26. Manti
Anchadan beri qo’ymoqchi bo’lgan postim. Mana bugun vaqt topib blogimga yozvomman. Oyijonimdan (qaynanam) o’rganganman. Birgalikda bir pasda qilib, mehmonlarni kutardik. Onam ham shunday manti qilar edilar, lekin ulardan o’rganib olishga ulgurmagan edim, bilmagan ancha narsalarni oyijonmdan o’rgandim. Mana mantini ham tayyorlanish ketma ketligi bilan yozaman.
Kerakli masalliqlar
- 4 piyola un
- Qattiq hamir bo’lguncha tuzli suv
- Go’sht, piyoz, kartoshka
Tayyorlanishi
Har doimgidek hamir qorishdan ishni boshliymiz. Qattiqroq hamir qoramiz, yumshoq bo’lib qolmasligi kerak. Salafan bilan o’rab, tindirishga qo’yamiz.
Hamir tinguncha qiymani tayyorlab olamiz. Go’shtni maydaroq to’rt burchak qilib to’g’riymiz. Man bir kun oldin to’g’rab zirovorlab qo’ydim. Uyg’urlarni mantisi shunisi bilan farq qilar ekan. Go’shtini ziravorlab qo’yar ekanlar. Ziravorlari uchun, tuz, zira va soya sousidan soldim. Manda bunaqasi bor edi.
Eratasi kuni piyozini to’gradim. Piyozni parragini ingichka to’grab olib, yonlamachasiga yana maydalavordim.
Mani oilamdigilarga kartoshka ham qo’shilgani yoqadi, ayniqsa bollarimga. Yarmiga kartoshka ham qo’shdim. Kartoshkani maydaroq to’rt burchak qilib tog’radim.
Mana qiyma ham tayyor. Endi eng muhim ishga o’tamiz. Hamirni zuvalachalarga bo’lib chiqamiz. Yong’oqdek bo’laklarga bo’lamiz.
Bir hilda bo’lishi uchun mana bunday ketma ketlikda bo’laklarga bo’lamiz.
Kesilgan bo’laklarni yaxshilab, yumaloqlab ko’p un sepib yana 30 minutga tindirib qo’yamiz.(Lekin man ko’pncha tindirmasdan ham qilaman)
Ustini yopib qo’yamiz, hamir qanzib qolmasligi uchun. Tingandan so’ng, unni ustida yumaloq hamirlarimizni kaftimiz bilan yaxshilab bosamiz va ketma ketlikda jovalab yoyamiz. Kaftimizni ichidek kattalikda yoyishimiz kerak. Yoyvokkanda hamirni chetini yoyishga e’tibor berishimiz kerak. Agar o’rtasini ko’p jo’valasak, manti pishganda hamir ochilib tagi tushib ketadi.
Hammasini shu tarzda kaft bilan bosib chiqiladi. Keyin ketma ketlikda ochishni boshliymiz.
Ko’p-ko’p unlab yoyilvuradi, tugvokkanda unini qoqib qoqib tugiladi.
Bitta o’zim qivokkan bo’lsam, shu tarzda yoyvokkanlarimni tahlab chiqaman. Bitta qasqon listimga 15 tagachan manti sig’adi. Agar oyijonimla bilan qilsak, man ochib turman oyijonimla tugub turalla. Yoyilgan hamirni qo’limizga shu tarzda qo’yib qiymani solamiz.
Sal qo’limizni yig’sak hamirni chetlari yig’iladi, keyin bitta uyoq tarafidan bitta o’zimiz tarfimizdan birlashtirib o’rtaga yig’amiz. So’ngra qolgan yarmini aylantirib uni ham o’rtaga yig’amiz.
Hamma har hil tugar ekan, ba’zilar faqat bitta uchiga qaratib yig’adi. Oyijonimla shunaqa tugalla, uydagilarga ham shunaqasi yoqadi ya’ni shunga o’rganganmiz. Alohida tovaga yog’ solamiz, tugulgan mantilarni tagini yog’ga tekkazib qasqon listiga terib chiqamiz.
40 minutda qasqonda pishiramiz. Shu masalliqdan manda ikki qasqon chiqdi.
6 thoughts on “26. Manti”
Ma shaa Alloh, ko’rmoq boru yemoq yode😅. Hech shunaqa tugmaganman , onamlar ham qaynonam ham shunaqa tugadila. Soklari ichida bolib zor pishadide😋baraka top dugosh😘👌
Rahmat, Gulhida. Nasib qilar manikiga mehmonga kelishlar. Mana endi o’zinam bir qilib ko’rasande. Sanga qo’llanma(shpargalka 🙂 ) qilib qo’ydim. Nafaqat sanga boshqa bekalarga ham:).
In shaa Alloh , vaqting barakali bo’lsin, yana yengi retseptlarni kutib qolamiza😘👌
Amin aytganing kelsin, dugonajon.
Rosa ishtaxani ochvordiyu😌 Men ham boshqacha tugardim sizi usulizda ham qb ko’raman!
Rahmat, Ma’mura. Rasmlari bilan kutib qolaman.
Comments are closed.