'rada pishgan tovuq
qo'rada pishgan tovuq
Mana qo’rada tovuq ham tayyor.

qo'rada pishgan tovuq
Yoqimli ishtaha!….

2 thoughts on “28.Qo’rada pishgan tovuq

    1. Ha, nimasini etasan. Mazasi ham zo’r bo’larkan. Facebookda ko’rgandim, shunaqa ziravorlashgan edi.

Comments are closed.

Comments are closed.