24. Malina va shokoladli cheesecake
Tayyorlanishi juda ham oson va mazali.
Kerakli masalliqlar: 1ta plitka shokolad 100 gr
500gr qaymoqli suzma
400 gr qaymoq
Malina pyuresi( yozda shakar bilan aralshtirib qo’yganim bor edi, muzlatilganidan)
1 piyola shakar
1ta limon soki va ta’bga ko’ra vanilin
32 gr jelatin ( bu tahminan 2 osh qoshiq va 1 choy qoshiq bo’ladi)
Korji uchun: 2 ta tuhum
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq un
1 osh qoshiq kakao
Tayyorlanishi:
Avval biskivit qilib oldim. 2 ta tuhumni 2 osh qoshiq shakar bilan mikserda yaxshilab ko’pirtirdim.
Ustiga un va kakaoni solib, mikserni eng past tezligida aralshtirdim.
Oldindan qolipga ozgina margarin surib va un sepib tayyorlab qo’ydim. 26 dm li qolip.
Tayyor masalliqni solamiz. Oldindan qizdirib qo’yilgan pechga 180 gardusga qo’yamiz. Pishganini cho’pda tekshirib bilamiz.
Biskivit pishguncha cheesecremini tayyorlab oldim. Buning uchun avval 2osh qoshiq jelatinni 5 osh qoshiq qaynab sovitilgan suvga bo’ktirib qo’ydim. Keyin kattaroq idishga qaymoqli suzmani, shakarni va qaymoqni solib mikserni yuqori tezligida ko’pirtirdim.
Ustiga 1 ta limonni sokini siqib solamiz. Man limon sedrasidan ( ustidagi po’stining qirindisi) soldim.
So’ngra ivitilgan jelatinni past olovga qo’yamiz. Qaynatmasdan jelatin erigandan keyin, issig’ida tezda massamizga solamiz va tez aralashtirib olamiz. Mana jelatinni erimasdan oldingi va eritib bo’lganimdagi holati. Bu ivitilgani.
Bu erigandan keyin.
Tayyor cheesecremni ikkiga bo’lamiz. Yarmiga shokalad va yarmiga malina pyuresidan solamiz. (Man malina solishni shokolad solib bo’lganimdan keyin o’ylab qoldim, shokaladni hammasiga solib bo’lgan bo’lsam ham, ozginasini olib qolib, keyin malina aralashtirdim. Shunga shokolad massamga kamlik qilgani uchun unchalik rangi bilinmagan). Shokoladni eritib olamiz. Erigan shokoladni cremning yarmiga qo’shamiz.
Yong’oqli shokolad qo’shdim. Cheesecremni sovitilgan biskivit ustiga soladim.
Ikkinchi yarmiga malina soldim. Buni aralashtirib bo’lgunimcha shokaladlisini muzxonaga qo’yib turdim. Ustma ust solsam aralashib ketadi. Yana bir eslatma, jelatin solgandan so’ng krem qotishni boshliydi, shunnig uchun arashtirmagan kremni sal issiqroq joyga qo’yib turish kerak. Man ishlatgan jelatinim juda zo’r ekan, bir pasda qotirdi.
Malinani aralashtirib, tayyor massani birinchi massani ustiga solamiz va buni ham muzxonaga qo’yamiz.
Muzxonada qotguncha, ustiga malinali sokini tayyorlaymiz. Buning uchun yarim piyola malina puyresiga, yarim piyola suv qo’shib axshilab aralashtirdim. Oldindan 1 choy qoshiq jelatinga 3 choy qoshiq suv bilan bo’ktirib qo’ydim. Bo’kkan jelatinni eritib olib, malinali sokga aralashtiramiz. Muzxonadan chessecremimizni olib ustiga quyamiz va yana qaytadan muzxonaga qo’yamiz.
2 yoki 3 soatdan so’ng qotadi. Bu albatta jelatinni sifatiga ham bog’liq, jelatin yaxshi bo’lsa tez qotadi. Man tovuqni jelatini ishlatdim.
Farzandlarim tvorog, qaymoq va shunga o’xshash sutli mahsulotni yoqtirishmaydi. Lekin bu shirinlik juda yoqdi. Mazzali va foydali. Yoshi kattalarga ham yumshoqqina, buvi dodalarimizga ham yoqadi deb o’ylayman.
Bizni kuzatib boring, eng sara va foydali, oson tayyorlanadigan retseptlar sizlar uchun. Retseptlarni facebook, telegram va twitter orqali do’stlaringizga ulashing. Fikr va mulohazalaringizni kommentda kutib qolaman.
4 thoughts on “24. Malina va shokoladli cheesecake”
Ma shaa Alloh dugosh👍. Yeyishdan boshqasiga yaramiydi 😋👌
Rahmat Gulhida, mana rasmga olib, retsept yozishga ham arzidi😌😉
Krem cheese bor bizda, oddiysi yana har xil mevalilaridan. Ko’pchilik oddiysidan pishiradi , shuni tayyor malinaligidan qilsam bo’larmikin🤔
Bo’ladi, qilib ko’rchi. Fotosini kommentda kutib qolaman.
Comments are closed.